Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
SHAXSGA IQLIM TA’SIRINING PSIXOLOGIK MUAMMOLARI
Jumamuratova Guljayna Kenesbayevna
Инновационные исследования в современном мире: теория и практика · 2020
Аннотация
В этой научной статье широко изучаются вопросы психологического воздействия изменения климата окружающей среды на человека. Научно обосновано, что изменение климата окружающей среды вызывает сезонные депрессии. Ключевые слова: личность, изменение климата, психическое развитие, сезонная депрессия, психологическое воздействие, сезонный аффект. Annotation. This scientific article extensively examines the psychological impact of environmental climate change on humans. It is scientifically proven that environmental climate change causes seasonal depressions. Keywords: personality, climate change, mental development, seasonal depression, psychological impact, seasonal affect. Hozirgi kunda global iqlim o‘zgarishlari XXI asrning dolzarb muammolari hisoblanadi. Insoniyatning taraqqiyotga erishish yo‘lida ekologik muammoning yuzaga kelishiga asosiy sabablari fan-texnologiyaning rivojlanishi, sivilizatsiyaning qudratini ko‘rsatib o‘tishmoqda. Jahon iqtisodiy forumiga ko‘ra, 2020 yilda global xavf-xatarlarning beshtaligiga ekstremal ob- havo hodisalari, iqlim o‘zgarishiga moslasha olmaslik, tabiiy ofatlar, biologik xilma-xillikning kamayishi va inson faoliyati natijasida kelib chiqadigan ekologik ofatlar kiradi. Jahon iqlimshunoslik tashkilotining hisobotiga ko‘ra 2011-2015 yillarga nisbatan dunyodagi o‘rtacha harorat sanoatdan oldingi davr boshidan beri 1,1° va 0,2° bilan taqqoslagan. Darhaqiqat, iqlim o‘zgarishining psixologik ta’sirini prognoz qilish bir qator holatlar bilan to‘sqinlik qilmoqda. Bugungi kunda olimlar iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq odamlarning psixologik holati va xulq-atvoriga bevosita ta’siri to‘g‘risida ma’lumotlarning yetishmasligi tufayli ushbu sohada olib borilgan tadqiqotlar taxminiy hisoblanmoqda yoki bo‘lmasa eksperimental tadqiqotlar soni juda oz, o‘zgaruvchi iqlimning vositachiligi va uning ijtimoiy- psixologik mexanizmlarning ta’siri yetarli darajada hisobga olinmaydi. Shunday bo‘lsada ko‘pchilik olimlarni diqqat-e’tiborini iqlim o‘zgarishining psixologik salomatlik, hayot sifati va jamiyatning hayotiyligiga salbiy ta’siri ilmiy tadqiqot sifatida o‘rganib borish ahamiyat kasb etmoqda. Shaxsga iqlim ta’sirining psixologik muammolaridan biri har qanday shaxs kelajak haqida tashvishlanishning kuchayishi, tabiiy ofatlar ta’siri tufayli qayg‘uga berilishi va o‘ziga tanish muhitni yo‘qotish xavotirga haqidagi depressiya bilan bog‘liq. Iqlim o‘zgarishining psixologik ta’siri iqlim o‘zgarishi odamlarning aqliy va hissiy farovonligiga ta’sir qilishi bilan bog‘liq. Atrof-muhitning iqlimni o‘zgarishi turli yo‘llar bilan har bir yoshdagi shaxsga har xil ta’sirini ko‘rsatadi. Atrof-muhitning iqlim o‘zgarishining ba’zi asosiy psixologik ta’sirlariga quyidagilar kiradi: ekologik tashvish, ekologik qayg‘u, ekologik g‘azab yoki salbiy hislarni 89 shakllanish holatlari bo‘ladi. Biz uylaymizki, iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq his-tuyg‘ular bezovta qilsa-da, ular darhol zararli bo‘lavermaydi. Iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lgan psixologik ta’sirlar bo‘yicha empirik tadqiqotlar XX asrning oxirida o‘rganila boshlangan va XXI asrning birinchi o‘n yilligida kuchaygan. Olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlarda iqlim o‘zgarishi tez-tez takrorlanishi ekologik stresslarni kelib chiqishiga sabab bo‘ladi deb ta’kidlab o‘tadi. Atrof-muhitdagi kuchli dovullar, chang ko‘tarilishi, suv toshqinlari yoki qurg‘oqchilik va o‘rmon yong‘inlari bilan bog‘liq yuqori haroratli kabi ekstremal ob-havo hodisalariga ta’sir qilish bir qator hissiy kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin. Ba’zi olimlarni fikrlarida ko‘pincha, bu qisqa muddatli iqlim o‘zgarishi yoki tabiiy ofatlar vaqt o‘tishi bilan tashvishli kasallikdan tez-tez tuzalib ketishi mumkin. Iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq xavflar haqida ma’lumotlarda salbiy psixologik holatlarni uzoq muddatli tashvishli, qayg‘uli kayfiyatni keltirib chiqarishi mumkin. Ammo ba’zida xudud ekologiyasi borgan sari buzilib, tang holatlar surunkali kasalliklarni keltirib chiqarishi aytib o‘tilgan. Atrof-muhit tashvishi kabi holatlar juda kamdan-kam hollarda klinik davolanishni talab qiladi. Ob-havo va inson xulq-atvori o‘rtasidagi psixologik halotilardan biri bu tajovuzkorlikning kuchayishib borishi haqida ma’lumot berilgan. Dunyoning barcha burchaklarida iqlim o‘zgarishi odamlarning moliyaviy barqarorligiga sezilarli ta’sir qiladi. jumladan, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini kamaytirish yoki hududni turizm uchun yoqimsiz xudud deb hisoblanshi mumkin. Bu esa o‘z navbatida depressiya va boshqa salbiy psixologik holatlarga olib kelishi mumkin. Ekologik fojialar sababli iqlim o‘zgarishi yanada tahdidli bo‘ladi [26]. Shu boisdan shaxs rivojlanishida iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq hissiy reaksiyalar o‘rganilmoqda. Atrof-muhit iqlimi tez-tez o‘zgarib borishi insonlar uchun yo‘qotish va tashvish, qayg‘u va aybdorlik kabi his-tuyg‘ular iqlim o‘zgarishi tahdidlariga nisbatan odatiy reaksiyalardir.[27] Ushbu turli xil his-tuyg‘ular tadqiqotlarda birgalikda iqlimiy qayg‘u deb nomlanadi. Hozirgi va kelajak
Доказательный фрагмент
«В этой научной статье широко изучаются вопросы психологического воздействия изменения климата окружающей среды на человека.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ этой научной статье широко изучаются вопросы психологического воздействия изменения климата окружающей среды на человека. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- personality, climate change, mental development, seasonal depression, iqlim o‘zgarishi, mavsumiy depressiya, psixik rivojlanish, shaxs, psixologik ta’sir, mavsumiy affektiv.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024