К содержанию
РецензированоEN2026

“LISON UT-TAYR” DOSTONIDAGI YETTI VODIY TAVSIFI

Hamrayeva Nargiza Hasan qizi · Boysoatov Muzaffar Bo'ri o'g'li

Современная наука и исследования · 2026

Аннотация

This article discusses the description of the seven valleys in the epic poem “Lison ut-tayr” by Hazrat Alisher Navoi. This epic poem is one of the masterpieces of Uzbek classical literature, in which mystical and philosophical ideas are expressed in a symbolic form. Keywords: Lison ut-tayr, seven valleys, Desire, Love, Enlightenment, Aspiration, Monotheism, Love, Poverty and Extinction, Sufism, Divine Truth, Spiritual Perfection, Spiritual Perfection. ОПИСАНИЕ СЕМИ ДОЛИН В ЭПОСЕ «ЛИСОН УТ-ТАИР» Аннотация. В данной статье рассматривается описание семи долин в эпической поэме Хазрата Алишера Навои «Лисон ут-таир». Этот эпос является одним из шедевров узбекской классической литературы, в котором в символической форме выражены мистические и философские идеи. Ключевые слова: Лисан ут-таир, семь долин, Желание, Любовь, Просветление, Поиск, Единобожие, Любовь, Нищета и Вымирание, Суфизм, божественная истина, духовное совершенство, духовное совершенство. “Lison ut-tayr” Alisher Navoiyning umrining so‘nggi pallasida, 1499-yilda yozilgan yirik irfoniy doston bo‘lib, dostonning yozilishi sababi haqidagi bobda berilishicha, bolaligida ustozi yosh Alisherga Qur’oni karim suralarini yodlatish barobarida zehni tez va tab’i ravon bo‘lishi uchun “Guliston”, “Bo‘ston”, “Mantiq ut-tayr” kabi kitoblarni ham o‘qitib turgan. Bularning orasida ayniqsa, “Mantiq ut-tayr” bo‘lajak shoirga qattiq ta’sir qilib, xayolchan va odamovi bo‘lib 1170 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1 qoladi. Ota-onasi bunda, xavotirga tushib, kitobni yashirib qo‘yishadi. Dostonni deyarli to‘liq yod bilgan Alisher endi sevimli kitobini ko‘nglida yashirincha takrorlab yurishga odatlanadi”1. Hazrat Navoiy “Lison ut-tayr” orqali turkiy tilning badiiy imkoniyatlarini yuksak darajada namoyon etib, tasavvufning murakkab g‘oyalarini keng ommaga tushunarli va ta’sirchan taqdim etilgan. Asarda har bir qahramon – qushning ramziy xarakteri va ularning Simurg‘ni izlash yo‘lidagi sayohati insonning ma’naviy kamolotga intilish jarayonini ifodalanadi. Ushbu doston faqat badiiy asar emas, balki falsafiy-fikriy meros sifatida ham ulkan ahamiyatga egadir. Har bir qush insonning ma’naviy fazilatlari yoki kamchiliklarini ifodalaydi, Yetti vodiy esa ma’naviy o‘sish bosqichlaridir. Bu ma’naviy o‘sish insonga xos bo‘lib, qushlar orqali ramziy ifoda etilgan. Insonga nasihat qilish uchun hayvon va qushlardan foydalanish sharq mumtoz adabiyotining muhim jihatlaridan biri hisoblanadi. Hudhud Simrug‘ni izlash yo‘lidagi qiyinchiliklari haqida qushlarga hikoyalar aytib beradi. Hudhud qushlarga haqiqiy manzilga yetish uchun Yetti vodiyni bosib o‘tish kerak ekanligini aytadi va bu vodiylarning har biri o‘ziga xos sinovlar va ruhiy poklanish bosqichlaridan iboratligini tushuntiradi. U Simurg‘ni izlash yo‘lidagi qiyinchiliklarni va har bir qushning o‘z nafsini yengishi zarurligini ta’kidlaydi. Safar boshlanishida qushlar o‘zlarining zaifliklari, qo‘rquvlari va dunyoviy bog‘liqliklari tufayli ikki o‘rtada qolishadi. Bulbul dunyoviy muhabbatga, go‘zallik va ohangga bog‘langan. Tovus jannatga qaytishni orzu qiladi, bu esa dunyoviy baxtni afzal ko‘rishni ifodalaydi. To‘tiqush abadiy hayot istagini ifodalaydi va o‘limdan qo‘rqadi. Boyqush boylikka va moddiy xazinalarga bog‘langan. Burgut balandlik va kuchni qadrlaydi, shon-sharafga mahkam bog‘langan. Hudhud bu bahonalarga qarshi falsafiy javoblar beradi va ularga dunyoviy istaklarning vaqtinchalik ekanligini, haqiqiy maqsad esa ilohiy haqiqatga yetishish ekanini tushuntiradi. Hudhud har bir qushga Yetti vodiy orqali o‘tish uchun ruhiy va aqliy kuch kerakligini tushuntiradi. Bu vodiylarga yetib borish va ulardan o‘tish uchun qushlar nafs, qo‘rquv va dunyoviy bog‘liqliklarni yengishi kerak bo‘ladi. Hudhudning gaplari ularni maqsad sari ruhlantiradi va Simurg‘ni izlashga bo‘lgan ishtiyoqni oshiradi. Shunday qilib, vodiylarga kirishdan avval qushlar o‘z hayotlarini va maqsadlarini qayta ko‘rib chiqadilar. Bu holat ularning haqiqiy izlanish uchun tayyorgarlik bosqichi bo‘lib, ma’naviy safarning boshlanishini belgilaydi. 1. Talab vodiysi-– qushlarning Simurg‘ vasliga talabgorligi bilan bog‘liq bo‘lib, Navoiy bu vodiyga shunday ta’rif beradi: 1 Alisher Navoiy. Lison ut-tayr. – Toshkent, 2019. – B. 171. 1171 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1 “Chun talab vodiysig‘a qo‘ysang qadam, Ollingg‘a har dam kelur yuz ming alam. Molu mulku har nedur solikka band, To‘rt takbiri fano urmoq baland. Ul yorug‘lug‘ shavq o‘tin tez aylagay, Kim talab raxshin sabukxez aylagay. Ajdahodin yetmagay ko‘nglungda ranj, O‘yla bo‘lmish bo‘lg‘ay ul mash’uf ganj”2. Talab vodiysi haqiqatni izlash yo‘lidagi birinchi bosqich bo‘lib, bu yo‘l azob va mashaqqatlar bilan to‘lib-toshgan edi. Bu vodiyni bosib o‘tuvchi solik dunyoviy orzu-havaslardan, mol-dunyodan, shuningdek, kufr va iymondan voz kechib, faqat haqiqatga intilish ishtiyoqi bilan yo‘lga chiqishi kerak bo‘ladi. Yo‘ldagi barcha qiyinchilik va to‘siqlarni ortda qoldirgan kishi ilohiy

Доказательный фрагмент

«This article discusses the description of the seven valleys in the epic poem “Lison ut-tayr” by Hazrat Alisher Navoi.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article discusses the description of the seven valleys in the epic poem “Lison ut-tayr” by Hazrat Alisher Navoi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Lison ut-tayr, seven valleys, Desire, Love, Enlightenment, Aspiration, Faqr va Fano, ruhiy kamolot, ma’naviy komillik., Tavhid, Ishq, tasavvuf, yetti vodiy, Talab, Istig‘no, Ma’rifat, ilohiy haqiqat, Hayrat
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники