К содержанию
РецензированоUZ2026

STEVIA REBAUDIANA BERTONI O‘SIMLIGINI ONTOGENEZ DAVRLARI.

BOG‘DORCHILIK KAFEDRASI · assistenti: Xaydarov Mirzoxid Baxtiyor o‘g‘li

Исследования в области технических наук в Узбекистане · 2026

Аннотация

In this article, the ontogenesis period and stages of Stevia rebaudiana bertoni L. plant are considered in order to provide the pharmaceutical industry with medicinal plant raw materials and protect the health of the population of our republic. Kalit so‘z: Stevia rebaudiana, Ertapishar, T.A. Rabotnov, latent, virginil, generativ, yorug‘lik, ildiz ,kaudeks, Introduksiya, adaptatsiya. Ключевые слова: Стевия ребаудиана, доброе утро, Т.А. Работнов, латентный, девственный, генеративный, световой, корень, каудекс, Интродукция, адаптация. Keywords: Stevia rebaudiana, Ertapishar, T.A. Rabotnov, latentnyy, devstvennyy, generativnyy, svetovoy, koren, caudex, Introduction, adaptation. Stevia rebaudiananing ontogenez davrlari. Hozirgi davrda o‘simliklar introduksiyasining ahamiyati kamaymasdan, balki ilgarigidek sayyoramiz o‘simliklari resurslarini o‘zlashtirishning yangi istiqbollarini ochib bermoqda. Ertapishar, serhosil, 127 turli kasallik va zararkunandalarga chidamli, mahalliy tuproq-iqlim sharoitlariga moslashgan va boshqa foydali xo‘jalik belgilariga ega o‘simliklarni tanlash va sinash jarayonlarida ham o‘simliklar introduksiyasining o‘rni beqiyosdir. Introduksiya qilinayotgan S. rebaudiana ning individual taraqqiyotini, ya’ni o‘sishi va rivojlanishini ontogenezda o‘rganish katta ahamiyatga ega. Bu o‘simlikning ontogenezi Surxondaryo viloyati sharoitida o‘rganilmagan. Yangi sharoitda iqlimlashtirilayotgan o‘simliklarning o‘sishi va rivojlanishining qanday kechishi esa adaptatsiyaning muhim ko‘rsatkichlaridan biridir. Iqlimlashtirilayotgan turlarning yangi sharoitga moslashish xususiyatlari o‘simlik ontogenezining dastlabki davrlaridayoq namoyon bo‘ladi. Shu sababli, S. rebaudiana o‘simligining ontogenezini o‘rganish nazariy va amaliy ahamiyatga ega, chunki o‘simlik ontogenezining dastlabki davrlarini o‘rganish, uning keyingi o‘sish va rivojlanishi haqida fikr yuritish imkonini beradi [15], [16], [17], [55], [59]. Har qanday o‘simlik ontogenezida qator morfologik, anatomik, fiziologik va bioximik o‘zgarishlarga o‘chraydi [47]. T.A. Rabotnov [57], [58] uslubi bo‘yicha S. rebaudiana ning o‘sishi va rivojlanishini quyidagi davrlarga ajratdik: latent, virginil, generativ. Virginil davr o‘z navbatida esa 4 bosqichga bo‘linadi: maysa, yuvenil, immatur, voyaga yetgan virginil yoshli o‘simlik. Quyida bu o‘simlikning ana shu davrlariga batafsil to‘xtalib o‘tamiz. Latent davri. Urug‘ning tinim holati - asosiy moslanish xususiyatlaridan biridir. Meva va urug‘lar murtakni himoya qilish va unish vaqtigacha saqlash kabi funksiyalarni bajaradi. Urug‘ unuvchanligi - o‘simlikning urug‘dan ko‘payishi va tiklanishi, turning taqdirini hal qiluvchi hamda urug‘ sifatini belgilovchi asosiy ko‘rsatkichlardan biri hioblanadi [14]. Bu davr urug‘ning pishib yetilishidan ildizcha paydo bo‘lishigacha o‘tgan vaqtni o‘z ichiga oladi. Surxondaryo sharoitida S. rebaudiana urug‘lari oktabr oyi o‘rtalaridan dekabr oyining boshlarigacha pishib yetildi. S. rebaudiana ning 5 dona (ba’zan 6 dona) urug‘lari savatchada yetiladi. Bizga ma’lumki, ko‘p gulli o‘simliklarning urug‘lari birlamchi tinim davrini o‘taydi. Ayrim o‘simliklarning birlamchi tinim davri bir necha o‘n kun hisoblansa, ayrim o‘simliklarda bu holat bir necha o‘n yillab saqlanadi va o‘ziga qulay sharoit tug‘ilgandagina unib chiqadi. Surxondaryo viloyati dala sharoitida S. rebaudiana urug‘ining tuproqdagi tinim davri 1,5-2,5 oygacha cho‘zildi. Bu sharoitida o‘stirilgan S. rebaudiana urug‘larining uzunligi 3,8±0,19 mm, eni 1±0,1 mm, yengil, shamol yordamida tarqaladi. Laboratoriya sharoitida urug‘larning unib chiqishi uchun qulay 280S li haroratda 41±2,8%, dala sharoitida (havo harorati 10-13°S) esa 15-18% urug‘lar unib chiqdi. S. rebaudiana urug‘lari uzoq vaqt saqlanganda, unish xususiyatini ancha yo‘qotadi. 1000 dona urug‘ og‘irligi 0,26-0,29 g bo‘lib, urug‘ unuvchanligi 37 oygacha saqlanib turadi. Unish jarayoni urug‘larning ivishi bilan boshlanadi, ya’ni urug‘lar 128 namlangandan so‘ng murtak o‘z maromiga yetgach, kattalasha boradi va urug‘larning po‘stini yorib chiqa boshlaydi. Virginil davr. Maysa bosqichi. Respublikamizda o‘sadigan an’anaviy ozuqabop o‘simliklar ko‘pincha kuz oylarida (oktabr, noyabr) ekiladi. S. rebaudiana esa tropik mintaqa o‘simligi bo‘lganligi sababli turli muddatlarda uning urug‘lari (2024-y) yanvar, fevral va mart oylarida ekib ko‘rildi. S. rebaudiana ning urug‘palla barglari teskari tuxumsimon, och yashil rangda, uzunligi 0,7±0,05 sm, eni 0,4±0,05 sm. Urug‘ po‘sti urug‘palla bargi bilan tuproq yuzasiga chiqishi (3.1.b-rasm), ba’zan tuproq ostida qolishi mumkin. Dastlab och yashil rangda bo‘lgan urug‘palla barglari asta- sekin yashil rangga kiradi va ko‘z bilan ilg‘ab bo‘lmas darajada tuklar bilan qoplanadi Yanvar oyida plyonka tagidagi tuproqda urug‘ unuvchaligi boshqa muddatlarda ekilgan urug‘larga nisbatan yuqori bo‘ldi. Yanvar oyida ekilgan urug‘lar 7-8 kundan boshlab unib chiqdi. Oradan 10-15 kun o‘tgach, maysalarning yoppasiga unib chiqishi kuzatildi . Ur

Доказательный фрагмент

«In this article, the ontogenesis period and stages of Stevia rebaudiana bertoni L.»

Образец извлечения

Демо-превью

In this article, the ontogenesis period and stages of Stevia rebaudiana bertoni L. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Stevia rebaudiana, Ertapishar, T.A. Rabotnov, latentnyy, adaptatsiya., Introduksiya, yorug‘lik, ildiz, generativ, kaudeks, latent, virginil
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники