Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MAHALLA VA OILA INSTITUTLARI HAMKORLIGIDA MA’NAVIY-AXLOQIY QADRIYATLAR TAKOMILLASHTIRISH IMKONIYATLARI
ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · QADRIYATLAR TAKOMILLASHTIRISH IMKONIYATLARI (MAHALLA VA OILA INSTITUTLARI HAMKORLIGIDA MA’NAVIY-AXLOQIY) · Ja’farov Ibrohimjon Xolmuhammad o‘g‘li (MAHALLA VA OILA INSTITUTLARI HAMKORLIGIDA MA’NAVIY-AXLOQIY)
Наука и инновация · 68–70 · 2026
Аннотация
Mazkur maqolada mahalla va oilaning o‘zaro integratsiyasi jarayonida yoshlarning intellektual salohiyatini rivojlantirish, turli salbiy illatlar profilaktikasi va ijtimoiy birdamlikni kuchaytirish yo‘llari ham ko‘rib chiqiladi. Ayniqsa, zamon talablari bilan hamohang usullarni tadbiq etish, qadriyatlar va innovatsiyalar uyg‘unligi jamiyat hayotida ma’naviy barqarorlikni mustahkamlashga imkon yaratadi. Kalit so‘zlar: mahalla, oila, ma’naviy-axloqiy qadriyat, hamkorlik, urf-odat, an’ana, yoshlar tarbiyasi, globallashuv, jamiyat, davlat siyosati, ijtimoiy barqarorlik, innovatsiya, media savodxonlik, intellektual salohiyat. Mahalla va oila jamiyatning asosiy ijtimoiy institutlari sifatida milliy urf-odatlar, an’analar hamda ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni shakllantirish va mustahkamlashda muhim o‘rin egallaydi. Ayniqsa, mustaqillik davrida O‘zbekistonda mahalla instituti o‘ziga xos fuqarolik jamiyati bo‘g‘ini sifatida rivojlandi, oila esa ijtimoiy va ma’naviy tarbiyaning bevosita markaziga aylandi. Ushbu ikki institut o‘rtasidagi hamkorlik, bir tomondan, jamiyatni barqaror va uyg‘un rivojlantirishga ko‘maklashsa, boshqa tomondan, avlodlar o‘rtasidagi ma’naviy rishtalarni mustahkamlash va milliy o‘zlikni asrab-avaylashda beqiyos ahamiyat kasb etadi. Mazkur maqolada mahalla va oila institutlari hamkorligining asosiy ma’naviy- axloqiy jihatlari hamda ushbu hamkorlik jarayonini takomillashtirish yo‘llari chuqur tahlil qilinadi. Avvalo, mahalla o‘z tarkibida turli yoshdagi, turli xil ijtimoiy mavqedagi shaxslarni birlashtiradi. Mahalla tizimi nafaqat ma’muriy boshqaruv bo‘g‘ini, balki aholining maishiy, ijtimoiy, ma’naviy va ma’rifiy ehtiyojlarini qondiradigan maskan sifatida ham namoyon bo‘ladi. O‘zbek olimi M.Valiyevning tadqiqotida mahalla institutining tarixiy ildizlari, uning milliy urf-odatlarni saqlash va uzviy ravishda rivojlantirishdagi o‘rni alohida e’tirof etilgan. Unga ko‘ra, mahalla ichida hamjihatlik, qon-qardoshlik, hamkorlik va hurmat kabi qadriyatlar tarbiyaviy jarayonning poydevoridir[1]. Shuningdek, har bir mahallaning o‘ziga xos an’analari, marosimlari va ijtimoiy tadbirlari mavjud bo‘lib, ular orqali oila va jamiyat o‘rtasidagi aloqalar mustahkamlanadi. Oila esa, barcha davrlarda bo‘lgani kabi, hozirgi kunda ham individning birlamchi tarbiya makoni, ijtimoiy va ma’naviy qadriyatlar beshigidir. Oilada shakllangan ijtimoiy- psixologik muhit farzandlar kamolotiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Ona allasi, ota nasihati, qarindosh-urug‘ munosabatlari – bularning barchasi ma’naviy o‘sish poydevorini belgilab beradi. Fransuz sotsiologi Emil Dyurkgeymning ta’kidlashicha, jamiyat axloqiy barqarorlikka erishishi uchun aynan oilalar, keyinchalik jamoatchilik birlashmalari, shu jumladan, ijtimoiy institutlar orqali shakllanadigan axloqiy me’yorlarga tayanishi lozim bo‘ladi. Uning fikricha, oiladagi ijtimoiy tarbiya jamiyatning mustahkam poydevori sanaladi, chunki avlodlar orasida shu orqali hamjihatlik hissi mustahkamlanadi[2]. 80 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si Mahalla va oila o‘rtasidagi hamkorlik ko‘p qirrali jarayon bo‘lib, unda eng muhim yo‘nalishlardan biri – ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni boshqarish va yetkazish mexanizmlarini uyg‘unlashtirishdir. Mahalla raisi, oqsoqollari yoki faollari, xotin-qizlar, yoshlar va nuroniylar bo‘limlari oilalar bilan doimiy muloqotda bo‘lib, ularning ma’naviy holati, ehtiyojlarini o‘rganadi. Shuningdek, turli mavzularda ma’rifiy uchrashuvlar, davra suhbatlari, seminar- treninglar tashkil etish orqali farzandlar tarbiyasi, oilaviy munosabatlar, milliy bayramlar va an’analarni nishonlash borasida muayyan tajribalar almashinuvi ro‘y beradi. Natijada, oilada yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni erta aniqlash va ularga amaliy ko‘mak ko‘rsatish imkoni tug‘iladi. Bugungi kunda globalizatsiya sharoitida milliy ma’naviy qadriyatlarga ta’sir etadigan omillar ko‘payib bormoqda. Ijtimoiy tarmoqlar, ommaviy madaniyat, internet vositalari ham oilalar, ham mahalla hayotiga chuqur kirib keldi. G‘arb olimi Karl Mannheim ijtimoiy institutlarning qadriyatlarga bo‘lgan munosabatini tahlil qilar ekan, jamiyat barqarorligi va ma’naviy merosning asrab-avaylanishida lokal hamjamiyatlar muhim o‘rin tutishini ta’kidlaydi. Unga ko‘ra, katta global oqimlar qarshisida lokal institutlar – xususan, oila va mahalla – an’anaviy tamoyillarning qolishiga, ularning yangi zamon talablariga moslashishiga yordam beradi[3]. Shu ma’noda, o‘zbek mahallasi va oilasining hamkorligi milliy mentalitetni tashqi xatar va g‘oyaviy bosimlardan himoya qilishga xizmat qiladi. Mahalla va oila hamkorligining yana bir muhim qirrasi – yosh avlod tarbiyasi. Yoshlarni milliy ruhda voyaga yetkazish, ularga boy madaniy merosni, milliy o‘zlikni anglash hissini singdirish o‘ta muhim tarbiya vazifasidir. Bunda mahalladagi turli to‘garaklar, sport va san’at tadbirlari, ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar, kitobxonlik aksiyalari oilaviy tarbiyani samarali to‘ldirishi mumkin. O‘z navbatida, o
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada mahalla va oilaning o‘zaro integratsiyasi jarayonida yoshlarning intellektual salohiyatini rivojlantirish, turli salbiy illatlar profilaktikasi va ijtimoiy birdamlikni kuchaytirish yo‘llari ham ko‘rib…»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada mahalla va oilaning o‘zaro integratsiyasi jarayonida yoshlarning intellektual salohiyatini rivojlantirish, turli salbiy illatlar profilaktikasi va ijtimoiy birdamlikni kuchaytirish yo‘llari ham ko‘rib… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- ma’naviy-axloqiy qadriyat, globallashuv, ijtimoiy barqarorlik, yoshlar tarbiyasi, innovatsiya, davlat siyosati, oila, urf-odat, an’ana, media savodxonlik, jamiyat, hamkorlik, mahalla, intellektual salohiyat.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Выпускные квалификационные работыUtegenova Gúlbaxar2015
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026