Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
OZOD SHARAFIDDINOV MAQOLALARIDA ADABIYOT TALQINI
Jo‘raqulova Mashhura O‘rol qizi
Современная наука и исследования · 2026
Аннотация
This article discusses the views and articles of the literary critic, critic, hero of Uzbekistan Ozod Sharafiddinov on the influence of literature on human life. Keywords: fiction, spring water, homeland, love, nation, critic, happiness. ЛИТЕРАТУРНАЯ ИНТЕРПРЕТАЦИЯ В СТАТЬЯХ АЗОДА ШАРАФИДДИНОВА Аннотация. В данной статье рассматриваются взгляды и статьи литературоведа, критика, Героя Узбекистана Озода Шарафиддинова о влиянии литературы на жизнь человека. Ключевые слова: художественная литература, родниковая вода, родина, любовь, нация, критик, счастье. Adabiyot – inson kashf qilgan hamma mo‘jizlar, hamma buyuk ixtirolar ichida eng buyugi, eng ulug‘vori. U ajoyib buloq. Bu musaffo buloqdan to‘yib-to‘yib ichishga, ota- bobolarimiz, avlod-ajdodlarimiz bizga meros qoldirib ketgan asriy tashnalikni – ziyo, nur, fikr tashnaligini qondirishga shoshilinglar, odamlar!, degan edi Ozod Sharafiddinov. Qush parvoz uchun, inson baxt uchun dunyoga keladi. Inson haqiqiy baxtga erishmog‘i uchun mustahkam e’tiqod va boy bilimga ega bo‘lishi kerak. Buning uchun u adabiyotdan xabardor bo’lmog’i darkor. Adabiyot so‘zi arab tilidan olingan bo‘lib “adab” ya’ni odob degan ma’noni anglatadi. Adabiyotning inson hayotidagi o‘rni uni tarbiyalash bilan birga, ichki dunyosini boyitishga, ma’naviy e’tiqodlarini mustahkamlashga xizmat qiladi. Badiiy asarlar bilan doimiy muloqotda bo‘lgan kishi hayotning o‘nqir-cho‘nqir yo‘llarida qoqilmaydi, ruhiy olami boy bo‘lganligi tufayli har qanday vaziyatda to‘g‘ri yo‘lni topa oladi. Har tomonlama mukammal ishlangan badiiy adabiyot insonlarni ezgulikka ergashtiradi. 1121 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1 Taniqli adabiyotshunos, O‘zbekiston Qahramoni Ozod Sharafiddinov adabiyotdan go‘zallik izlagan, kezi kelganda adabiy asarlarni to‘g‘ri baholay olgan mohir munaqqid sifatida barchamizga tanish. Uning xalqimizga qoldirgan ma’naviy-ma’rifiy merosi o‘zining ko‘lam zalvori bilan kishini hayratga soladi. Ozod Sharafiddinov 1929-yil 1-martda Qo‘qon shahri yaqinidagi Ohunqaynar qishlog‘ida dunyoga kelgan. O‘rta Osiyo Davlat universiteti (hozirgi O‘zMU) filologiya fakultetini tamomlagach (1951), Moskva aspiranturasiga qabul qilingan va filologiya fanlari ilmiy darajasini olgan (1955). Munaqqid ayni shu yillarini “Aspirantura saboqlari” nomli maqolasida biografik tarzda ochiq-oydin bayon qiladi. Atoqli munaqqid adabiyotshunoslik maydoniga oʻtgan asrning elliginchi yillarida kirib kelgan. Bu haqida taniqli yozuvchi Abdulla Qahhorning ushbu soʻzlarini eslash o‘rinlidir: “Ozod Sharafiddinov adabiyot ilmiga, aniqroq qilib aytganda, adabiy tanqidchilikka yonib kirdi va hozirgacha mana shu fazilatni saqlab qoldi”1. Haqiqatan ham, Ozod Sharafiddinov umrining oxiriga qadar ushbu eʼtiqodida sobit turib adabiyotga, ijodga, haqiqatga sadoqat bilan xizmat qilgan. O’tgan asr adabiy muhitida o‘z shaxsiyati, mustahkam e’tiqodi va zamonaviy dunyoqarashi bilan butun jamiyatga na’muna bo’la oladigan ziyolilardandir. Talabalik yillaridanoq ilm-fanga qiziqqan, adabiyotni sevgan va jamoat ishlarida doimiy faolligi bilan qatnashgan. Poeziya muammolari bilan shug‘illangan Ozod Sharafiddinov o‘zbek adabiyotining holati haqida qator adabiy-tanqidiy maqolalar yozgan. Izlanishlari natijasida “Zamon. Qalb. Poeziya” dastlabki kitobi 1962-yilda e’lon qilingan. Shundan so‘ng “Iste’dod jilolari” (1976), “ Adabiy etyudlar” (1968), “Birinchi mo‘jiza” (1979), “Talant –xalq mulki” (1979), “Adabiyot –hayot darsligi” (1981), “Goʻzallik izlab” (1985), “Haqiqatga sadoqat” (1988), “Sardaftar sahifalari” (1999), “Prezident” (2003) singari asarlari ketma-ket chop etilgan. 1997-yildan to umrining oxirigacha “Jahon adabiyoti” jurnaliga boshchilik qilgan adabiyotshunos ijodining choʻqqisi “Ijodni anglash baxti“(2004) kitobi nashr qilingan. Unda oʻzbek adabiyoting jahon adabiy sahnasida tutgan oʻrni haqida mulohazalari keng bayon etilgan. Ozod Sharafiddinov butun hayotini ilm va adabiyotga bahshida etgan fidoiydir. Mustaqillik yillarida Ozod Sharafiddinov ham adabiy tanqidchi, ham tarjimon, ham jamoat arbobi sifatida ulkan ishlarni amalga oshirdi. “Choʻlpon” (1991), “Choʻlponni anglash” (1994) kitoblari, “E’tiqodimni nega oʻzgartirdim” (1997) asarlarida munaqqidning estetik prinsiplari aks etgan. Keyingi yillarda Ozod Sharafiddinov oʻzbek adiblari, madaniyat-sanʼat arboblari, olimlar haqida oʻnlab maqolalar yozgan. Tarjimonlik sohasiga ham qo‘l urib salmoqli ijod qilgan. 1 Ozod Sharafiddinov “Dovondagi o’ylar” Toshkent “Ma’naviyat” 2004. 1122 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1 U jahon adabiyotining koʻplab namoyandalari, jumladan, Tolstoyning “Iqrornoma”, A.Sevelaning “To‘xtating samolyotni, tushib qolaman”, P.Koeloning “Alkimyogar” asarlarini mahorat bilan o‘zbek tiliga tarjima qilgan. “Adabiyot – hayot darsligi”, “Adabiyotki bor – odamlar uchun”, “Adabiy tanqid va tafakkur”, “Adabiyot andozalarga sig‘maydi”, “Adabiyot yashasa – millat yashaydi” maqolalari orqali adabiyotning inson hayotidagi o‘rni, ta’sir k
Доказательный фрагмент
«This article discusses the views and articles of the literary critic, critic, hero of Uzbekistan Ozod Sharafiddinov on the influence of literature on human life.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article discusses the views and articles of the literary critic, critic, hero of Uzbekistan Ozod Sharafiddinov on the influence of literature on human life. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- fiction, spring water, homeland, love, nation, critic, happiness, badiiy adabiyot, muhabbat, buloq suvi, millat, munaqqid, vatan, baxt.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Выпускные квалификационные работыUtegenova Gúlbaxar2015
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026