Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
HOMILADORLARGA ANTENATAL YORDAM KО‘RSATISH VA TUG‘ISH YOSHIDAGI AYOLLAR REPRODUKTIV SALOMATLIGINI SAQLASH BOSHQARUVIDA GENDER ZО‘RAVONLIKNING OLDINI OLISH ASOSIDAGI KEYS-MENEJMENT
ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА · OLISH ASOSIDAGI KEYS-MENEJMENT
Медицина, педагогика и технологии: теория и практика · 3 · 2024
Аннотация
Shahar va barcha tuman tibbiyot birlashmalaridagi birlamchi tibbiy muassasalarda О‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash Vazirligining 2016 yil fevraldagi №137-sonli buyrug‘i asosida homiladorlikni olib borish va tug‘ruqqa tayyorlash onalar va gо‘daklar о‘limini hamda ulardagi kasallik va nogironlikni oldini olishning eng zaruriy va zamonaviy talablardandir. (Mazkur standartning 5-beti.) Aholi reproduktiv salomatligini mustahkamlash, tug‘ish yoshidagi ayollar statistik kо‘rsatkichlarini mujassamlashgan/integrallashgan holda yuritish va muntazam keys menejmenti orqali onalar va gо‘daklar о‘limini kamaytirish bugungi kundagi viloyatdagi onalik va bolalikni muhofaza qilish uchun bizga maqsad va vazifalarimizni yanada oydinlashtiradi. Mazkur keys-menejment sog‘liqni saqlash tizimi birlamchi bо‘g‘ini doyalari, patronaj hamshiralar, OP/OSHP, KTMP mudirlari, UASH mutaxassislar, reproduktologlar, ichki dorixona mudirlari, tuman va shahar O va BMQ bosh mutaxassislari, bosh akusher-ginekologlar hamda viloyat O va BMQ boshqaruvi mutaxassislariga hamda ijtimoiy soha yо‘nalishidagi xizmatchilar: psixolog, huquq- tartibot sohasidagi, din, fuqarolar о‘z-о‘zini boshqarish organlari faoliyatini 461 https://universalpublishings.com МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ: ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА Researchbib Impact factor: 13.14/2024 SJIF 2024 = 5.444 Том 3, Выпуск 01, Январь muvofiqlashtiruvchi kengash mutaxassislari, adliya maslahatchilari, Xalq ta’limi, maktabgacha ta’lim, о‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim о‘qituvchilari, Yoshlar Ittifoqi boshqaruvchi xodimlari uchun mо‘ljallangan. Kalit sо‘zlari: keys-menejment (yoki ishni boshqarish), antenatal parvarish, integratsiya, kontratsepsiya vositalari, vertikal qatorlar, regionalizatsiya, voyaga yetmaganlarning nikohlari, gender zо‘ravonlik, jinsiy ekspluatatsiya, tazyiq va zо‘ravonlikning oldini olish, ijtimoiy xizmat taqdim etuvchilar, gender zо‘ravonlik jabrlanuvchilari uchun reabilitatsiya markazi, shelter, viktimizatsiya, autoagressiya, ruminatsiya. Mavzuning dolzarbligi. О‘zbekiston Respublikasi barcha viloyat va shaharlarida istiqomat qiluvchi aholi soni yil sayin demografik kо‘rsatkichlar tahlil qilinganda, tug‘ruqlar va tug‘ilish kо‘rsatkichlarining oshib borayotganligini kо‘rishimiz mumkin. Ayniqsa, aholi soni, jumladan yoshlar, fertil yoshdagi aholi qatlamlarining kо‘payishi о‘z-о‘zidan nikohlar sonining va shunga mos ravishda tug‘ruqlar kо‘payishiga zamin yaratmoqda. Yoshlar о‘rtasidagi nikohlanuvchilar, homiladorlarni birlamchi hisobga olish, tug‘ruqlar va tug‘ilish kо‘rsatkichining oshishi tug‘ish yoshidagi ayollar о‘rtasida istalmagan homiladorlik holatlari onalar va gо‘daklar о‘rtasida nogironlik va о‘limi kо‘rsatkichlarining oshishiga bilvosita sabab bо‘lishi mumkin. Shuningdek, aholi soni yildan yil ortishi malakali tibbiy xodimlarga ehtiyojni oshiradi. Birlamchi tibbiy sanitariya muassasalarida akusher-ginekolog mutaxassislarining yetishmasligi, о‘rta tibbiy xodimlar, doyalar hamda UASH lar salohiyatini yetarli darajaga kо‘tarishimiz kerakligi uchun ehtiyoj va dolzarb muammolardan biri bо‘lib kelmoqda. KTMP, OP va OSHP larda birlamchi tibbiy xizmat uzluksiz nazoratini olib borishning doimiy imkoniyatlari yetarli darajada emas. Shu maqsadda chekka hududlarga chiqish uchun avtoulov, uni yoqilg‘i zahiralari bilan ta’minlash, qolaversa tog‘li hududlarga borish ancha vaqtni hamda shu kabi muammolarni yechimini talab etadi. JSST ma’lumotlariga kо‘ra butun dunyo bо‘ylab har yili 500 000 dan ortiq onalar vafot etadi, har yili 8 000 000 ayol homiladorlik bilan bog‘liq asoratlardan aziyat chekadi. Millionlab ayollar homiladorlik bilan bog‘liq asoratlar natijasida nogironlikdan aziyat chekmoqda. Barcha onalar о‘limining 80% tо‘rtta akusherlik 462 https://universalpublishings.com МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ: ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА Researchbib Impact factor: 13.14/2024 SJIF 2024 = 5.444 Том 3, Выпуск 01, Январь sababi (gipertenziya, qon ketishi, septik asoratlar va ekstragenital kasalliklar) bilan bog‘liq. Ammo ularni oddiy, samarali va arzon choralar bilan oldini olish mumkin. (№1adabiyot. 3-5 betlar.) Bu jarayonda umumiy amaliyot shifokorlari va hamshiralar faoliyati alohida о‘rin tutadi. Lekin asoratlangan homiladorlik rivojlanishida nafaqat tibbiy xodimlar, balki boshqa soha vakillari kо‘magiga ham alohida ehtiyoj seziladi. (№1 va №2 adabiyot materiallari) Tadqiqot uchun materiallar. Surxondaryo viloyati perinatal markazida shahar va tumanlardagi 2018-2023 yillarda sodir bо‘lgan onalar о‘limini tibbiy tahlillari о‘tkazilganda, har doim aholiga kо‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlardan tashqari shu oilalarda turli xil ijtimoiy muammolar kelib chiqqanligi, ularga о‘z vaqtida yechimi topilmagani hamda shunday muammolarning bemorlarda kasalligining og‘ir asoratlari kuchayishiga olib kelgani yoki patologik holatlarga moyillik yaratganiga ishonch hosil qildik. Bunday ijtimoiy muammolarning vujudga keltiruvchi bilvosita mavjud sabablarini о‘rganib, ularning oldini olish hamda ayoll
Доказательный фрагмент
«Shahar va barcha tuman tibbiyot birlashmalaridagi birlamchi tibbiy muassasalarda О‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash Vazirligining 2016 yil fevraldagi №137-sonli buyrug‘i asosida homiladorlikni olib borish va t…»
Образец извлечения
Демо-превьюShahar va barcha tuman tibbiyot birlashmalaridagi birlamchi tibbiy muassasalarda О‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash Vazirligining 2016 yil fevraldagi №137-sonli buyrug‘i asosida homiladorlikni olib borish va t… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- vertikal qatorlar, kontratsepsiya vositalari, gender zо‘ravonlik, regionalizatsiya, tazyiq va zо‘ravonlikning oldini olish, autoagressiya, jinsiy ekspluatatsiya, keys-menejment (yoki ishni boshqarish), viktimizatsiya, antenatal parvarish, ruminatsiya., gender zо‘ravonlik jabrlanuvchilari uchun reabilitatsiya markazi, shelter, ijtimoiy xizmat taqdim etuvchilar, voyaga yetmaganlarning nikohlari, integratsiya
Смежные источники
Журнал универсальных научных исследованийЭ.Я Эрметов, Д.Э Яхшибоева2024
Лучшие интеллектуальные исследованияIkramov Kamronbek Dilshodbek о‘g‘li2025
Журнал вестник врачаT Авазова2022