Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
XALQ CHOLG‘ULARIDA IJROCHILIK
XALQ CHOLG‘ULARIDA IJROCHILIK · Mamatqulov Muhammadjon
Современная наука и исследования · 2026
Аннотация
This article discusses the performance on folk instruments, the state of performance, and the formation of a performance program. Keywords: instrument, performance, choir conducting, vocal art, traditional. ИСПОЛНЕНИЕ НА НАРОДНЫХ ИНСТРУМЕНТАХ Аннотация. В данной статье говорится об исполнительстве на народных инструментах, состоянии исполнительства, формировании исполнительской программы. Ключевые слова: инструмент, исполнение, хоровое дирижирование, вокальное искусство, традиции. Xalq cholg‘ulari muayyan cholg‘uda ijro etish sir-asrorlarini o‘rgatib borishdan iborat. Ma’lumki, barcha fanlar o‘zining asosiy tushunchalariga ega bo‘lib, ular aynan u yoki bu sohaga tegishli bo‘lgan holda, muayyan soha masalalarini to‘liq ochib berishda muhim vositalardan biri hisoblanadi. Ana shunday sohalardan biri - zamonaviy musiqa san’ati ham bir qancha turlarga tarmoqlanib, uning barcha yo‘nalishlari alohida rivojlanib bormoqda. Ular: musiqa nazariyasi, musiqa tarixi, musiqa tanqidchiligi, kompozitsiya, dirijyorlikning barcha turlari (xor dirijyorligi, xalq cholg‘ulari, simfonik, estrada, damli cholg‘ular orkestrlari dirijyorligi), vokal san’ati, an’anaviy xonandalik san’ati, cholg‘u ijrochiligi (barcha cholg‘ular bo‘yicha), estrada cholg‘u va vokal san’ati, elekromusiqa, musiqa ijrochiligining zamonaviy yo‘nalishlari (jaz musiqasi, rok, pop yo‘nalishlari) kabi juda keng qamrovli sohalarni o‘zida mujassam etadi. Musiqaning barcha sohalariga tegishli bo‘lgan nota, nota yo‘li, kuy sur’ati, musiqiy xotira, musiqiy shakl, musiqiy terminlarning barchasi, musiqiy janrlar, kompozitorlar ijodiyoti, frazirovka, badihago‘ylik, kompozitsiya, improvizatsiya, dinamika, dirijyorlik, auftakt, melizmlar, artikulyatsiya, ekspozitsiya, rivojlov, repriza, ijro madaniyati, ijro repertuari, konsert ijrochiligi kabi ko‘plab tushunchalar musiqa ilmining asosiy tushunchalari bo‘lib, ular aynan sohaga oid bo‘lgan fikr va ma’lumotlarni ifoda etishda qo‘llanilishi sir emas, albatta. Xalq cholg‘ularida ijrochilik fanining asosiy tushunchalari esa musiqa ilmining barcha tushunchalari bilan birga aynan cholg‘u ijrochiligi, xususan, milliy cholg‘ularda o‘qitishning 5 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 2 aksariyat ijrochilik bilan bog‘liq bo‘lgan o‘ziga xos jihatlarini o‘zida aks ettiradi. Ular: milliy cholg‘ular; cholg‘ular oilasi; cholg‘u, sozlash; ijrochilik holati; tovush hosil qilish va uni boshqarish; mizrobli sozlar; urma-zarbli, urma-torli cholg‘ular; zarblar; tremolo; yakka zarb; bilak zarb; bidratma; sayqal; molish; kashish; kamon; pozitsiya; applikatura asoslari; chap qo‘l tezligi; o‘ng qo‘l xususiyatlari; kadensiya; etyud; gamma; ansambl; orkestr; musiqiy bezaklar; va hokazolar. Ushbu tushunchalarning mazmun-mohiyati cholg‘uda ijro etish sir- asrorlarini o‘zlashtirish masalalarini ifodalashdan iborat. Musiqiy ta’limning xalq cholg‘ularida ijrochilik yo‘nalishi bo‘yicha olib boriladigan darslarda ana shu tushunchalar orqali talabalarga mavzular, amaliy mashg‘ulotlar, ko‘nikma va malakalar o‘rgatib boriladi. Ular nazariy bilimlar bilan bevosita bog‘liq bo‘lsada, ko‘proq amaliy ahamiyat kasb etadi. Chunki cholg‘ularda ijro etish san’atini amaliy mashqlar, tinimsiz shug‘ullanish, ijodiy izlanishlar orqaligina o‘zlashtirish mumkin. Amaliy mashg‘ulotlarda olib boriladigan darslar ham asosiy tushunchalar orqali amalga oshirilib, talabalarning ijro mahoratini rivojlantirib borishda muhim omillardan biri bo‘lib xizmat qiladi. Konservatoriyaning birinchi kursiga xalq cholg‘ulari yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga kirgan talaba ixtisoslik bo‘yicha dastlabki darsga kirganda albatta, o‘qituvchi talaba bilan o‘zaro suhbat qiladi. Bunda talabaning oliy ta’limgacha bo‘lgan o‘rta ta’lim muassasasida olgan bilimlari tekshirib ko‘riladi. So‘ngra talaba o‘z cholg‘usini yaxshilab sozlashi va ustoz talab qilgan bir nechta asarlarni ijro qilib berishi talab etiladi. Ijro natijasidan talabaning ixtisoslik bo‘yicha olgan bilim va ko‘nikmalari aniqlab olinadi. Shuningdek, uning dunyoqarashi, bilimlari, ijrochilik mahorati, qobiliyati, imkoniyatlari chamalab olinishi kerak bo‘ladi. Bu o‘z navbatida talabaning butun kurs uchun shakllantirilishi lozim bo‘lgan ijro dasturiga o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Ya’ni, aynan talabaning qobiliyati va ijro ko‘nikmalarini hisobga olgan holda ijro dasturi shakllantiriladi. Bunda albatta, o‘quv rejasidagi va kafedradagi mavjud talablar asosida dastur shakllantirilishi talab etiladi. Xalq cholg‘ulari yo‘nalishi bo‘yicha konservatoriyaga o‘qishga qabul qilingan talaba ixtisoslik bo‘yicha birinchi darslarni yana o‘sha ijrochilik holati bo‘yicha ko‘nikmalarini takomillashtirishdan boshlaydi. Sababi, cholg‘ularda o‘qitish ishida dastlab cholg‘uni to‘g‘ri ushlash, o‘ng va chap qo‘llarning to‘g‘ri qo‘yilishi, cholg‘uga nisbatan to‘g‘ri joylashish, tana qismlarining erkinligi kabi ko‘nikmalarning o‘zlashtirilishi va aynan mana shu ijrochilik holati keyinchalik mohir sozanda darajasiga erishishda eng asosiy omillardan biri ekanligid
Доказательный фрагмент
«This article discusses the performance on folk instruments, the state of performance, and the formation of a performance program.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article discusses the performance on folk instruments, the state of performance, and the formation of a performance program. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- instrument, performance, choir conducting, vocal art, traditional, cholg‘u, an’anaviy., ijrochilik, xor dirijyorligi, vokal san’ati
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026