Наука и технология в современном миреМирзаева Ширин Нодировна, Тахиров Чингиз Аъзамович +22026
TA’LIM VA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING INTEGRATSIYASI BOSQICHLARI
Choriyev Islom G‘ayratovich · Eshqorayev Abduqodir Iskandar o‘g‘li
Исследования в области технических наук в Узбекистане · 2024
Аннотация
Ushbu maqolada ta’lim jarayoniga raqamli texnologiyalarni integratsiya qilishning ahamiyati, bosqichlari qo‘llanilishi yoritilgan. Raqamli texnologiyalar o‘quvchilarning fanlarga bo‘lgan qiziqishini oshirish, murakkab tushunchalarni sodda va vizual tarzda tushuntirish hamda interaktiv o‘qitish usullarini joriy etishda keng imkoniyat yaratadi. Maqolada integratsiya jarayonining asosiy bosqichlari, o‘qituvchi va talabalar uchun yaratiladigan imkoniyatlar, shuningdek, zamonaviy elektron vositalardan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar tahlil qilinadi. Kalit so‘zlar: ta’lim va raqamli texnologiyalar, fizika fanini o‘qitish, interaktiv o‘qitish usullari, raqamli laboratoriyalar, simulyatsiya va vizualizatsiya, masofaviy ta’lim, o‘quv motivatsiyasi, zamonaviy ta’lim vositalari, innovatsion pedagogika. Integratsiya bosqichi — ta’lim jarayonida raqamli texnologiyalarni qo‘llash va ulardan samarali foydalanish uchun amalga oshiriladigan qadamlar to‘plamidir. Bu bosqich, raqamli texnologiyalarni ta’lim dasturlariga, o‘quv jarayonlariga va o‘qitish usullariga birlashtirishni anglatadi. Integratsiya bosqichining asosiy maqsadi, ta’limni yanada samarali, interaktiv va qiziqarli qilishdir. Integratsiya bosqichining asosiy jihatlari quyidagilar hisoblanadi. 1. Raqamli texnologiyalarni tanlash, ya’ni ta’lim jarayonida foydalanishga mos keladigan raqamli vositalar va platformalar tanlanadi (masalan, simulyatsiya dasturlari, virtual laboratoriyalar). 2. O‘qituvchilarni tayyorlash. O‘qituvchilarga yangi texnologiyalarni qanday qo‘llashni o‘rgatish, ularni tayyorlash va qo‘llab-quvvatlash. 3. Sinov va tajriba. Tanlangan texnologiyalarni sinovdan o‘tkazish va ularning ta’lim jarayoniga qanday ta’sir ko‘rsatishini baholash. 4. Interaktiv darslar o‘tkazish. Raqamli texnologiyalar yordamida darslarni interaktiv va qiziqarli qilish, talabalarning faol ishtirokini rag‘batlantirish. 5. Monitoring va baholash. Talabalarning natijalarini kuzatish va baholash, raqamli texnologiyalarning samaradorligini tahlil qilish. 30 ISSN (E): 2992-9148 SJIF 2024 = 5.333 ResearchBib Impact Factor: 9.576 / 2024 VOLUME-3, ISSUE-1 6. Takliflar va yangilanishlar. Olingan natijalar asosida ta’lim jarayonini yanada rivojlantirish uchun takliflar ishlab chiqish va yangi texnologiyalarni joriy etish. Ta’lim jarayonini modernizatsiya qilish, shuningdek, talabalarning o‘rganish jarayonini yanada qiziqarli va samarali qilish uchun integratsiya bosqichi muhim ahamiyatga ega. Bu jarayon, o‘qituvchilar va talabalar o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytiradi va ta’lim sifatini oshiradi. Ta’lim va raqamli texnologiyalarning integratsiyasi bosqichlari, ta’lim jarayonini yanada samarali va zamonaviy qilish maqsadida amalga oshiriladigan qadamlar to‘plamidir. Ushbu integratsiya jarayoni bir necha bosqichlardan iborat bo‘lib, har bir bosqichda maqsad va yondashuvlar o‘zgaradi. Dastlab, ya’ni integratsiyaning birinchi bosqichida o‘qituvchilar va ta’lim muassasalari raqamli texnologiyalar haqida ma’lumot to‘playdilar. Bu bosqichda mavjud resurslar va imkoniyatlar tahlil qilinadi. Keyingi qadamda, raqamli texnologiyalarni integratsiya qilishdan ko‘zlangan maqsadlarni belgilab olish zarur hisoblanadi, masalan, talabalarning qobiliyatlarini oshirish yoki ta’lim jarayonini yanada interaktiv qilish. Integratsiyaning ikkinchi bosqichida o‘qituvchilar uchun treninglar va seminarlar tashkil etiladi, bu orqali ularga raqamli texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha bilim va ko‘nikmalar beriladi. Shuningdek, seminarlar davomida o‘qituvchilar o‘zaro tajribalarini baham ko‘rib, eng yaxshi amaliyotlarni o‘rganadilar. Uchinchi bosqichda, raqamli texnologiyalarni tanlash jarayonida mavjud platformalar, dasturlar va vositalar tahlil qilinadi hamda ta’lim dasturlariga va talabalarning ehtiyojlariga mos keladigan texnologiyalar tanlab olinadi. To‘rtinchi, tajriba sinov bosqichida, tanlangan raqamli texnologiyalar sinovdan o‘tkaziladi, bu jarayonda o‘qituvchilar va talabalar birgalikda ishlaydilar. Bunda, tegishli o‘quv materiallarini ishlab chiqish va raqamli texnologiyalarni qo‘llab- quvvatlovchi o‘quv materiallari va resurslari yaratiladi. Yuqoridagi bosqichlar muvaffaqiyatli yakunlanganidan so‘ng, interaktiv darslarni tashkil etish maqsadga muvofiq hisoblanadi. O‘qituvchilar raqamli texnologiyalarni integratsiya qilib, interaktiv darslar o‘tkazadilar. Bu jarayonda simulyatsiyalar, virtual laboratoriyalar va boshqa interaktiv vositalar ishlatiladi. Shunindek, mashg‘ulotlarga talabalarning ham faol ishtirokini ta’minlash zarur. Chunki, bunday dars mashg‘ulotlarida talabalar raqamli vositalar yordamida o‘z 31 ISSN (E): 2992-9148 SJIF 2024 = 5.333 ResearchBib Impact Factor: 9.576 / 2024 VOLUME-3, ISSUE-1 bilimlarini mustahkamlash va yangi ko‘nikmalarni o‘zlashtirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Beshinchi, monitoring va baholash bosqichida, o‘qituvchilar ta’lim jarayonida talabalarning natijalarini baholaydilar, raqamli texnologiyalarning ta’sirini tahlil qiladilar hamda olingan natijalar asosida o‘qitish j
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada ta’lim jarayoniga raqamli texnologiyalarni integratsiya qilishning ahamiyati, bosqichlari qo‘llanilishi yoritilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada ta’lim jarayoniga raqamli texnologiyalarni integratsiya qilishning ahamiyati, bosqichlari qo‘llanilishi yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- zamonaviy ta’lim vositalari, raqamli laboratoriyalar, fizika fanini o‘qitish, masofaviy ta’lim, simulyatsiya va vizualizatsiya, innovatsion pedagogika., interaktiv o‘qitish usullari, ta’lim va raqamli texnologiyalar, o‘quv motivatsiyasi
Смежные источники
Магистерские диссертацииРахмонов Сардорбек Рахимжон ўғли2016
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025