Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
NEYROLINGVISTIKANING FAN SIFATIDA SHAKLLANISHI HAMDA O‘RGANILISHI
UZBEKISTAN” JURNALI · HAMDA O‘RGANILISHI · Komilova Shaydoxon Shuhrat qizi
Журнал научно-инновационных исследований в Узбекистане · 3 · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada neyrolingvistika sohasining shakllanishi, uning asosiy vazifalari, o‘rganilish tarixi, nutqning paydo bo‘lishida neyronlarning muhim roli va lingvistika bilan nevrologiyaning o‘zaro aloqasi chuqur tahlil qilingan. Neyrolingvistikaning rivojlanish jarayonida ilmiy izlanishlar, uning amaliy qo‘llanilishi va bu sohaning zamonaviy fanlar bilan bog‘liqligi ko‘rib chiqilgan. Ishda, shuningdek, nutq faoliyatining neyron asoslari va tilning miya jarayonlariga qanday ta’sir ko‘rsatishi ham yoritilgan. Kalit so‘zlar: nevrologiya, neyron, miya yarimshari, afaziya, nutq, NLP. Bugungi zamonaviy antropasnetrik tilshunoslikning diqqat markazida lingvistik kommunikatsiya, nutqiy faoliyat subyekti, ya’ni shaxs tushunchasi turibdi. Ana shunday yo‘nalishlardan biri neyrolingvistika sohasidir. Neyrolingvistika bevosita nevrologiya, lingvistika va psixologiya fanlari kesishuvida yuzaga kelgan tilshunoslikning fan tarmog‘i sifatida, miyada tilning aks etishi, hosil bo‘lish jarayonlari, neyronlarning nutq organlariga ta’sir doirasi, insonning ongli faoliyatida tilning ifodalanishi kabi bir qator tushunchalarni o‘z ichiga oladi. Inson miyasidagi nerv hujayralari ya’ni neyronlar murakkab xarakterli bo‘lib, asab sistemasining tilni, nutq birliklarini yuzaga chiqarishdagi o‘rni bugun kunning eng dolzarb masalalaridan biri sifatida talqin qilinmoq. Neyrolingvistika maxsus yo‘nalish sifatida o‘tgan asrning 40-yillarida yuzaga chiqa boshladi. Bu oqimning yuzaga chiqishida E.K.Trager, A.Xeker, A.A.Leontyev, A.R.Luriya, E.S.Beyn, R.M.Boskis, O.S.Vinogradova, N.A.Eysler singari bir qator olimlarning tadqiqotlari asos bo‘ldi. Jahon tilshunosligida neyrolingvistikaga oid ilk manba muallifi Luriyadir. Olim o‘zining “Neyrolingvistikaning asosiy muammolari” asarida bu soha va uning o‘rganish obyekti, kuzatuvi, o‘z ichiga oladigan masalalari haqida dastlabki qarashlarni bayon etdi [3]. 1974-yildan Garri Uitker tomonidan “Brain and language” jurnaliga asos 433 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 3, ISSUE 01, 2025. YANUARY ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 solinishi neyrolingvistikaning ommalashishiga, keng jamoatchilining diqqat markazida bo‘lishiga xizmat qildi. Fanning obyekti sifatida miyaning nutqiy va fikriy qobiliyati, xotira va hissiyotlarning neyronlardagi ko‘rinishi, turli hayotiy vaziyat, yosh doirasidagi o‘zgarishlarning miyya orqali til uslubiga, moddiy ifodalanishiga ta’sirini o‘rganishdan iborat. Neyrolingvistika fanining muammolari bevosita inson bosh miyya faoliyati bilan bog‘liq jarayonligi sabab, doimiy o‘zgarishda, rivojlanishda bo‘lib, uning paradigmasi, qoidalari va mazmuni qat’iy emas. Shunday bo‘lishiga qaramasdan, neyrolingvistika bosh miyadagi buzilishlar, shikastlanishlar va boshqa turli oqibatlarga ko‘ra nutq faoliyatiga putur yetgan vaziyatlarni o‘nglashni o‘z oldiga maqsad qilib olgan. Miyadagi nutq hosil bo‘lish o‘rniga zarar yetishi oqibatida, nutqiy faoliyatda turli kemtikliklar, fikrlarni to‘g‘ri, izchil va ravon yetkazib berishda to‘siqlarning yuzaga chiqishi va ularni davolash xususida Ibn Sino va Beruniy asarlarida ma’lumotlarni kuzatishimiz mumkin. Neyrolingvistika psixolingvistika bilan doimiy aloqada hisoblanib ba’zan bu ikki yo‘nalish obyektlari bir-biri bilan aralashib ketadi. Biroq “Psixolingvistika buni insondagi psixologik jarayonlar bilan bog‘lab tushuntirishga harakat qiladi. Neyrolingvistika esa miya strukturalari va funksiyalari bilan bog‘lab o‘rganadi”, - deya ta’kidlaydi olima Iroda Azimova. Boshqacharoq aytganimizda, psixolingvistika ma’lum tashqi vaziyat yuzasidan insondagi emotsiyaga, ichki ruhiy holatga asoslanib faoliyat olib borsa, neyrolingvistika inson miyasidagi tuzilishga va neyronlarning faollik darajasiga bog‘liq holda tilni tadqiq etadi. Tadqiqotlar natijasiga ko‘ra inson miyasi ikkitaga ajratiladi, ya’ni miya va miyacha. Miyacha-tana harakatlariga javobgardir. Miya o‘ng va chap yarimshar miyaga ajralgan holda tadqiq etilib, chap yarimshar miya tillik miya deb yuritiladi[1]. U nutq markazi, so‘z bilan bog‘liq tafakkur jarayonlarini bajarib boradi. O‘ng yarimsharmiya esa borliqni so‘zsiz,idrok qilish, talqin qilish vazifasini o‘tab, bunda asosiy bilish ko‘z orqali amalga oshiriladi. 1836-yili Fransiyaning kichik shahridagi shifokorlar yig‘inida oddiy vrach Mark Daks so‘zga chiqadi va o‘z tadqiqotlarida aniqlagan xulosalarni bayon qiladi. Uning ma’ruzasida quyidagicha fikrlar ta’kidlangandi: “Men bosh miyaning chap yarimshari zararlangan bemorlarning barchasida nutq buzilishlarini kuzatdim. Ammo o‘ng yarimshari shikastlangan bemorlarning birortasida ham nutq buzilishi uchramadi. Demak, aynan bosh miyaning chap yarimshari nutq uchun mas’ul, ya’ni 434 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 3, ISSUE 01, 2025. YANUARY ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 u yerda nutq markazi joylashgan”. Bu nazariyagacha nutq uchun bosh miyaning ikkala yarimshari ham javob beradi, deb faraz qil
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada neyrolingvistika sohasining shakllanishi, uning asosiy vazifalari, o‘rganilish tarixi, nutqning paydo bo‘lishida neyronlarning muhim roli va lingvistika bilan nevrologiyaning o‘zaro aloqasi chuqur tahli…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada neyrolingvistika sohasining shakllanishi, uning asosiy vazifalari, o‘rganilish tarixi, nutqning paydo bo‘lishida neyronlarning muhim roli va lingvistika bilan nevrologiyaning o‘zaro aloqasi chuqur tahli… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- miya yarimshari, NLP, afaziya, nevrologiya, nutq, neyron
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026