К содержанию
РецензированоUZ2025

“SIROJ UL-MUSLIMIN” ASARIDA ROʻZA MASALALARINING BAYONI

Hamrayeva Nargiza Hasan qizi

Современная наука и исследования · 4 · 2025

Аннотация

This article describes the content and essence of Alisher Navoi’s work “Sirāj ul- Muslimin”, issues of fasting worship. The work highlights the importance of fasting, its religious and spiritual goals, as well as aspects such as restraining the human soul and increasing piety due to fasting. Keywords: Sirāj ul-Muslimin, fasting, religious worship, soul, piety, spiritual purification, morality, social significance, patience, Ramadan, religious education. РАЗЪЯСНЕНИЕ ВОПРОСОВ ПОСТА В ПРОИЗВЕДЕНИИ «СИРАДЖ УЛЬ-МУСЛИМИН» Аннотация. В данной статье описывается содержание и суть произведения Алишера Навои «Сирадж ул-Муслимин» и вопросы поста. В произведении подчеркивается важность поста, его религиозные и духовные цели, а также такие аспекты, как умение сдерживать свои желания и увеличивать благочестие благодаря посту. Ключевые слова: Сирадж уль-Муслимин, пост, религиозное поклонение, личность, благочестие, духовное очищение, нравственность, социальная значимость, терпение, Рамадан, религиозное образование. Roʻza – har bir musulmon insonning muhim ibodatlaridan biri boʻlib, nafaqat jismoniy balki ruhiy poklanishni ham taʼminlaydi. Roʻza toʻgʻrisida Qurʼon, hadis, oilaviy muhitimizda va turli diniy manbalarda chuqur maʼlumotlar berilgan. 1 11 1 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Shu jumladan, hazrat Navoiyning “Siroj ul-muslimin” asarida ham roʻzaning ahamiyati va amaliy jihatlari keng yoritilgan. Ushbu dinimiz arkonlarining badiiy yo‘sinda mumtoz adabiyotimizni bezagan asardir. Alisher Navoiyning “Siroj ul-muslimin” (“Musulmonlar nuri”) asari diniy-ma’rifiy yoʻnalishda boʻlib, islom dini ahkomlarini yoritishga bagʻishlangan. Asar hijriy 905, milodiy 1499 – 1500-yilda masnaviy shaklida yozilgan boʻlib, hajman 208 baytdan iborat”1. “Siroj ul-muslimin”da hazrat Navoiy har bir musulmon kundalik hayotda bilishi zarur boʻlgan masalalarni yoritishni maqsad qilib, islomning besh ruknini qisqacha tarzda oʻzbek tilida bayon etadi. Asar basmala bobi, kitobning yozilish sababi bayon etilgan bob, turli diniy mavzularga bagʻishlangan 25 ta bob va xotimadan iborat. Erur toʻrtinchi rukn Islomning savm2, Ki oʻtgay kimsaga taqvo birla yavm. Islomning toʻrtinchi rukni roʻzadir. Bunda kishining kuni taqvo bilan oʻtadi. “Roʻza arab tilida “savm” deyiladi. Savm — tiyilish, oʻzini ushlash degani. Roʻzaning asosiy hikmatlaridan biri taqvo malakasini oshirishdir. Roʻza hijriy qamariy yilning Ramazon oyida tutiladi. U hijratning ikkinchi yilida Baqara surasining 183-185-oyatlari bilan farz boʻlgan”3. Chu roʻza farz boʻldi yilda bir oy, Aning ijrosida boʻl nafsfarmoy. Bu baytning mazmunida roʻza nafaqat Allohning amri ekanini, balki uning ahamiyati nafsni tarbiya qilishda katta oʻrin ekanligini anglaymiz. Ramazon roʻzasi musulmonlarga yilda bir marta taqvoni oshirish va oʻz havoyi nafsini boʻysundirish uchun buyurilgan. Roʻza ibodati nafsni tiyish bilan birga, insonning sabr-matonatini mustahkamlaydi. Nafsni farmoyish qilish, yaʼni uni oʻz nazoratiga olish roʻzadorning ruhiy kamolotiga hissa qoʻshadi. Shu sababli, roʻzador faqat ochlik va chanqoqlikni boshdan kechirish bilan kifoyalanmay, balki yomon odatlardan, gunohlardan va soʻzlardan tiyilishi lozim. Roʻza ibodati orqali inson ochlikning qadrini his qilib, qashshoqlar va muhtojlarga mehr-shafqat koʻrsatishni oʻrganadi. U nafaqat jismoniy, balki ruhiy poklanish va Allohga yaqinlashish vositasi hamdir. Baytda taʼkidlanganidek, har bir musulmon roʻzaning haqiqiy maʼnosini anglab, uni Allohga boʻlgan itoat va muhabbat bilan ado etishi kerak. Roʻza nafaqat ibodat, balki insonni maʼnaviy yuksaltiruvchi vositadir. 1 Sirojiddinov Sh. va boshqa. Navoiyshunoslik (1-kitob). Darslik. – Toshkent, 2019. 2 Savm – arabcha ro‘za. 3 Hasanxon Yahyo Abdulmajid, Husaynxon Yahyo Abdulmajid. Navoiydan chu topqaylar navoye. – Toshkent: “Hilol-nashr, 2023. – 240. B. 1 11 2 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Ani bil subhdin to shom chogʻliq, Taomu shurbu shahvatdin yirogʻliq. Erur bu roʻzada niyat sanga farz, Valekin kecha avlo, ayladim arz. Ushbu bayt mazmunidan roʻzaning asosiy shartlari va tartiblari haqida muhim saboqlar olishimiz mumkin. Baytda aytilishicha, roʻzaning vaqti subh sodiq (bomdod kirish vaqti)dan boshlanib, quyosh botguncha davom etadi. Shu vaqt davomida roʻzador inson:  Ovqat yeyish va ichimlik ichishdan tiyilishi;  Shahvat va boshqa yomon odatlardan uzoq boʻlishi;  Nafsini nazorat qilib, yomon soʻzlar va harakatlardan oʻzini tiyişi shart. Bu jihatlar roʻzaning nafaqat jismoniy, balki maʼnaviy poklanish ibodati ekanini koʻrsatadi. Inson Allohga yaqinlashish uchun oʻz nafsini tiyib, poklanadi va taqvosini oshiradi. Baytda roʻzani ado etishda niyat qilish farz ekani alohida taʼkidlangan. Niyat insonga oʻz amalining maqsadini anglatadi va uni faqat Alloh roziligi uchun bajarishiga yoʻnaltiradi. Shoirnin

Доказательный фрагмент

«This article describes the content and essence of Alisher Navoi’s work “Sirāj ul- Muslimin”, issues of fasting worship.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article describes the content and essence of Alisher Navoi’s work “Sirāj ul- Muslimin”, issues of fasting worship. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Sirāj ul-Muslimin, fasting, religious worship, soul, piety, spiritual purification, ramazon, sabr-toqat, nafs, diniy ibodat, axloq, ijtimoiy ahamiyat, roʻza, diniy tarbiya., Siroj ul-muslimin, maʼnaviy poklanish, taqvo
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники