К содержанию
РецензированоRU2026

BANK BOSHQARUVIDA XAVFLARNI MINIMALLASHTIRISH VA RENTABELLIKNI OSHIRISH

RENTABELLIKNI OSHIRISH · УПРАВЛЕНИИ БАНКОМ · Urinboyev Abrorbek Maxmudjonovich

Инновационные исследования в современном мире: теория и практика · 2026

Аннотация

В данной тезисе анализируются вопросы минимизации рисков и повышения рентабельности в управлении банком, рассматриваются эффективные методы управления, современные финансовые технологии и подходы, основанные на международном опыте. Анализ проводится на основе статистических данных, а также даются практические рекомендации. Ключевые слова: банк, риск, банковская система, рентабельность, кредит, процентные ставки, прибыль, маржа. Annotation: This thesis analyzes the issues of minimizing risks and increasing profitability in bank management, considers effective management methods, modern financial technologies and approaches based on international experience. The analysis is carried out based on statistical data and practical recommendations are given. Keywords: bank, risk, banking system, profitability, credit, interest rates, profit, margin. Bugungi global moliyaviy muhitda banklar iqtisodiyotning barqarorligini ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi. Ularning asosiy vazifalaridan biri xavflarni minimallashtirish va rentabellikni oshirish orqali moliyaviy barqarorlikni saqlashdir. Bank tizimidagi moliyaviy xavflar to‘g‘ri boshqarilmasa, nafaqat bankning o‘zi, balki butun iqtisodiyotga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Shu boisdan, risklarni samarali boshqarish tizimlarini joriy etish, innovatsion strategiyalarni ishlab chiqish va kapital samaradorligini oshirish bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biridir. Bank boshqaruvida xavflarni minimallashtirish asosan kredit, likvidlik, foiz stavkalari va operatsion xavflarni kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlarni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, rentabellikni oshirish banklarning foyda marjasini ko‘paytirish, moliyaviy barqarorlikni mustahkamlash va resurslardan samarali foydalanishni ta’minlashga qaratilgan strategiyalarni talab qiladi. O‘zbekiston bank tizimida so‘nggi yillarda olib borilgan islohotlar 128 bu borada ijobiy natijalar bermoqda. Xususan, raqamli bank xizmatlarining kengayishi, zamonaviy risk-menejment tizimlarining joriy etilishi va kapital yetarliligini oshirish bo‘yicha olib borilgan chora-tadbirlar banklar rentabelligini oshirish va xavflarni kamaytirishga xizmat qilmoqda. Bilamizki xavf turlari turlicha bo‘lib, banklar ulardan himoya qilish uchun turli strategiyalarni ishlab chiqadilar hamda turli metodologiyalarni ham qo‘llaydilar. Masalan, portfelni diversifikatsiya qilish, hedging strategiyalarini amalga oshirish, va kredit reytinglarini yaxshilash kabi chora-tadbirlar xavflarni kamaytirishga yordam beradi. Quyida esa banklarda uchraydigan asosiy xavf turlari va ularni boshqarish usullari ko‘rib chiqiladi. (1- rasm) Foiz Likvidlik Operatsion Kredit xavfi Bozor xavfi stavkalari xavfi xavf xavfi 1-rasm Banklarda uchraydigan asosiy xavf turlari1  Kredit xavfi – bu bank yoki boshqa moliyaviy institut tomonidan berilgan qarzning o‘z vaqtida yoki to‘liq qaytarilmaslik ehtimoli bilan bog‘liq moliyaviy xavf turidir. Bu xavf kredit oluvchining moliyaviy ahvoli yomonlashishi, to‘lovga layoqatsizligi yoki boshqa sabablar tufayli qarzni to‘lash imkoniyatining pasayishi natijasida yuzaga keladi.  Likvidlik xavfi – bu bank yoki boshqa moliyaviy institutning qisqa muddatli majburiyatlarini o‘z vaqtida bajara olmaslik xavfidir. Ya’ni, bank o‘zining mijozlari oldidagi majburiyatlarini (masalan, depozitlarni qaytarish, kredit berish yoki boshqa to‘lovlarni amalga oshirish) belgilangan muddatda bajarish uchun yetarli likvid aktivlarga ega bo‘lmasligi natijasida yuzaga keladi.  Bozor xavfi – bu moliyaviy bozor sharoitlarining o‘zgarishi natijasida bank aktivlari yoki passivlarining qiymati pasayishi xavfidir. Bu xavf bankning daromadiga, kapitaliga va umumiy moliyaviy barqarorligiga salbiy ta’sir qilishi mumkin.  Operatsion xavf – bu bank yoki moliyaviy institut ichki jarayonlaridagi xatoliklar, inson omili, axborot tizimlarining nosozligi yoki tashqi omillar natijasida yuzaga keladigan yo‘qotish xavfidir. Bu xavf bank faoliyatining samaradorligiga, mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifati va moliyaviy barqarorlikka salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.  Foiz stavkalari xavfi – bu bozor foiz stavkalarining o‘zgarishi natijasida bank aktivlari va passivlari qiymatining pasayishi yoki daromadlarining kamayishi xavfidir. Foiz stavkalarining o‘zgarishi bank balansiga, kredit va depozit siyosatiga hamda rentabellik darajasiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Xavfni boshqarish bo‘yicha bir qator ilmiy izlanishlar ham mavjud. Xususan, 1952-yilda Markowitz tomonidan ishlab chiqilgan portfel nazariyasi, banklarning moliyaviy portfellarini diversifikatsiya qilish orqali risklarni kamaytirish imkoniyatlarini taqdim etadi. Markowitzning nazariyasiga ko‘ra, portfelning optimal diversifikatsiyasi xavfni kamaytirish va rentabellikni oshirish imkoniyatini yaratadi. O‘zbekiston banklari uchun bu nazariyani 1 Ma’lumotlar asosida muallif tomonidan tuzilgan 129 qo‘llash orqali kredit portfellari va investitsiyalarni diversifikatsiya qilish mumkin, bu esa risklarni kamaytiradi va rentabellikni osh

Доказательный фрагмент

«В данной тезисе анализируются вопросы минимизации рисков и повышения рентабельности в управлении банком, рассматриваются эффективные методы управления, современные финансовые технологии и подходы, основанные на междун…»

Образец извлечения

Демо-превью

В данной тезисе анализируются вопросы минимизации рисков и повышения рентабельности в управлении банком, рассматриваются эффективные методы управления, современные финансовые технологии и подходы, основанные на междун… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
bank, risk, banking system, profitability, credit, interest rates, profit, margin, xavf, прибыль, риск, rentabillik, процентные ставки, рентабельность, foyda, foiz stavkalari, кредит, margin., банк, bank tizimi, маржа., marja., банковская система, kredit
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники