Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
RAQAMLI VALYUTALAR VA ULARNING MOLIYAVIY BARQARORLIKKA TA’SIRI
Xamidova Dilorom Muhitdinovna · Anvarov Asliddin Alisher oʻgʻli
Современная наука и исследования · 4 · 276-284 · 2025
Аннотация
The purpose of this article is to study the nature of digital currencies, their history of development and their impact on the traditional financial system. It also examines the benefits and challenges of digital currencies, their future prospects, and regulatory issues. While they encourage financial innovation, regulatory and security issues hinder their full adoption. Digital currencies occupy an important place in the modern financial system and affect financial stability Keywords: Digital currencies, cryptocurrencies, Central Bank digital currencies, blockchain technology, financial stability, monetary policy, financial innovation, financial inclusion, international payment systems, economic security, financial technologies, economic efficiency. Hozirda olib borilayotgan islohatlar samarasini yanada oshirish, davlat va jamiyatning har tamonlama va jadal rivojlanishini uchun shart-sharoitlar yaratish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish hamda hayotning barcha sohalarini liberallashtirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlardan biri bo‘lib, iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish hisoblanadi. Ta’kidlash joizki, glabal jahon moliyaviy –iqtisodiy inqirozi davrida ham mamlakatimiz bank-moliya tizimi barqaror o‘sish suratlarini saqlab qoldi. Bugungi kunda bank tizimi Respublikamiz iqtisodiyotining eng tez rivojlanayotgan segmentlaridan biri bo‘lib, sohadagi aktivlar, kapital darajasi, kredit qo‘yilmalari va investitsion amaliyotlar hajmi kabi asosiy ko‘rsatgichlarning o‘sish sur’atlari buni yaqqol tasdiqlamoqda. Pul-kredit siyosati davlatlarning iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda muhim vosita bo‘lib, inflyatsiya, iqtisodiy o‘sish, va moliyaviy barqarorlikni ta’minlashda asosiy rol o‘ynaydi. Raqamli valyutalar orqali pul massasini nazorat qilish, likvidlikni oshirish va monetar siyosatni tezkor amalga oshirish imkoniyatlari sezilarli darajada kengayadi. Shu bilan birga, raqamli valyutalar tizimi orqali iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash va kiberxavfsizlik masalalariga ham alohida e’tibor qaratilishi zarur. Raqamli valyutalar, ayniqsa kriptovalyutalar, so‘nggi o‘n yillikda moliya sohasida eng muhim innovatsiyalardan biri sifatida paydo bo‘ldi. Bitcoin 2009- yilda yaratilganidan beri, raqamli valyutalar soni va turli-tumanligi sezilarli darajada oshdi (Nakamoto, 2008). Ular nafaqat yangi to‘lov vositasi sifatida, balki an`anaviy moliya tizimiga jiddiy ta’sir ko‘rsatuvchi omil sifatida ham e’tirof etilmoqda. 1 13 9 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 1. Raqamli valyutalarning paydo bo‘lishi va rivojlanishi 2. Blokcheyn texnologiyasi va uning raqamli valyutalar uchun ahamiyati 3. Raqamli valyutalarning an’anaviy moliya tizimiga ta’siri 4. Raqamli valyutalarning afzalliklari va muammolari 5. Raqamli valyutalarni tartibga solish masalalari Raqamli valyutalar moliyaviy tizimni modernizatsiya qilish va monetar siyosatni optimallashtirish uchun yangi vosita hisoblanadi. Ular naqd pulga muqobil sifatida ichki va xalqaro to‘lov tizimlarining samaradorligini oshirishi, moliyaviy inklyuziyani kuchaytirishi hamda iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi. Raqamli valyutalarning moliyaviy barqarorlikka salbiy ta’siri Raqamli valyutalarning joriy etilishi moliyaviy tizimda yangi xatarlarni keltirib chiqarishi mumkin. Xususan, ularning tartibga solinishi va xavfsizlik masalalari dolzarb bo‘lib, bu omillar moliyaviy barqarorlikka salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Raqamli valyutalarning paydo bo‘lishi va rivojlanishi g'oyasi 1980-yillarda paydo bo‘lgan bo‘lsa-da, amaliy tatbiq etilishi Bitcoin bilan 2009-yilda boshlandi (Chaum, 1983; Nakamoto, 2008). Keyinchalik Ethereum, Ripple va boshqa ko‘plab kriptovalyutalar paydo bo‘ldi. 2023- yil oxiriga kelib, dunyoda 10000 dan ortiq kriptovalyuta mavjud bo‘lib, ularning umumiy bozor kapitallashuvi 1 trillion dollardan oshib ketdi (CoinMarketCap,2023).Blokcheyn texnologiyasi: Blokcheyn texnologiyasi raqamli valyutalarning asosiy texnologik poydevori hisoblanadi. U markazlashtirilmagan, xavfsiz va shaffof tranzaksiyalarni amalga oshirish imkonini beradi. Blokcheyn nafaqat moliya sohasida, balki boshqa ko‘plab sohalarda ham qo‘llanilmoqda. Raqamli valyuta — bu kompyuter tizimlarida, xususan, internet orqali saqlanadigan, uzatiladigan va muomalada bo‘lgan valyuta shakli bo‘lib, u jismoniy shaklga ega emas. Raqamli valyutalar kriptovalyutalar, virtual valyutalar va markaziy bank raqamli valyutalarini (CBDC) o‘z ichiga oladi. Ular an’anaviy valyutalarga o‘xshash xususiyatlarga ega bo‘lsa-da, faqat raqamli shaklda mavjud bo‘lib, onlayn tranzaksiyalarni tez va samarali amalga oshirish imkonini beradi. Raqamli valyutalarning eng muhim xavf omillaridan biri bu kiberxavfsizlikdir. Tahlillar ko‘rsatganidek, raqamli valyutalarning joriy etilishi texnologik infratuzilmaning yaxlitligi va xavfsizligini talab qiladi. Markaziy bank raqamli valyutalarni muvaffaqiyatli joriy etish uchu
Доказательный фрагмент
«The purpose of this article is to study the nature of digital currencies, their history of development and their impact on the traditional financial system.»
Образец извлечения
Демо-превьюThe purpose of this article is to study the nature of digital currencies, their history of development and their impact on the traditional financial system. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Digital currencies, cryptocurrencies, Central Bank digital currencies, pul-kredit siyosati, moliyaviy inklyuziya, Raqamli valyutalar, kriptovalyutalar, moliyaviy texnologiyalar, iqtisodiy xavfsizlik, iqtisodiy samaradorlik., blokcheyn texnologiyasi, Markaziy bank raqamli valyutalari, moliyaviy barqarorlik, xalqaro to‘lov tizimlari, moliyaviy innovatsiyalar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026