Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Koson tumani yer - suv resurslari va ulardan oqilona foydalanish masalalari
UZBEKISTAN” JURNALI · Hasanov Furqat Shoniyoz o’g’li
Журнал научно-инновационных исследований в Узбекистане · 3 · 2025
Аннотация
Bu maqola Koson tumani hududi va uning geologik tuzilishi, relyefi , tuman iqlimi va suvlari, tuproq, o’simlik, hayvonot dunyosiga qisqacha tarif berilgan . Tuman hududiga tasir etuvchi havo massalari va uning tuman iqlimining va suvlarini shakillanishiga ta’siri o’rganilib chiqilgan. Hududda tarqalgan tuproq turlari va ularning xususiyati va tuman xo’jaligiga ta’sirini o’rganib chiqish va tuman o’simlik va hayvonot olamini mintaqalar bo’yicha tarqalishi haqida ma’lumotlar yoritilgan. Kalit so’zlar: to’rtlamchi davr, eroziya, atmosfera sirkulyatsiyasi, kanal, tomchilatib sug’orish, namlik yetishmasligi, avtomorf, lyoss va lyossimon, efemer va efemeroid, sut emizuvchilar. Obyekt: Tuman tabiiy sharoiti va resursi Predmet: Koson tumani yer-suv resurslari Kirish: Koson tumani Qashqadaryo viloyatining g’arbiy qismida joylashgan bo’lib,shimoldan Samarqand viloyati,g’arbda Muborak tumani,janubi- sharqda Kaspi tumani, janubi - sharqda esa Qarshi tumani bilan chegaralangan. Koson tumanining zamini tо‘rtlamchi davrning turli geografik asrlarida vujudga kelgan daryo yotqiziqlari, shamol faoliyati natijasida tuzilgan qum va giltoshlar bilan qoplangan. 10-15 metr qalinlikdagi bu qoplam tagida paleogen, bо‘r va yura davrlariga mansub dengiz giltoshlari va qumtoshlarning qatlamlari joylashgan. qizil, kо‘k va jigarrangdagi giltoshlar tagida о‘rtacha 800-1000 metr chuqurlikda yura davri marjonli ohaktoshlari, shuningdek ayrim joylarda gips, angidrit, tosh tuz qatlamlaridan iborat yotqiziqlar joylashgan. Xususan, gorizontal qatlamlarni tashkil etuvchi bu jinslarning majmualari Qо‘ng‘irtog‘, Kosontog‘, Maymanoqtog‘ kabi tektonik tuzilmalarning yer yuzasiga yorib chiqqan burmalarida kо‘rinadi. Qarshi chо‘lining ayrim maydonlarida tо‘lqinsimon relyef bо‘lishining sababi ham shundadir. Bu tog‘ burmali tuzilmalar zamini asosan yura, bur va paleogen dengiz qoldiqlaridan iborat. 359 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 3, ISSUE 01, 2025. YANUARY ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 Ma’lumki, yer yuzasining hozirgi qiyofasi geologik taraqqiyot bosqichlari bilan chambarchas bog‘liqdir. Ana shu bog‘liqlikni hamda hozirgi relyef hosil qiluvchi jarayonlarning xususiyatlarini e’tiborga olgan holda Koson tumani hududi tekislik relyef mintaqasida joylashgan. Tekislikning katta qismini lyossli jinslar qoplagan maydonlar tashkil etadi. Ayni paytda deyarli batamom о‘zlashtirilgan sug‘orma dehqonchilik massivlari viloyat markazidan janubi-g‘arb hamda shimoli-g‘arbda yastanib yotibdi. Qashqadaryo о‘zaniga tutash joylarda ariqlar va zovurlar yaqinidagi maydonlarda eroziya tufayli shaxobchali eroziya, shо‘rlanish, botqoqlanish, shamol eroziyasi kabi nomaqbul jarayonlar paydo bо‘lishi kuzatilmoqda. Tekislik relyefida inson tomonidan qadimda barpo etilgan tepaliklarning tez-tez uchrashi ham relyefning muhim belgilaridandir. Tekislik kо‘pgina hollarda katta-katta maydonlar kuchli shо‘rlangan botiqlar bilan qо‘shilib ketadi. Jazirama kunlar odatda 3-4 kun davom etadi. Keyin salqinroq havoning kirib kelishi bilan bog‘liq holda harorat biroz pasayadi. Mevalar, uzum, qovun, tarvuzlarning shirin bо‘lishi, qand moddasining kо‘pligi ham yozgi ob-havoning serquyosh va haroratning yuqori bо‘lishiga bog‘liqdir. Tuproq yozda tez isiydi, uning yuzasi tekisliklarda 60-700, ochiq chо‘llarda +800C gacha isishi mumkin. Bunday sharoitda chо‘llardagi о‘simliklarning kо‘pchiligi о‘sishdan tо‘xtaydi, qovjirab quriydi. Haroratning о‘rtacha yillik amplitudasi 25-300 bо‘ladi. Bu kо‘rsatkich bо‘yicha Koson tumani keskin kontinental iqlimga ega. Koson tumanida sovuq bо‘lmaydigan davr о‘sha hisobda 270-280 kunga teng. Demak, bu davrda kо‘pchilik issiqsevar о‘simliklar hosilga kira oladi. Issiqsevar о‘simliklarning kо‘pchiligi bahorda о‘rtacha sutkalik harorat +100C dan yuqori bо‘lganda о‘sa boshlaydi. Havoning suv bug‘lariga tuyinish darajasini ko’rsatuvchi nisbiy namlik tuman hududida yoz oylarida ancha kam, qish mavsumida haroratning pasayishi va yog‘ingarchilik bо‘lishi tufayli bir muncha oshadi. Bir qancha joylarda havoning о‘rtacha nisbiy namligi 40-45%. lekin iyulda eng past о‘rtacha nisbiy namlik Koson tumanida taqirli tuproqlar chо‘l zonasida tarqalgan. Qashqadaryoning qadimiy deltasida va prolyuvial hamda delyuvial yotqiziqlaridan iborat tog‘ oldi 360 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 3, ISSUE 01, 2025. YANUARY ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 tekisliklarida tarqalgan. Taqirli tuproqlar ba’zi taqirlar chо‘l-qumli tuproqlar va qumloqlar bilan aralash holda uchraydi. Taqirli tuproqlar asosan allyuvial qumoq-gilli va qumoq yotqiziqlarda, ayrim joylarda esa chaqirli-qumoq yotqiziqlarda vujudga keladi. Qarshi chо‘li sharoitida tarqalgan taqirli tuproqlar chuchuk yoki kam minerallashgan sizot suvlari sathidan ancha past joylashganligi sababli nisbatan kam shо‘rlangan. Bu tuproqlarda chirindining miqdori kam. Umuman taqirli tuproqlar tuman hududining ancha qismini tashk
Доказательный фрагмент
«Bu maqola Koson tumani hududi va uning geologik tuzilishi, relyefi , tuman iqlimi va suvlari, tuproq, o’simlik, hayvonot dunyosiga qisqacha tarif berilgan .»
Образец извлечения
Демо-превьюBu maqola Koson tumani hududi va uning geologik tuzilishi, relyefi , tuman iqlimi va suvlari, tuproq, o’simlik, hayvonot dunyosiga qisqacha tarif berilgan . Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- namlik yetishmasligi, avtomorf, efemer va efemeroid, atmosfera sirkulyatsiyasi, kanal, lyoss va lyossimon, sut emizuvchilar., to’rtlamchi davr, tomchilatib sug’orish, eroziya
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Выпускные квалификационные работыUtegenova Gúlbaxar2015
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026