К содержанию
РецензированоUZ2026

BOLAJAK BOSHLANG’ICH SINF O’QITUVCHISINING INNOVATSION KASBIY MAHORATINI OSHIRISH MUAMMOLARI

MAHORATINI OSHIRISH MUAMMOLARI · Turg’unova Xumora Xusniddin qizi

Инновационные исследования в современном мире: теория и практика · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada zamonaviy ta’lim dasturlari bilan birga ish olib borish hamda innovatsion yangiliklar, o’z kasbiga tegishli zamonaviy bilim va axborotlardan xabar topish kerakligi to’g’risida so’z olib boradi. O’qituvchining kasbiy mahorati, umuman olganda pedagoglarga tegishli bo’lgan mahoratlar majmui to’g’risidagi fikrlar mujassamlashgan. Maqolada kasbiy mahoratni oshirish va rivojlantirish uchun turli usullar va vositalari hamda metodlar yoritilgan. Kalit so’zlar: Zamonaviy ta’lim, boshlang’ich ta’lim o’qituvchisining innovatsion kasbiy mahorati, metod, innovatsiya, standart, mahorat, kasbiy mahorat, qobilyat, takt. Hozirgi kunda barchamizga ma’lum bo’lgan zamonaviy innovatsion ta’lim butun respublikamizdagi barcha muassasalarda, ya’ni maktabgacha ta’lim, boshlang’ich ta’lim, o’rta maxsus kasb-hunar ta’limi , oliy ta’lim, oliy ta’limdan keying ta’lim jarayonlarida keng tadbiq qilinmoqda. Ta’lim jarayoni sifatini oshirish yurtimizning gullab yashnashi, shu bilan birgalikda dunyodagi rivojlangan davlatlar safiga kirishi, ilm-fan sohasida yetakchi davlatlar qatoridan o’rin olishi uchun zamin yaratadi. Ta’lim olish jarayoni maktab ostonasiga ilk qadamini qoʻygan kundan, ya’ni boshlang’ich sinfligidan boshlanadi. Shunday ekan biz fikrimizmi boshlang’ich ta’lim o’qituvchining faoliyatiga diqqatimizni qaratamiz. Kundan kun yangilanib, rivojlanib borayotgan borayotgan zamonimizda ta’lim sohasiga juda kata e’tibor hamda talab qo’yilmoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta’lim-tarbiya to’g’risida bir qancha mazmunli gaplarni aytib o’tganlar, misol tariqasida shu jumlasini keltirib o’tishimiz mumkin, “Agar mendan sizni nima qiynaydi? deb so’rasangiz, farzandlarimizning ta’lim va tarbiyasi deb javob beraman”. Bu fikrlar ta’lim fidoyilari sonini yanada ortishiga sabab bo’la oladi. O'zbekiston taraqqiyot strategiyasida Prezident Sh.M.Mirziyaev ma'naviyat haqida quyidagi tarifni keltirdi: "ma'naviyat -insonlar o'rtasidagi o'zaro ishonch, hurmat va etibor, xalq va davlat kelajagini birgalikda qurish yo'lidagi ezgu intilishlar, ibratli fazilatlar majmuasidir. Boshqacha aytganda manaviyat - jamiyatdagi barcha siyosiy-ijtimoiy munosabatlarning mazmuni va sifatini belgilaydigan poydevordir". Boshlang’ich sinf o’qituvchisining kasbiy mahorati shu bilan birgalikda innovatsion kasbiy mahoratini rivojlantirish, ta’lim sohasining rivijlanishi bo’yicha qo’yilgan eng dastlabki qadam bo’ladi. O’qituvchi o’z kasbiy mahoratini rivojlantirish, o’z ustida ko’proq ishlash, zamon talablariga mos kadr bo’lishi, zamonaviy axborot texnologiyalaridan xabardor bo’lishi lozim. Boshlang’ich sinf o’qituvchilari o’quvchilarning dastlabki kunidan boshlab ta’lim – tarbiyasi bilan shug’ullanuvchi sharafli kasb egalaridir. Shunday ekan o’qituvchida ularda bilim, kasbiy mahorat, innovatsion texnologiyalar yuqori darajada shakllangan bo’lishi lozim. Kasbiy mahorat nafaqat boshlang’ich sinf o’qituvchisida , balki barcga pedagoglarda bo’lishi talab etiladi. Bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchisida innovatsion kasbiy mahoratning yuqori darajada shakllanishi bu uning eng kata yutug’I dekas hech mubolag’a 117 bo’lmaydi. Chunki bunda o’qituvchi o’quvchilar bilan birga ishlashi uchun hamda ularning bilim salohiyatini oshirishi uchun bir yo’l hisoblanadi. Innovatsion texnologiyalar mavzuning yanada aniq va tushunarli bo’lishi uchun eng yaxshi vosita sanaladi. Innovatsion kasbiy mahoratda yangi, zamonaviy metodlar qo’llash , o’quvchilar bilan hamkorligini oshiradi. Mahorat (“mahorat” - mohirlik, ustalik, epchillik) – bir ish yoki faoliyatni yuksak darajada, hech bir qiyinchiliksiz, o’ta mohirlik bilan bajarish. Kasbiy mahorat – pedagogning pedagogik jarayoni, tashkiliy, metodik, ruhiy va subyektiv jihatdan o’ta mohirlik, ustalik bilan tashkil etish hamda boshqarish qobilyati va malakasiga egaligi. Kasbiy mahorat – pedagogik jarayonda tarkib topadi. Bu ancha keng tushuncha hisoblanib uning tarkibiga bir qancha jarayonlar kiradi. O’qituvchida kasbiy mahorat bilan birga kasbiy qobilyat ham bo’lishi kerak. Olimlarning uzoq yillar olib borgan ilmiy tadqiqotlari va kuzatishlari natijasida pedagogik qobilyatning quyidagi asosiy sifatlari ajratib ko’rsatilgan: 1. O’z kasbiga muhabbat, o’quvchilarni seva olishi. 2. Mutaxassislik fanini mukammal bilishi, unga qiziqishi. 3. Pedagogik taktga (odob va go’zallikka) ega bo’lish. 4. Bolalar jamoasiga singib keta olish. 5. O’z mehnatiga ijodiy yondashish. 6. Javobgarlikni his etis. 7. Tarbiyaviy bilimlarni egallaganligi. Bu qobilyatlar har bir pedagog, ya’ni bo’lajak boshlang’ich boshlang’ich sinf o’qituvchilari bilishi lozim. Bo’lajak o’qituvchida yuqorida ta’kidlangan sifatlar mujassam bo’lsagina haqiqiy o’qituvchi bo’la oladi. Yuqorida keltirilgan sifatlar har bir bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchisiga kerakli bo’lgan asosiy vazifalardir. Pedagogik qobilyatda o’qituvchining o’zaro fikr almashuvi bilan bog’liq xususiyatlari asosiy rol o’ynaydi. Quyidagi pedagogik qobilyatlar pedagogik – psixologik bilimlar natijasida do

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada zamonaviy ta’lim dasturlari bilan birga ish olib borish hamda innovatsion yangiliklar, o’z kasbiga tegishli zamonaviy bilim va axborotlardan xabar topish kerakligi to’g’risida so’z olib boradi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada zamonaviy ta’lim dasturlari bilan birga ish olib borish hamda innovatsion yangiliklar, o’z kasbiga tegishli zamonaviy bilim va axborotlardan xabar topish kerakligi to’g’risida so’z olib boradi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
boshlang’ich ta’lim o’qituvchisining innovatsion kasbiy mahorati, takt., innovatsiya, qobilyat, mahorat, metod, kasbiy mahorat, Zamonaviy ta’lim, standart
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники