К содержанию
РецензированоUZ2024

INNOVATSION PEDAGOGIK METODLAR VA KREATIVLIKNI RIVOJLANTIRISH.

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА · Jurayeva Balxiya Farxod qizi. · Zaripov Lochin Rustamovich.

Медицина, педагогика и технологии: теория и практика · 3 · 2024

Аннотация

Mazkur maqolada innovatsion pedagogik metodlar va kreativlikni rivojlantirishning ta’lim tizimidagi ahamiyati, Prezident farmonlari va qarorlari asosida olib borilayotgan islohotlar yoritilgan. Ta’lim tizimiga STEAM yondashuvi, muammoli ta’lim, loyiha asosida ta’lim va innovatsion usullarni joriy etishning samaradorligi tahlil qilingan. Maqola, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilingan farmonlar va konsepsiyalarning ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni ham qamrab oladi.Shuningdek, kreativ kompetensiyalarni rivojlantirishning uslubiy asoslari, pedagog kadrlarni tayyorlash va zamonaviy texnologiyalarni qo‘llashning dolzarbligi ko‘rsatib o‘tilgan. Kalit so‘zlar:Innovatsion pedagogik metodlar,Kreativ kompetensiyalar,STEAM yondashuvi,Muammoli ta’lim,Gamifikatsiya,Loyiha asosida ta’lim. Bugungi kunda ta’lim tizimida kreativlikni rivojlantirish va innovatsion pedagogik metodlarni qo‘llash o‘qituvchilarning muhim vazifalaridan biridir. Zamonaviy texnologiyalarning rivojlanishi ta’lim jarayoniga yangi imkoniyatlar olib kelmoqda va bu jarayonda o‘quvchilarning ijodkorlik qobiliyatini oshirish alohida ahamiyat kasb etmoqda."O‘zbekiston Respublikasida ta’lim sohasida innovatsion metodlar va kreativlikni rivojlantirishga qaratilgan bir qator Prezident farmonlari, qarorlari va konsepsiyalar qabul qilingan "O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida" PF-4947-son farmoni (2017-yil 7-fevral): Ushbu farmon 294 https://universalpublishings.com МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ: ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА Researchbib Impact factor: 13.14/2024 SJIF 2024 = 5.444 Том 3, Выпуск 01, Январь ta’lim tizimini isloh qilish, innovatsion yondashuvlarni joriy etish va kreativlikni rivojlantirishni nazarda tutadi. "Oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida" PQ-3775-son qarori (2018-yil 5-iyun): Mazkur qaror oliy ta’lim tizimida innovatsion metodlarni qo‘llash va kreativ kompetensiyalarni rivojlantirishni ko‘zda tutadi. Innovatsion pedagogik metodlarning mohiyati Innovatsion pedagogik metodlar ta’lim jarayonini samarali va qiziqarli qilishga qaratilgan. Bu metodlar nafaqat nazariy bilimlarni, balki amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga ham yordam beradi. Quyida innovatsion metodlarning asosiy turlari keltirilgan: Interfaol o‘qitish Interfaol o‘qitish orqali o‘quvchilar va o‘qituvchilar o‘rtasida faol muloqot amalga oshiriladi. Ushbu metod o‘quvchilarning mustaqil fikrlashini va guruhiy ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishda samaralidir. Muammoli o‘qitish (Problem-Based Learning) Bu yondashuvda o‘quvchilar real hayotdagi muammolarni hal qilish orqali ta’lim olishadi. Masalan, muammolarni hal qilishga oid loyiha ishlab chiqish. STEAM yondashuvi Ilm-fan, texnologiya, muhandislik, san’at va matematikani birlashtirgan ushbu yondashuv ijodiy fikrlashni shakllantirish va o‘quvchilarni tarmoqli yondashuvga o‘rgatish uchun qo‘llaniladi. Gamifikatsiya O‘quv jarayoniga o‘yin elementlarini kiritish orqali o‘quvchilarni faol jalb qilish va motivatsiyani oshirish. Loyiha asosida ta’lim (Project-Based Learning) O‘quvchilarning mustaqil loyihalar ustida ishlashini rag‘batlantiradi va ijodkorlikni oshiradi. Kreativlikni rivojlantirish yondashuvlari Kreativlik – bu yangi va original fikrlarni ishlab chiqish va ularni amaliyotga tatbiq qilish qobiliyatidir. Ta’lim jarayonida kreativlikni rivojlantirish uchun quyidagi yondashuvlar samarali: Ijodiy vazifalar yaratish 295 https://universalpublishings.com МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ: ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА Researchbib Impact factor: 13.14/2024 SJIF 2024 = 5.444 Том 3, Выпуск 01, Январь O‘quvchilarga muammolarni hal qilishga yo‘naltirilgan ijodiy topshiriqlar berish. Masalan, yangi mahsulotni loyihalash yoki innovatsion texnologiyani taklif qilish. Konstruktiv yondashuv O‘quvchilarning ijodiy loyihalar va tadqiqotlarga jalb qilinishi kreativ fikrlashni rivojlantiradi. Masalan, robototexnika darslarida ijodiy modellar yaratish. Dizayn fikrlash (Design Thinking) Bu metod o‘quvchilarni muammolarni tahlil qilish va ijodiy echimlarni taklif qilishga undaydi. Interfaol metodlardan foydalanish "Brainstorming" (fikrlar yomg‘iri) kabi metodlar o‘quvchilarning ijodiy fikrlashini faollashtiradi. Innovatsion metodlar va kreativlikni rivojlantirishning quyidagi asosiy afzalliklari mavjud: -O‘quvchilarda mustaqil va ijodiy fikrlash qobiliyati shakllanadi. -Real hayotdagi muammolarni hal qilishga oid ko‘nikmalar rivojlanadi. -Ta’lim jarayoni qiziqarli va samarali bo‘ladi. -O‘qituvchilar va o‘quvchilar o‘rtasidagi muloqot yaxshilanadi. Innovatsion pedagogik metodlar va kreativlikni rivojlantirish bugungi ta’lim jarayonining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Zamonaviy texnologiyalar va ijodkorlikni rivojlantirishga yo‘naltirilgan yondashuvlar o‘quvchilarning nafaqat bilim darajasini, balki ularning hayotiy ko‘nikmalarini ham oshiradi. O‘qituvchilarning ijodkorlik va innovatsion yondashuvlardan

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada innovatsion pedagogik metodlar va kreativlikni rivojlantirishning ta’lim tizimidagi ahamiyati, Prezident farmonlari va qarorlari asosida olib borilayotgan islohotlar yoritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada innovatsion pedagogik metodlar va kreativlikni rivojlantirishning ta’lim tizimidagi ahamiyati, Prezident farmonlari va qarorlari asosida olib borilayotgan islohotlar yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Loyiha asosida ta’lim., Muammoli ta’lim, Gamifikatsiya, STEAM yondashuvi, Innovatsion pedagogik metodlar, Kreativ kompetensiyalar
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

[3]МедицинаENРецензированоОткрытый доступ
ACUTE HEMATOGENIC OSTEOMYELITIS IN CHILDREN

СтатьиМИРЗАКАРИМОВ Бахромжон Халимжонович, МЕЛИБАЕВ Фарход Абдупаттохович2022

4