Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Yoshlarda deviant xulq to’g`risidagi tasavvurlarni o’rganishning o’ziga xos xususiyatlari.
UZBEKISTAN” JURNALI
Журнал научно-инновационных исследований в Узбекистане · 3 · 2025
Аннотация
Yoshlarda deviant xulq to’g’risidagi tasavvurlarni o’rganish zamonaviy psixologiya va sotsiologiyaning muhim yo’nalishlaridan biri hisoblanadi. Ushbu tadqiqotda deviant xulq, ya'ni normadan chetga chiqish, yoshlarning ijtimoiy va psixologik rivojlanishida qanday rol o’ynashi, ularning shaxsiyati va ijtimoiy munosabatlariga ta’siri o’rganiladi. Kalit so’zlar: ijtimoiy psixologik tashxis, anketa, xulq og`ishganlik, deviant xulq. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-3160-sonli “ Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko’tarish to’g’risida- Qarori mamlakatimizninig barcha oliygohlarida talabalar tarbiyaviy jarayoniga yangicha yondashuvlarni izlashga undadi. Hozirgi kunda oliygoh psixologlari bu borada qator tadbirlarni izchil ravishda amalga oshirib kelmoqdalar. Oliy o’quv yurti hayotida hozir yuz berayotgan voqeliklar ta’lim sohasida tarbiya masalalari yangicha mazmun kasb etayotganligidan dalolat beradi. Bunday vaziyatlarda tarbiyaviy jarayonlar asosan pedagoglar, ustoz - murabbiylarning xohish - irodasi va mahoratiga, muayyan o’quv yurti ma’muriyatining tashabbuskorligiga xamda muassasadagi an’analarga bog’liq. O’quv guruhida mo’tadil ma’naviy-psixologik muhitning yaratilishi - talabalarning o’qishga, ilmiy ishga, ijtimoiy foydali faoliyatga yondashuviga, ularning jipsligi va jamoachilik xususiyatlariga, shuningdek, talabalarning ma’naviy yetukligiga chambarchas bog’liq. Talabalarning ma’naviy qiyofasi, uni o’rganish va shakllantirish masalalari mamlakatimiz yetakchi psixolog olimlari tomonidan tahlil qilingan. Jumladan, M.G.Davletshin, E.G’.G’oziev, N.S.Safaev, V.M.Karimova, F.A.Akramova, B.Yu. Xodiev, M.R. Boltabaev va boshqalar mazkur masala yuzasidan qimmatli fikrlarni bildirganlar. 41 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 3, ISSUE 01, 2025. YANUARY ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 Yuqorida keltirilgan mutaxasislar talaba yoshlarning ma’naviy tarbiyasi muammosini o’ziga xos yechimlarini taklif etar ekanlar, barchasi tarbiyaviy jarayonni muhim tarkibiy qismi sifatida ijtimoiy psixologik tashxis jarayonini ko’rsatganlar. Tashxis talabalarni hozirgi davrdagi holatini aniqlash va baxolash imkoniyatini beradi1. Ijtimoiy psixologik tashxis – bu maxsus diagnostik vositalar yordamida o’rganilayotgan masala yuzasidan birlamchi ma’lumotlarni to’plash. Anketa–so’rovlar tashxis usullaridan biri bo’lib, tadqiqotning asosiy vazifasi bilan mantiqan bog’liq bo’lgan savollar to’plamidan iboratdir2. Har bir inson dunyoga kelar ekan, ehtiyojlarni qondirishning insoniyat tomonidan ungacha o’zlashtirilgan ijtimoiy-tarixiy me’yoriga duch keladi. Muayyan rivojlanish davriga xos tarzda sub’ektning o’z ehtiyojlarini qondirish uchun ma’lum usul, vosita va mezonlarni o’zlashtirishi esa uning tarbiyasini belgilaydi. Xulq og’ish holati esa ijtimoiy normalarga mos bo’lmagan xatti xarakatlarni namoyon bo’lishi xisoblanadi3. Bunday xulqning ham o’ziga xos shakllari mavjud. Delinkvent axloq - shaxs deviant axloqining shakli sifatida qator xususiyatlarga ega. Birinchidan, bu shaxs og’ishgan xulqining kamroq ma’lum bo’lgan turlaridan biri. Masalan, jinoiy deb tan olingan harakatlar doirasi turli davlatlar, turli vaqt uchun turlichadir. Qonunlarning o’zi bir xil emas, ularning takomillashishi kuchida katta yoshdagi aholining katta qismi “jinoyatchilar- kategoriyasiga kiritish mumkin bo’lib qoladi. Masalan, soliq to’lashdan qochish yoki kimgadir jismoniy og’riq yetkazish. Shunga o’xshash yana bir misol, hammaga ma`lumki, aldash mumkin emas. Biroq haqiqatni hech bir sharoitga qaramay har doim va hamma joyda gapiradigan odam joyida yolg’on gapiradiganlarga qaraganda ancha noadekvat bo’lib ko’rinadi. Xulqi-og’ish shakllari sifatida deviant va delinkvent xulq shakllarini ko’rsatish mumkin. Adabiy ma’lumotlarni yig’ib, delinkventlikni chaqiruvchi quyidagi 1 Oliy o’quv yurtidagi tarbiyaviy ishlarga psixologik yondashuvlar.// Xodiev B.Yu., Boltaboev M.R., Xoshimova M.K., Akramova F.A., Ergasheva D.D. – Toshkent: 2008 . B - 16 2 Xaydarov F.L., Xalilova N.L. Umumiy psixologiya.Darslik.- Toshkent: Fan va texnologiyalar Marikazning bosmaxonasi , 2010 . B. 56 3 Королев В.В. Психические отклонения в подростков-правонарушителей. – Москва: ВЛАДОС-ПРЕСС, 1992. С 69. 42 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 3, ISSUE 01, 2025. YANUARY ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 mikroijtimoiy omillarni sanab o’tish mumkin: bolalarning g’amxo’rlik va ota- onalari tomonidan mehribonligiga ehtiyoji frustratsiyasi (masalan, o’ta qattiqqo’l ota yoki yetarlicha g’amxo’r bo’lmagan ona), o’z navbatida, bolada erta jarohatli kechinmalarni uyg’otadi; oilada jismoniy yoki psixologik shafqatsizlik yoki kuch kulti (masalan, jazoning haddan tashqari yoki doimiy qo’llanilishi); ma’naviy ongning me’yoriy rivojlanishini qiyinlashtiruvchi ota ta’sirining yetishmasligi (masalan, uning yo’qligi); jarohatli sharoitlarni qayd qili
Доказательный фрагмент
«Yoshlarda deviant xulq to’g’risidagi tasavvurlarni o’rganish zamonaviy psixologiya va sotsiologiyaning muhim yo’nalishlaridan biri hisoblanadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюYoshlarda deviant xulq to’g’risidagi tasavvurlarni o’rganish zamonaviy psixologiya va sotsiologiyaning muhim yo’nalishlaridan biri hisoblanadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- ijtimoiy psixologik tashxis, xulq og`ishganlik, deviant xulq., anketa
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
МонографииK.J.Murodov2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025