Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
“MUHOKAMAT UL-LUG‘ATAYN” ASARI VA KOMPRATIVISTIKA HODISASI
Xo‘jamberdiyeva Manzura
Современная наука и исследования · 2026
Аннотация
In this article, the founder of literary language Alisher Navoi's views on linguistics, our thoughts on the work "Muhokamat ul-lughatayn" and the phenomenon of comprativistics, its definition, the first time this phenomenon was covered in the work "Muhokamat ul-lughatayn" z was conducted. Key words: "Muhokamat ul-lughatayn", Turkish, sart (Perso-Tajik), lacuna, comprativistics, gap, cultural gap, lacunar unity, gender difference, linguistics. Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy bundan besh asr oldin tillarning o‘zaro chog‘ishtirma tadqiqiga asoslangan “Muhokamat-ul-lug‘atayn” (“Ikki til muhokamasi”) monografiyasi bilan dunyo tilshunosligida mutlaqo yangi ilmiy yo‘nalish – komprativistikaga asos solgan edi. Alloma ushbu asari orqali chog‘ishtirma tilshunoslikning tadqiq yo‘llari, tahlil usullari, metodologik bazasini ishlab chiqdi. Hozirga qadar ham zamonaviy tilshunoslikda ushbu ilmiy manbaning o‘rni, tahlil va tadqiq usullari katta ahamiyat kasb etadi. 1106 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1 Lingvistika tarixida Alisher Navoiy boshlab bergan yangi ilmiy yo‘nalishga asoslangan komprativistik tadqiqotlar Yevropada XIX asrning birinchi yarmiga kelibgina yaratila boshladi va bu tilshunoslik tarixida qiyosiy-tarixiy tilshunoslik nomi bilan o‘rin egalladi. Hozirgi kunda bu yo‘nalish zamonaviy tilshunoslikning yirik sohalaridan biriga aylangan. «Muhokamat ul-lug’atayn» — «Ikki til muhokamasi» deb nomlangan bu asar 905 hijriy yilning jumodiyul avval oyi- 1499 melodiy yilning dekabr oyi oxirlarida chorshanba kuni yozib tugatilgan: Bu nomaki, yozdi qalamim tortib til, Tarixin aning jumodiyul-avval bil. Kunnung raqamini chorshanba qilg’il, To’qqiz yuz yildin o’tub erdi besh yil. (MAT, 20 tomlik, 16-tom, 40-bet) «Muhokamat ul-lug’atayn» da turkiy-o’zbek va fors-tojik tillarini qiyosiy o’rganish vositasida turkiy-o’zbek tilining Sharqda mashhur bo’lgan arab va fors-tojik tillari darajasidagi mavqeidan so’z yuritiladi hamda ulardan, xususan fors-tojik tilidan farq qiluvchi xususiyatlari turli xildagi ko’pgina misollar, jumladan «yuz lafz» (yuzta so’z)ni keltirib, talqin qilish bilan isbotlanadi. Bu ma’no Alisher Navoiyning quyidagicha yozganlarida ham o’z ifodasini topgan. «Turkiy va sort lug’ati kayfiyati va haqiqati sharhida bu risolani jam’ qilib bitidim va anga «Muhokamat ul-lug’atayn» ot qo’ydum, to turk eli tili fasohatu diqqati va balog’atu vus’ati… zohir qildim. Va xayolimg’a mundoq kelurkim, turk ulusi fasihlariga ulug’ haq sobit qildimki, o’z alfoz va iboratlari haqiqati va o’z til va lug’atlari kayfiyatidin voqif bo’ldilar». (MAT, 20 tomlik, 16- tom, 40-bet). Hazrat Navoiy ilmiy tafakkurining gultojisi hisoblangan ushbu tadqiqot o‘zbek fani tarixida ham tengsiz maqomga ega. Ushbu asar bizgacha yetib kelgan ilmiy ishlar orasida o‘zbek tilida yaratilgan birinchi sof lingvistik ilmiy-tadqiqot hisoblanadi. Kezi kelganda aytish kerakki, Nizomiddin Mir Alisher Navoiyga qadar turkiy tillar tadqiqiga bag‘ishlangan o‘nlab ilmiy asarlar yaratilgan. Biroq ular arab tilida yozilgan va ularning aksariyati o‘quv qo‘llanma xususiyatiga ega bo‘lgan. Navoiy “Muhokamatu-l-lug‘atayn” (“Ikki til muhokamasi”) asari bilan o‘zbek lafzida tilshunoslik bo‘yicha ilmiy ish yaratish uslubini, yozma ilmiy bayon texnikasini yaratib berish bilan birga, uning ilmiy atamashunosligini ham ishlab chiqdi. Shu jihatlari bilan bu asar o‘zbek va jahon fani uchun g‘oyat qadrli fundamental tadqiqotdir. Navoiy o‘z asarida komprativistikaning tayanch usullarini ixtiro etgan. Chunonchi, u tillarning qanday birliklari va qatlamlari solishtirilsa, asosli ilmiy natijalarga erishish mumkinligini ham ko‘rsatgan. 1107 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1 Ana shu maqsadda Navoiy o‘zbek tilining so‘z boyligini ko‘rsatish orqali forsiyda muqobili bo‘lmagan yuzta fe’lni keltiradi. Asarning Toshkent nashrida ushbu fe’llar to‘qson to‘qqizta. To‘pqopi va Parij nusxalarida fe’llarning soni to‘qson to‘qqiz, Fotih va Budapesht nusxalarida yuzta. Ushbu ikki nusxada boshqa qo‘lyozmada tushib qolgan yuzinchi fe’l ham bor. U “chimdilamoq” fe’li bo‘lib, ketma-ketlikda “qichig‘lamaq” so‘zidan keyin keladi. Asar nusxasini ko‘chirayotgan kotib aynan shu so‘zni tasodifan tushirib qoldirgan. Toshkent nashrida ushbu fe’l uchramasligining sababi ham shunda, nashr uchun Parij qo‘lyozmasi asos bo‘lgan, degan xulosaga keladi turkolog Q.Sodiqov. Nusxalarda nafaqat bunday holatlar, balki ba’zi o‘rinlarda jumlalarning tuzilishida ham farqli jihatlar bor. Masalan, To‘pqopi va Parij qo‘lyozmalaridagi ayrim jumlalar Fotih qo‘lyozmasida tahrir qilingan yoki avvalgi ikki qo‘lyozmada uchramaydigan jumlalar Fotih qo‘lyozmasida to‘ldirilgan. Bir-ikkitasini ko‘chirish chog‘ida tushirib qoldirilgan, deyish mumkindir, lekin orada muhim ma’lumotlar ham kiritilgan bo‘lib, ular til va uslub jihatidan Navoiyning jumlalari, bularni asarga muallifdan boshqa kishi kiritishi imkonsizdir. Shuni eslatish joizki, Alisher Navoiy turkiy tilning fazilatlari haqida so’z y
Доказательный фрагмент
«In this article, the founder of literary language Alisher Navoi's views on linguistics, our thoughts on the work "Muhokamat ul-lughatayn" and the phenomenon of comprativistics, its definition, the first time this phen…»
Образец извлечения
Демо-превьюIn this article, the founder of literary language Alisher Navoi's views on linguistics, our thoughts on the work "Muhokamat ul-lughatayn" and the phenomenon of comprativistics, its definition, the first time this phen… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- "Muhokamat ul-lughatayn", Turkish, sart (Perso-Tajik), lacuna, tilshunoslik., “Muhokamat ul-lug‘atayn”, turkiy, gender farq, sart (fors-tojik), lakunar birlik, komprativistika, madaniy bo‘shliq, lakuna, bo‘shliq
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026