К содержанию
РецензированоRU2024

QUTIRISH KASALIGI VA UNING INSONLARGA TA’SIRI

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА · Jo’rayev Diyorbek · Tursunov Quvonch

Медицина, педагогика и технологии: теория и практика · 3 · 2024

Аннотация

The article discusses the ways in which rabies is transmitted to humans, the first signs of a person infected with rabies and its effects on other people, and the treatment of a sick person. Keywords: rabies, neurotropic virus, fear, excessive salivation, aggression Keywords: rabies, neurotropic virus, fear, hypersalivation, aggression БЕШЕНСТВО И ЕГО ВЛИЯНИЕ НА ЧЕЛОВЕКА Джураев Д Турсунов К Термезский университет экономики и сервиса, г. Термез, массив Фарован 43Б, e-mail: esadir_74@rambler.ru Аннотация. В статье описаны пути передачи бешенства человеку, симптомы заражения человека с ранними симптомами бешенства и его влиянием на других людей, а также лечением больного человека. Ключевые слова: бешенство, нейротропный вирус, страх, гиперсаливация, агрессия 336 https://universalpublishings.com МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ: ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА Researchbib Impact factor: 13.14/2024 SJIF 2024 = 5.444 Том 3, Выпуск 01, Январь • Kirish:Quturish – neyrotrop virus qoʻzgʻatadigan oʻtkir yuqumli zooantrapanoz kasallik; tomir tortishishi, falajlik, hiqildoq va nafas muskullarining spazmi bilan kechadi. Quturish qadimdan maʼlum, uni suvdan choʻchish kasalligi deb ham atashgan (qarang Gidrofobiya). Fransuz olimi Lui Paster XIX asrning 2-yarmida quturish kasalligiga qarshi vaksina kashf etdi, shu sababli quturishga qarshi tadbirlarni amalga oshiradigan barcha muassasalar Paster stansiyalari deb yuritila boshlandi. Ularning faoliyati tufayli quturgan hayvon tishlaganidan soʻng vaqtida emlangan millionlab odamlar hayoti saqlanib qolindi. Qoʻzgʻatuvchisi quturishning yovvoyi virusi, u nerv hujayralarini tanlab jarohatlaydi. Virus sovuqqa chidamli, muzlatilganda uzoq saqlanadi. Tashqi muhitda, shuningdek, qaynatilganda, 3-5% li lizol, xloramin eritmalarida tez nobud boʻladi. Kasallikning yashirin davri hayvonlarda 14-16 kun. Shundan keyin bezovtalik, yirtqichlik, xatti-harakatning oʻzgarishi, koʻp soʻlak ajralishi kuzatiladi. Hayvon hech narsa ichmay, yemay qoʻyadi. Soʻngra tomir tortishishi, falajlik boshlanib, hayvon oʻlib qoladi. Odamga quturish virusi kasal hayvon, asosan, it, mushuk va boshqa jonivorlar tishlaganida yoki soʻlagi teri yuzasiga tushganida yuqadi. Odamda quturish kasalligining yashirin davri 15 kundan bir necha oygacha (oʻrtacha 20— 30 kun) davom etadi. Quturgan it boʻyin, yuzni tishlaganda bu davr qisqaroq, oyoqni [1] tishlaganda uzoqroq boʻladi . • Etiopatogenezi: Kasallikning qoʻzgʻatuvchisi rabdoviruslar guruhiga mansub. U koʻpchilik issiqqonli hayvonlar uchun patogen boʻlib, bemor kasallik klinik belgilari boshlanishidan 7-8 kun oldin soʻlagi bilan virus chiqara boshlaydi. Shikastlangan teri orqali kirgandan keyin virus nerv stvollari orqali bosh miyaga etib boradi va unda shish, qon quyilishi va nerv hujayralarining degeneratsiyasini chaqiradi Virus soʻlak bezlariga tushadi va soʻlak orqali tashqi muhitga ajraladi. Quturish maxsus (spetsifik) ensefalitga oʻxshab kechadi. Bir necha oydan bir yilgacha choʻziluvchi inkubatsion davrdan (koʻpincha 20-90 kun) keyin boshlanadi. Inkubatsion davrning davomiyligi infitsirlanish dozasiga va jarohatning joylashuviga (miyaga uzoq yoki yaqinligiga) bogʻliq. Klinik koʻrinishi: Inkubatsion davrdan keyin kasallikning prodromal davri (davomiyligi 1-3 kun), bu vaqtda esa kuzatiladi: tishlangan joy shishadi, tishlangan joyga yaqin joylashgan nervlarda nevralgiya, umumiy madorsizlik, tana haroratining oshganligi, uyquning buzilishi. Keyin esa kasallikning avj olish bosqichi boshlanadi: suvdan qoʻrqish, tamoq 337 https://universalpublishings.com МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ: ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА Researchbib Impact factor: 13.14/2024 SJIF 2024 = 5.444 Том 3, Выпуск 01, Январь va hiqildoq mushaklarining ogʻriqli qisqarishlari, baʼzan suv ichishga harakat qilganida nafasning toʻxtashi, keyinchalik esa oqayotgan suvni koʻrganda yoki ovozini eshitganda, yoki suv haqida gapirganda mushaklar qisqarishi. Xurujlar bir necha soniya davom etadi va soʻnadi. Shu jumladan psixomotor qoʻzgʻalish xurujlari kuzatiladi: bemorlar agressiv boʻlib qoladilar, baqiradi, mebellarni sindirib odamga xos boʻlmagan kuchlar ishlatadi. Diagnostikasi: Tishlangan jarohatning topilishi yoki hayvon soʻlagining shikastlangan teriga tushishi katta ahamiyatga ega. Odamda muhim belgilardan biri bu suvdan qoʻrqish, suv yoki ovqatlarni koʻrganda yutish mushaklarining spazmi yuz berishi tufayli bemorlar hatto bir stakan suv ham icha olmaydilar. Havoning bir ozgina harakati ham mushaklar qisqarishiga sabab boʻladi – aerofobiya. Soʻlak oqishining kuchayishi bunday bemorlarga xos belgilardan boʻlib, soʻlagi ogʻiz burchagidan doim oqib turadi. Diagnozni laboratoriyada tasdiqlash talab qilinmaydi. Bugun o‘zbekistonliklar orasida jonivor boqadiganlar ko‘paygan. Ayniqsa yoz kunlarida ko‘chada sayr qilib yurgan it yoki mushuklar ham talaygina. Va ular quturish kasalligining asosiy tarqatuvchisi hisoblanadi. Bu kasallikdan qanday himoyalanish va davosi haqida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatli

Доказательный фрагмент

«The article discusses the ways in which rabies is transmitted to humans, the first signs of a person infected with rabies and its effects on other people, and the treatment of a sick person.»

Образец извлечения

Демо-превью

The article discusses the ways in which rabies is transmitted to humans, the first signs of a person infected with rabies and its effects on other people, and the treatment of a sick person. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
rabies, neurotropic virus, fear, hypersalivation, aggression, tajavuskorlik., qutirish, qo’riquv, ko’p so’lak oqishi, neyrotrop virus
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники