Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Ulug‘bek Hamdam “Bir piyola suv” hikoyasi struktur poetikasi
UZBEKISTAN” JURNALI · Mutallibxo‘jayeva Salomatxon Mutalibxon qizi
Журнал научно-инновационных исследований в Узбекистане · 3 · 21-36 · 2025
Аннотация
This article discusses the issue of structuralism in Uzbek and world literary studies, the features of structural analysis. Also, the symbols and their meanings in the story "Bir Pyola Suv" by the writer U. Hamdam, the structural analysis of the story, and the artist's skills are discussed. Keywords: Structuralism, poetics, sema, method, symbol, story, modern, mysticism Strukturalizm XX asrda adabiyotshunoslikda muhim metodologik yondashuv sifatida shakllandi. U matnni o‘z ichidagi tuzilma va elementlar o‘rtasidagi munosabatlar orqali tahlil qilishga urg‘u beradi. Jahon adabiyotshunosligida bu usul Fransiyada rivojlanib, Roland Bart, Klod Levi-Stross kabi olimlar tomonidan keng qo‘llanilgan. Ular matnni alohida bir tizim sifatida ko‘rib, uning ichki strukturasini o‘rganishga intildilar. O‘zbek adabiyotshunosligida strukturalizmga qiziqish XXI asr boshlarida paydo bo‘ldi. Bu davrda badiiy matnni struktur-semiotik tahlil qilishga oid dastlabki ilmiy izlanishlar amalga oshirildi. Masalan, M. Farmonovaning "Badiiy matnning o‘ziga xosligi (strukturalistik talqinda)" 1 nomli maqolasida o‘zbek 1 https://cyberleninka.ru/article/n/badiiy-matnning-o-ziga-xosligi-strukturalistik-talqinda 455 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 3, ISSUE 01, 2025. YANUARY ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 adabiyotshunosligida strukturalizm va struktural tahlil borasidagi ilk ilmiy izlanishlar 2000-yillar boshlariga to‘g‘ri kelishi ta’kidlanadi. Shu o‘rinda so‘nggi yillarda o‘zbek adabiyotshunosligida va ilmiy, nazariy tadqiqotlarda “struktura”, “struktural tahlil”, kabi badiiy asarni o‘zgacha tadqiq manbayi sifatida baholovchi tushunchalar ham sezilarli darajada oshgaligini inobatga olish lozim. Bu tadqiqotlarda badiiy asarga yangicha yondashish yo‘llari, qadimgi Sharq ilmida matn va badiiy matnga munosabat xillari, strukturalizm yo‘nalishi va struktural tahlil usuli kabi masalalar ko‘rib chiqilgan. Umuman olganda strukturalizm jahon adabiyotshunosligida muhim o‘rin tutgan bo‘lib, o‘zbek adabiyotshunosligida ham bu metod o‘rganilishda davom etmoqda. Ulug‘bek Hamdam ijodiga azar tashlar ekanmiz, yozuvchi adabi-estetik qarashlarining muayyan yo‘nalishini adabiyot haqidagi, badiiy tafakkurdagi yangilanish jarayonlari, adabiyotdagi yo‘nalish va oqimlar, umumbashariy g‘oyalar va milliy qadriyatlar haqidagi qarashlar tashkil etishining guvohi bo‘lamiz. Ulug‘bek Hamdam badiiy tafakkurdagi yangilanishlar jarayonini mavjud ijtimoiy jarayondagi dunyoqarashlar majmui, ijtimoiy va ma’naviy hayotdagi o‘zgarishlar bilan bog‘lab talqin qiladi. Ulug‘bek Hamdam ijodiga boshqalardan farq qiluvchi shakl izlash, ifodada takrorlamaslikka intilish, ramz va poetik topilmalarga (masalan, tush, xayol, yo‘l, tabiat unsurlari: yomg‘ir, daraxt, tosh, suv vahok. ) ongli ravishda intilish xos. Shu nuqtai nazardan olib qaralganda, yozuvchi ilgari surayotgan adabiy-estetik qarashlar, asar haqidagi bilimlari uning o‘zi yaratgan badiiy asarida u yoki bu tarzda tatbiq etilganini kuzatish mumkin. Bu jihatlarni biz yozuvchining “Bir piyola suv” hikoyasi misolida ham yaqqol ko‘rishimiz mumkin. “Bir piyola suv” hikoyasida hayot va o‘lim, tiriklikning mohiyati, odamning olamdagi vazifasi kabi falsafiy g‘oyalar tasavvufiy (timsollar ruhida) zuhr etgan. Hikoya noan’anaviy usulda yozilgan2. Asar voqeasi qahramon tilidan bayon etiladi. Qahramonga yuklatilgan vazifa va uni amalga oshirishdagi sa’y harakatlar, o‘y- kechinma, afsus-nadomat, ruhiy jarayonlar muallif ishtirokisiz - epifaniya asosida 2 Murodova, R. I. (2022). NON-STANDARD TESTS IN MOTHER TONGUE EDUCATION AND IMPROVEMENT OF METHODOLOGY OF THEIR USE. GALAXY INTERNATIONAL INTERDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL (GIIRJ), 10(5), 21-36. 456 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 3, ISSUE 01, 2025. YANUARY ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 ifodalangan. Adib hikoya qahramoniga nom ham bermaydi. Boisi, hikoyaning mohiyatida umuman insonga xos holatni ifodalashni niyat qilgan. Yozuvchining uslubiy o‘ziga xosligi ushbu hikoyada yorqin namoyon bo‘lgan. Bunda mumtoz va modern adabiyotga xos ifoda yo‘sini uyg‘unlashtirilgan. Asarda ilgari surilgan g‘oya - insoniyatning azaliy va abadiy dushmani hisoblangan nafs balosidir. Lazzati nafs tarki samari ofiyat berur, Lekul shajarni ekkali farzonaliz kerak”. deb yozgan edi Jaloliddin Rumiy bir g‘azalida. Ulug‘bek Hamdam shu g‘oyani nasrda berishga urinadi. Darhaqiqat, nafs lazzatbaxshday tuyulsa-da, uning natijasi ofat keltiradi, badnafslikni yengish uchun pok qalbli, fozil- farzona bo‘lmoq kerak. Vujudiga bir lahzalik rohat bag‘ishlab, butun umrini badnafslik botqog‘idan chiqishga sarflagan inson tahlilimizdagi hikoyaning bosh qahramoni. Yozuvchi asar mohiyatini tasavvufiy timsollar qatiga berkitgan. Hikoyaning nomida ham katta ma’no jamlangan. “Bir piyola suv”. Suvning tasavvufiy istilohi, umuman, badiiy ramz sifatidagi ma’nosi - tiriklik. Suvning bir piyolaligi esa insonga bir bora berilgan
Доказательный фрагмент
«This article discusses the issue of structuralism in Uzbek and world literary studies, the features of structural analysis.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article discusses the issue of structuralism in Uzbek and world literary studies, the features of structural analysis. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Structuralism, poetics, sema, method, symbol, story, modern, tasavvuf, hikoya, metod, ramz, Strukturalizm, poetika
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026