Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Adabiyot fanida “Savol qani?”, “Teskari alifbo” metodlarini qo‘llashning afzalliklari
UZBEKISTAN” JURNALI · Matkurbanova Dilfuza
Журнал научно-инновационных исследований в Узбекистане · 3 · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada adabiyot fanida “Savol qani?”, “Teskari alifbo” kabi metodlarni qo‘llashning afzalliklari aytib o‘tilgan. Ayniqsa, o‘quvchilarni fanga qiziqtirishning har xil yo‘llari ko‘rsatib berilgan hamda rag‘batlantirish usullari haqida gap boradi. Kalit so‘zlar: adabiyot fani, “Savol qani?”, “Teskari alifbo” metodlari, rag‘batlantirish usullari, “Eng chaqqon o‘quvchi”, “Eng zukko o‘quvchi”, “Eng bilimdon o‘quvchi” kabi kartochkalar. Adabiyot fanini o‘qitishda har xil usullardan unumli foydalanish zarur. Ayniqsa, 5-sinf o‘quvchilariga turli xil metodlarni qo‘llash kerak. Chunki yosh qalblarning ko‘ngliga adabiyotni oshno qilish ham biz o‘qituvchilarning burch va vazifasidir. O‘quvchilarni 5-sinf paytidan adabiyotga qiziqtirsak, nur ustiga a’lo nurdir. Ular fanni sevib o‘qisa, topshiriqlarni to‘liq ado etsa, shundagina biz darsda oldimizga qo‘ygan maqsadimizga erishgan bo‘lamiz. Buning uchun esa o‘qituvchi pedagogik mahoratga ega bo‘lishi, o‘quvchilarni faniga qiziqtira olishi lozim. Bunda turli xil metodlarni qo‘llash maqsadga muvofiqdir. Shunday metodlardan biri “Savol qani?” metodidir. Ushbu metod o‘quvchilarni zukkolikka chorlab, ularning fikrlash qobiliyatini o‘stiradi. Javob tayyor bo‘lgach, savol tuzish ular uchun oson tuyuladi, lekin savollarni har kim har xil har tuzishi mumkin. Savol tuzish ham o‘quvchining bilim doirasidan, fikrlash qobiliyatidan kelib chiqadi. Ushbu metodni qo‘llaganda darsda faol bo‘lmagan o‘quvchi ham faol qatnashadi. Sababi o‘qituvchi tomonidan “Qani kim tez savol tuzadi?”, “Kim birinchi bo‘lib javoblarga savol topadi?” kabi jumlalar aytiladi. Yoki hammaga birdek topshiriq beriladi. Ya’ni javoblar yozilgan tarqatmalar tarqatiladi. Hamma o‘quvchilar tezda topshiriqlarni bajarishadi. Bu usulning yana bir jihati shundaki, aynan dars boshida, “Yangi mavzu bayoni” qismida qo‘llanadi. O‘quvchi ham yangi mavzuni o‘zlashtiradi, ham topshiriq bajaradi va shunga yarasha rag‘batlantiriladi. Bu usul orqali o‘quvchilarning fanga qiziqishi ortib boradi. Rag‘batlantirish uchun har xil kartochkalar berishimiz mumkin. Masalan, eng birinchi va tez bajarib bo‘lgan o‘quvchilarga “Eng chaqqon o‘quvchi”, “Eng zukko o‘quvchi”, “Eng bilimdon o‘quvchi” kabi kartochkalarni berish mumkin. Bu narsa o‘quvchilarda ko‘tarinki kayfiyatni yuzaga keltiradi. Yana 462 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 3, ISSUE 01, 2025. YANUARY ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 bu usulning ahamiyatli tomoni shundaki, sinfni guruhlarga bo‘lib va bo‘lmasdan har biriga alohida bajartirib ham qo‘llash mumkin. Guruhlarga bo‘lganda ham o‘quvchilar jamoasi uchun tez harakat qilishadi. Alohida qo‘llashning ham har xil usulidan foydalanish mumkin. Masalan, “Tez yurar” o‘yinini o‘tkazamiz deb, birinchi qatordagi barcha o‘quvchilar o‘rnidan turg‘iziladi. Men javob aytaman, sizlar savol tuzasizlar, topshiriqni bajargan joyiga o‘tiradi, bajara olmagan o‘quvchi turgan holatda qoladi, deb har bir o‘quvchiga bittadan javob aytiladi. Keyin ikkinchi va uchinchi qatordagilarga ham xuddi shu tarzda davom ettiriladi. Buning natijasida, o‘quvchilarning ham eshitish, ham og‘zaki nutq ko‘nikmasi shakllanadi, ham darsni to‘liq o‘zlashtiradi. Buni yana boshqacha tarzda qo‘llashimiz mumkin. Ya’ni har bir o‘quvchiga javoblar yozilgan tarqatma tarqatilib, yozma tarzda bajarish uqtiriladi. Bu usul orqali o‘quvchining yozma nutqi ham rivojlanadi. Har bir to‘g‘ri bajarilgan topshiriqqa 1 balldan qo‘yiladi. Guruhlarga bo‘lingan bo‘lsa, har bir guruhning umumiy to‘plagan ballari aytiladi va qaysi guruh g‘olib bo‘lsa, shu guruhga rag‘bat kartochkalari beriladi. Agar alohida berilgan bo‘lsa, har bir o‘quvchiniki alohida baholanadi, to‘liq va to‘g‘ri bajarganiga qarab, ball beriladi va rag‘batlantiriladi. Bu usulning yaxshi tomoni shuki, o‘qimaydigan o‘quvchini harakatga keltiradi. Savol tuzish uchun esa, albatta, javoblarni o‘qish muhimdir. Shuning uchun ham bu juda samarali metoddir. Javobni o‘qish kitobni, mavzuni o‘qishdir. Sababi javoblar aynan darslikdan olingan. Bu metodda bemalol darslikdan tashqari ma’lumot ham berishingiz mumkin, lekin vaqtni ham rejalashtirish kerak. Ushbu metodni 5-sinf adabiyot darsligida berilgan Bobur. Ruboiylar (1-3-ruboiylar: “Yod etmas emish..”, “Tole yo‘qi…”, “Ko‘pdin berikim…”) mavzusi bo‘yicha quyidagicha qo‘llash mumkin. “Savol qani?” metodi t/r Javoblar Savollar 1 Zahiriddin Muhammad Bobur 1483- yil 14-fevralda Andijonda tug‘ilgan. 2 Bobur 12 yoshida podshoh bo‘lgan. 3 U yoshligidan shijoatliligi va dovyurakligi sabab “Bobur” (yo‘lbars) laqabini olgan. 4 Saltanat uchun kurashlar natijasida yosh Bobur vatanini tark etishga majbur bo‘ladi. 5 U Hindistonda Boburiylar saltanatiga asos soladi. 463 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 3, ISSUE 01, 2025. YANUARY ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 6 Boburning devonlaridan tashqari “Boburnoma” asari ham juda mashhur va qimmatli manba bo‘lib, dunyoning ko‘plab tillariga tarjima
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada adabiyot fanida “Savol qani?”, “Teskari alifbo” kabi metodlarni qo‘llashning afzalliklari aytib o‘tilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada adabiyot fanida “Savol qani?”, “Teskari alifbo” kabi metodlarni qo‘llashning afzalliklari aytib o‘tilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- “Eng bilimdon o‘quvchi” kabi kartochkalar., adabiyot fani, Eng zukko o‘quvchi”, “Savol qani, “Teskari alifbo” metodlari, rag‘batlantirish usullari, “Eng chaqqon o‘quvchi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
МонографииK.J.Murodov2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025