Наука и технология в современном миреМирзаева Ширин Нодировна, Тахиров Чингиз Аъзамович +22026
POLIANILIN POLIMERINING SORBSION XUSUSIYATLARINI O‘RGANISH
Shonazarova N.U. To‘xtayev F.S
Исследования в области технических наук в Узбекистане · 2024
Аннотация
Polianilin (PANI) – tarkibida amin saqlagan elektr o‘tkazuvchanlik xossasiga ega bo’lgan polimer bo‘lib, uning sorbsion xossalari o’rganish muhim ahamiyatga ega. Polianilinning sorbsion xususiyatlari uning yuqori reaktiv yuzasi, ion almashinish qobiliyati va kimyoviy barqarorligi bilan ajralib turadi. Ushbu materialning asosiy sorbsion mexanizmlari fizik va kimyoviy sorbsiya jarayonlariga asoslangan. Kalit so‘zlar. Polianilin, sorbsiya, metal ionlar, ion almashinish, organik moddalar, suv tozalash, adsorbent, kimyoviy barqarorlik, ekologik tozalik, atrof-muhitni muhofaza qilish. Kirish. Hozirgi kunda polimer-polimer komplekslari va amin guruh saqlagan polianilinning kompozitsiyalari juda istiqbolli sanaladi, chunki ularda mavjud reaksion qobiliyatga ega bo‘lgan amin guruhlar elektr tokini o‘tkazuvchanlik qobilyati bilan bir qator boshqa funksiyalarni ham namoyon qiladi. Bizlar olib brogan tadqiqot ham ayni shu yo‘nalishda bo‘lib, polianilinning boshqa o‘ziga xususiyatlarini aniqlashdan iborat bo‘ldi. Hozirgi vaqtda ifloslangan sanoat suvlarini tozalash, shuningdek chiqindi gazlarni zararsizlantirish muammosi muhim ekologik ahamiyatga ega. Oqava suvlar va chiqindi gazlarni utilizatsiya qilishning mavjud usullari va shartlari ular uchun belgilangan talablarni to‘liq qondirmaydi. Shu munosabat bilan ifloslangan suvlar va chiqindi gazlarni tozalash jarayonlarida tozalash komponenti sifatida funksional guruh saqlagan polimer materiallarni o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi. Funksional guruh saqlagan polimer sifatida polianilindan foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Sababi tarkibida reaksion qobiliyatga ega bo‘lgan amin guruhi mavjud. Polianilin polimerining reaksion sxemasini 1-sxemada ko‘rish mumkin. 1-sxema. Polianilin kompleksi Asosiy qism. Polimer-polimer kompozit materiallarning metall ionlari bo‘lgan eritmalar bilan o‘zaro ta’sir qilish jarayonlarini o‘rgandik. Tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, 27 ISSN (E): 2992-9148 SJIF 2024 = 5.333 ResearchBib Impact Factor: 9.576 / 2024 VOLUME-3, ISSUE-1 interpolimer gidrogel tozalangan suvli eritmaga botirilganda, metall ionlarining samarali sorbsiyasi uchlik interpolimer metall kompleksining hosil bo‘lishi bilan sodir bo‘ladi. Metall ionlarining gel-interpolimer materialiga chuqur so‘rilishi natijasida yanada sezilarli bo‘kish va gel-interpolimer materialining rangining xarakterli o‘zgarishi kuzatiladi. Bunda PANI ni poliakril kislotasi bilan modifikatsiya qilindi. Bunda 90 oC haroratda 2 soat vaqt davomida ekstraksiya qilindi. Polimerlar ekstraksiya qilingan PANIni PAK bilan 1:0,5; 1:0,6; 1:0,7; 1:0,8; 1:0,9; 1:1, 1:1,1 massa nisbatlarda amalga oshirildi, 60, 70, 80, 90, 100, 120 oC haroratlarda 12 soat davomida modifikatsiya qilindi. Olingan sorbentlar shartli ravishda PPK-1(1:0,5), PPK-2(1:0,6), PPK-3(1:0,7), PPK-4(1:0,8), PPK-5(1:0,9), PPK-6(1:1) va PPK-7(1:1,1) deb nomlandi. Modifikatsiya jarayoni 1-sxemada keltirilgan. 1-sxema. PANI ni PAK asosida PPK hosil bo‘lish mexanizmi Sintez qilingan PPKlarning 0,1 n NaOH eritmasi bo‘yicha statik almashinish sig‘imi (SAS) GOST 20255.1-89 bo‘yicha aniqlandi. Tadqiqot natijalari asosida PPK-4 polimer-polimer kompleksining statik almashinuv sig‘imi PPK-1, PPK-2, PPK-3, PPK-5, PPK-6, PPK-7 polimer-polimer komplekslariga nisbatan yuqori ekanligi ma’lum bo‘ldi. Buning sababini yuqori massa nisbatda PANI va PAK molekulalarida sorbsion xossaga ega bo‘lgan funksional guruhlarning ko‘payishi bilan bir qatorda makromolekula g‘ujanak holatda kelishi hosil bo‘lgan kompleksni makromolekulasi orasiga ionlarning yaxshi kirib bora olmaganligi bilan izohlash mumkin. Hosil bo’lgan sorbent namuna suvda sinovdan o’tkazildi, jarayon bo‘kish bilan sodir bo’ldi. Hosil bo’lgan modda polimer-polimer metall kompleksi hosilalari elektrokontraktiv hisoblanadi, bu esa sorbsiyalangan metallarni oson ajratib olish imkonini beradi. Bunday holda, tayyorlangan gel-interpolimer materiali asl hajmni egallaydi. Tozalangan gel interpolimer moddasi qayta ishlatilishi mumkin. Quritilgan materiallardan tayyorlangan mahsulotlar elastik bo‘lib, 500 marta cho‘zilishi mumkin, elektr o‘tkazuvchanligi esa mutanosib ravishda o‘zgaradi. Aniqlanishicha, eritmalarda oʻzaro bogʻlangan polikislotalar boʻlgan polimer-polimer materiallar polimer-metall- 28 ISSN (E): 2992-9148 SJIF 2024 = 5.333 ResearchBib Impact Factor: 9.576 / 2024 VOLUME-3, ISSUE-1 polimer birikmasini hosil qiladi va ogʻir radioaktiv va rangli asil metallar ionlarining intensiv sorbsiyasi sodir boʻladi. Polianilinning gidrogellar bilan polimer-polimer komplekslari sanoat suvlaridan og‘ir radioaktiv va rangli metallarni samarali sorbsiya qiladi va elektr o‘tkazuvchanlik xususiyatiga ega, bu esa sanoat suvlarini to‘liq qayta ishlashga imkon beradi. PANI kation va anionlarni samarali sorbsiya qilish qobiliyati, asosan, yuzaning protonlanishi va ion almashinish mexanizmlariga asoslangan. Polianilin metall ionlarini tozalashda yuqori samaradorlik ega polimer hisoblanadi. Bundan tashqari, polianilinning oksidlan
Доказательный фрагмент
«Polianilin (PANI) – tarkibida amin saqlagan elektr o‘tkazuvchanlik xossasiga ega bo’lgan polimer bo‘lib, uning sorbsion xossalari o’rganish muhim ahamiyatga ega.»
Образец извлечения
Демо-превьюPolianilin (PANI) – tarkibida amin saqlagan elektr o‘tkazuvchanlik xossasiga ega bo’lgan polimer bo‘lib, uning sorbsion xossalari o’rganish muhim ahamiyatga ega. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- atrof-muhitni muhofaza qilish, Polianilin, ion almashinish, organik moddalar, sorbsiya, suv tozalash, ekologik tozalik, metal ionlar, adsorbent, kimyoviy barqarorlik
Смежные источники
Магистерские диссертацииРахмонов Сардорбек Рахимжон ўғли2016
Научные статьиGaipova N2026
Каталог авторефератовЎРОҚОВ АСЛИДИН ХУШВАҚТОВИЧ, Содиқов Иброхим Салихович +22009