К содержанию
РецензированоUZ2024

-“MEHRLI MAKTAB”NING FAOLIYATIDA GOSPITAL TA’LIM

Dilfuza Musaeva (TDPU Surdopedagogika va maxsus pedagogikaning klinik asoslari kafedrasi katta o’qituvchisi.)

Исследования в области технических наук в Узбекистане · 2024

Аннотация

Ushbu maqola gospital pedagogika sohasiga oid manba va adabiyotlarni chuqur o‘rganish va tahlil qilish natijasida olingan bilimlar asosida “Mehrli maktab” va unda ta’lim oluvchi o‘quvchilar jamoasi haqida, jumladan, bugungi kunda respublika hududida tashkil etilgan “Mehrli maktab”ning faoliyati, bu muassasada ta’lim olayotgan o‘quvchilarning qiziqishlari, xususan, ona tili va adabiyot faniga bo‘lgan munosabati hamda bu fanga nisbatan qiziqishlarini mavjud holatidan yana yuqoriroq natijaga chiqarish bo‘yicha amaliy harakatlar haqida fikr-mulohaza yuritadi. Tayanch tushunchalar: gospital pedagogika, ijtimoiy himoya, korreksiya, gospitalizatsiya, davolash, individual, differernsial, kompensatsiya. Ta’lim hamma uchun milliy dasturida ta’lim olish huquqi shaxsning asosiy huquqlaridan biridir. Ayni vaqtda O‘zbekiston Respublikasida ta’lim jamiyatni ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy va madaniy rivojlantirishning ustuvor sohasi sifatida e’tirof etiladi. O‘zbekiston Respublikasi ta’lim sohasidagi davlat siyosatini umuminsoniy qadriyatlarni, xalqning tarixiy tajribasini, madaniy va fan bobidagi an’analarini, jamiyatning istiqboldagi rivojini hisobga olgan holda yurgizadi. Ta’lim ilm berish va tarbiyani o‘z ichiga oladi, u respublikaning zakovat va ilm borasidagi kuch-quvvatini rivojlantirish, jamiyat, oila oldidagi o‘z mas’uliyatini anglaydigan har jihatdan barkamol shakllantirish maqsadini ko‘zlaydi. Shu boisdan ham mamlakatdagi barcha kelajak avlod vakillarining ta’lim olish huquqi davlat tomonidan muhofaza etiladi. Bundan tashqari umumta’lim olish yoshidagi har qaysiki bolalarning ijtimoiy kelib chiqishi-yu ayni vaqtdagi ijtimoiy holatidan qat’iy ta’lim olishlari uchun shart- sharoitlar ham yaratib berilmoqda. Buning isbotini “Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazida davolanayotgan bolalar uchun maktabgacha ta’lim va tarbiya hamda umumiy o‘rta ta’lim berish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hukumat qarori hamda uning ijrosi timsolida ko‘rish mumkin. Gospital ta’lim - uzoq muddatli davolanayotgan va sog‘lig‘i sababli ta’lim muassasasiga bora olmaydigan bolalarni o‘qitishni tashkil etish bilan bog‘liq pedagogikaning bo‘limidir. Gospital pedagogikasi pedagogikaning bir qismi bo‘lib, o‘z e’tiborini o‘quvchilarning alohida toifasiga — uzoq muddatli davolanishga muhtoj 9 ISSN (E): 2992-9148 SJIF 2024 = 5.333 ResearchBib Impact Factor: 9.576 / 2024 VOLUME-3, ISSUE-1 bolalarga qaratadi. Pedagogikaning ushbu yo‘nalishini amalga oshirish va rivojlantirishning murakkabligi idoralararo mansubligi bilan belgilanadi: ta’lim, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy himoya, — chunki kasalxonada uzoq muddatli davolanayotgan bola birinchi navbatda bemor, ikkinchidan — o‘quvchi. Bolani davolash jarayonida tibbiy va pedagogik texnologiyalarni birlashtirish keng qamrovli reabilitasiyani anglatadi. Davolanish bilan birga ta’limga qaytish onkologik kasalligiga chalingan bola uchun ijobiy taassurot qoldirishi mumkin, ammo shu bilan birga u sinfdoshlari orasida yo‘qligi, tengdoshlari bilan muloqotning uzilishi, davolanishning nojo‘ya ta’sirlari, zaiflik bilan kurashish zarurati kabi qiyinchiliklarni boshidan kechiradi. Bolaga onkologik kasallik tashxisi qo‘yilganda, uning eng yaqin qarindoshlari moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelishadi, ular jismoniy, ruhiy salomatlik va farovonlik nuqtai nazaridan hayot sifatini pasaytiradi va ijtimoiy o‘zaro ta’sirni yomonlashtiradi. Shuning uchun, gospital ta’lim onkologik kasalligiga chalingan bolalarningva ularning yaqin qarindoshlarini ruhiy va emosional holatini yaxshilash, qo‘llab-quvvatlashi uchun xizmat qiladi. Gospital ta’lim o‘quvchilarining yuksak ma’naviyatli, barkamol avlod etib tarbiyalash, o‘quvchilarga ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikasiya texnologiyalar asosida ta’lim berish mamlakatimizning ta’lim sohasidagi amalga oshirilayotgan ustuvor vazifalardan biridir. Shuningdek, komil insonni voyaga yetkazishda boshlang‘ich ta’lim, shubhasiz, poydevor vazifasini o‘taydi. Gospital ta’limning boshlang‘ich sinf darslarida bolani qalban yuksak, ma’naviy boy qilib tarbiyalashda ajdodlarimiz yaratgan betakror asar durdonalaridan foydalangan holda bilim berish hamda odob- axloq qoidalariga o‘rgatish muhim ahamiyatga ega. Hukumat qarorining ijrosi ko‘p vaqt o‘tmay ta’minlandi, ya’niki bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazida davolanayotgan bolalarga maktabgacha ta’lim va tarbiya hamda umumiy o‘rta ta’lim berish jarayonlarini samarali tashkil etish uchun “Mehrli maktab” davlat ta’lim muassasasi tashkil etildi. Hamda bu muassasaga yuridik shaxs maqomi berildi. Ushbu markaz hududida shifo topish uchun davolanayotgan turli yoshdagi bolalar uchun tashkil qilingan mehrli maktabda alohida o‘quv rejasi ishlab chiqilgan bo‘lib, bu reja asosida 1- 11-sinflar hajmi doirasida umumiy o‘rta ta’lim berish ishlari yo‘lga qo‘yilgan. Bu sinflar uchun dars mashg‘ulotlarining davomiyligi mamlakatdagi barcha umumta’lim maktablaridagi kabi stabil emas.

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqola gospital pedagogika sohasiga oid manba va adabiyotlarni chuqur o‘rganish va tahlil qilish natijasida olingan bilimlar asosida “Mehrli maktab” va unda ta’lim oluvchi o‘quvchilar jamoasi haqida, jumladan, b…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqola gospital pedagogika sohasiga oid manba va adabiyotlarni chuqur o‘rganish va tahlil qilish natijasida olingan bilimlar asosida “Mehrli maktab” va unda ta’lim oluvchi o‘quvchilar jamoasi haqida, jumladan, b… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
kompensatsiya, gospitalizatsiya, gospital pedagogika, individual, differernsial, ijtimoiy himoya, davolash, korreksiya
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники