Наука и технология в современном миреМирзаева Ширин Нодировна, Тахиров Чингиз Аъзамович +22026
SUBTROPIK IQLIM MINTAQASI XAVO MASSALARINI O’ZBEKISTON HUDUDIGA TA’SIRI
O’ZBEKISTON HUDUDIGA TA’SIRI · Abdulxayeva Robiyaxon Abduzohid qizi · Asilbekova Ziniraxon Zafarbek qizi · Абдулхаевa Робияхан Абдузахидoвна (Andijon davlat pedagogika instituti talabalari) · Асильбекова Зинирахана Зафарбековна. (Andijon davlat pedagogika instituti talabalari)
Исследования в области технических наук в Узбекистане · 23-25 · 2024
Аннотация
This article presents information on the formation of air masses of the subtropical climatic region and the influence of air masses of the subtropical climatic region on the territory of Uzbekistan and its consequences. Keywords: Subtropical climate, Uzbekistan, air masses, Tien Shan, Ustyurt, Black Sea, climate, heat, land, region. 107 ISSN (E): 2992-9148 SJIF 2024 = 5.333 ResearchBib Impact Factor: 9.576 / 2024 VOLUME-3, ISSUE-1 Kirish: O’zbekistonning geografik o’rni, okean va dengizlardan uzoqda, Yevrosiyo materigining ichki qismida joylashganligi tufayli kontinental iqlim tipiga ega ekanligi bilan tavsiflanadi. Tabiiy geografik o’rni uning tabiiy sharoitlari iqlimi, tog’li va tekis hududlari bilan bevosita bog’liqdir. O’zbekiston Amudaryo bilan Sirdaryo orasida joylashgan, sharqida Tyan-shan tog’lari va Pomir tog’ tizmalarining janubiy chekkalari mavjud [2]. Mamlakatning qolgan qismi esa keng tekkisliklar va cho’l hududlari bilan qoplangan. Eng shimoliy nuqtasi Ustyurt platosining shimoli sharqida bo‘lib, 45° 36′ shimoliy kenglikdadir. Eng janubiy nuqtasi Тermiz shahri yonida, Amudaryo qirg‘og‘ida bo‘lib, 37° 11′shimoliy kenglikda. Eng g‘arbiy nuqtasi Ustyurt platosida bo‘lib, 56° 00′sharqiy uzoqlikda, eng sharqiy nuqtasi esa Farg‘ona vodiysining sharqiy qismida, 73° 10′sharqiy uzunlikdadir. O‘zbekistonning eng shimoliy nuqtasi bilan janubiy nuqtasi orasidagi masofa 925 km ga, eng g‘arbiy nuqtasi bilan sharqiy nuqtasi orasidagi masofa esa 1400 km ga teng. Oʻzbekiston hududining 71%i tekislik, qolgan 29% qismini esa togʻlar egallaydi. Bu qismlarning chegaralari nihoyatda egri-bugri boʻlib, togʻlarning ba’zi bir tizmalari tekislik qismining ichkarisiga surilib kirgan, ayrim joylarda tekislik ham togʻ tizmalari orasiga qoʻltiq shaklida kirib qolgan [5]. Asosiy qism. O’zbekiston hududiga yil boʻyi uchta asosiy havo massalari ta’sir etib turadi. Bular: Arktika(qutbiy), mo‘tadil va tropik. Oʻzbekiston hududiga gʻarbdan moʻtadil mintaqaning dengiz havo massasi kirib keladi. Bu havo massasi Oʻrta va Qora dengizlari orqali oʻtganligi tufayli nam boʻlib, yomgʻir, ba’zan esa qor yogʻishiga sabab boʻladi. Bunday ob-havo qish kunlarining 11%ni tashkil etadi. Yozda Turon tekisligining shimolida moʻtadil front chizigʻi joylashib, bir tarmog’i Qozogʻistonda, ikkinchi tarmogʻi esa Qora dengizning shimoli va Volga daryosining Oʻrta oqimida joylashib, havo bosimi yuqoridir [2]. Natijada termik depresiya oʻsha yuqori bosimli havo massasini xuddi soʻrgʻich (nasos) kabi tortib olishi oqibatida shimoldan, shimoli gʻarbdan va gʻarbdan salqin havo massasi Turon tekisligi tomon esadi. Ma’lumotlarga qaraganda yozda shimoliy va shimoli-gʻarbiy (yoz kunlarining 38%ni tashkil etadi) hamda gʻarbiy (yoz kunlarining 29%) salqin havo massalari Turon tekisligida qishga nisbatan 1,5-2,0 marta koʻp takrorlanadi [4]. Ammo Turon tekisligi qizib ketganligi tufayli uning ob-havosini u qadar oʻzgartira olmaydi, faqat haroratini 3-10°ga pasaytiradi, binobarin, hamon havo ochiq, quruq, nisbiy namlik kam boʻlib, kondensatsiyalanish jarayoni qiyinlashadi. Shu tufayli Turon tekisligida shimoliy, shimoli-gʻarbiy va gʻarbiy havo massalari yozda koʻp esadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Bu havo massalari Oʻzbekiston togʻlarida (yuqoriga ko‘tarilgan sari havoning sovib borishi oqibatida) sovib, bulutlar hosil qilib, 108 ISSN (E): 2992-9148 SJIF 2024 = 5.333 ResearchBib Impact Factor: 9.576 / 2024 VOLUME-3, ISSUE-1 yomgʻir, ba’zan esa qor tariqasida yogʻinlarni vujudga keltiradi. Oʻzbekiston iqlimining tarkib topishida uning yer usti tuzilishi – relyefi ham ta’sir etadi [3]. Oʻzbekiston hududining sharqi va janubi togʻlar bilan oʻralgan boʻlib, gʻarbi va shimoliy qismi ochiq. Shu sababli uning hududiga shimoldan, shimoli-gʻarbdan va gʻarbdan esuvchi sovuq havo massalari bemalol kirib keladi. Aksincha, Respublikamiz janubiy qismida Paropamiz kabi togʻlarning mavjudligi iliq tropik havo massalarining kirib kelishiga toʻsiq boʻladi. Rel’efning Respublika iqlimiga ta’sirini ya’ni yogʻinlar taqsimotida ham bilish mumkin. Ma’lumki, nam olib keluvchi gʻarbiy, shimoliy gʻarbiy havo massalari yozda qishga nisbatan koʻproq esadi, lekin uning tekislik qismi yozda nihoyatda qiziganligi sababli yogʻin vujudga kelmaydi. Buning ustiga bir xil balandlikka ega boʻlgan togʻlarning gʻarbiy, janubiy gʻarbiy yonbagʻirlariga yogʻin koʻp tushsa, nam havo massalariga teskari yonbagʻirlariga juda kam yogʻin tushadi. Relyefning iqlimga koʻrsatayotgan ta’sirini Surxon-Sherobod vodiysi misolida ham yaqqol koʻrish mumkin [8]. Bu vodiy sharqdan, shimoldan va gʻarbdan togʻlar bilan oʻrab olinganligi tufayli sovuq havo oqimini toʻsadi, oqibatda qish Oʻzbekistonning boshqa qismlariga nisbatan iliq boʻlib yanvar oyining oʻrtacha harorati Termizda 2,8°, Sherobodda esa 3,6° haroratini tashkil etadi. Relyef faqat Respublikamizda harorat va yogʻinlarning taqsimotiga emas, balki shamollar, ayniqsa mahalliy shamollar fyon, garmsel, Afgʻon shamoli, Bekobod shamolining vujudga kelishiga ham oʻz ta
Доказательный фрагмент
«This article presents information on the formation of air masses of the subtropical climatic region and the influence of air masses of the subtropical climatic region on the territory of Uzbekistan and its consequences.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article presents information on the formation of air masses of the subtropical climatic region and the influence of air masses of the subtropical climatic region on the territory of Uzbekistan and its consequences. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Subtropical climate, Uzbekistan, air masses, Tien Shan, Ustyurt, Tyan-Shan, havo massalari, Qora dengiz, issiqlik, Subtropik, quruqlik, O‘zbekiston, mintaqa., iqlim
Смежные источники
Магистерские диссертацииРахмонов Сардорбек Рахимжон ўғли2016
The American Journal of Applied sciencesBasis Of Trend Models, Anvar Norimovich Rakhimov +22021
The American Journal of Applied sciencesHydrogeological Conditions, J.X. Djumanov +22021