К содержанию
РецензированоUZ2024

YO‘QOLGAN MA’BADNING SEHRI

Insights Across the · YO‘QOLGAN MA’BADNING SEHRI · Nasirilloyeva Husniya Muzaffar qizi

SYNAPSES: Понимание различных дисциплин · 2 · 2024

Аннотация

Hind yozuvchisi Sudha Murti qalamiga mansub “The Magic of the Lost Temple” ( o‘zbek tilida “Yo‘qolgan Ma’badning Sehri”) kitobi o‘quvchilarni o‘ziga jalb qiluvchi mo‘jizaviy va tarbiyaviy asardir. Ushbu kitob allaqachon yoshlar va kattalar qalbini zabt etgan. Sarguzashtli tarixga boy bu asar hind merosini ulug‘lab, o‘quvchilarga qiziquvchanlik, intiluvchanlik, matonat va oila qadriyatlari haqida umumiy saboqlar beradi. Kalit so‘zlar: yo‘qolgan ma’bad, Sudha Murti, bolalar adabiyoti, hind madaniyati, madaniy meros, sarguzasht hikoyasi, qadimiy suv ombori, qishloq hayoti, avlodlararo munosabatlar, yosh qizlarni qo‘llab –quvvatlash, madaniyat va an’ana, interaktiv o‘quv tajribasi, tarixiy yodgorliklar, qiziquvchanlik, oila qadriyatlari. Kirish: Hind madaniyat ulug‘lovi- kitobning muhim jihatlaridan yana biri bu hind qishloq hayotining yaqqol tasvirlab berish. Nooni qishloq manzaralarini go‘zalligini, oddiy yashashning quvonchini va qishloq jamoasining birligini aks ettiradi. Sudha Murti barchaga an’anaviy amaliyotlar, taomlar va Hindistonning noyob arxitektura inshooti, qadimiy suv omborlari, oila qadriyatlari, an’analar bilan tanishish imkonini beradi. 1. Sarguzasht ruhi-kitob o‘rtalarida hayajonli va qiziqarli sarguzasht hikoyalari mavjud. Ma’badni qidirish va topish jarayoni sir-sinoatga to‘la va muallif realizm va fantastikani g‘aroyib tarzda uyg‘unlashtirgan. Noonining bunday qiziquvchanligidan boshqa sarguzasht sevar bolalar ham ilhomlanib ulkan hayrat olamiga qadam qo‘yishlari tayin. 2. Avlodlararo munosabatlar- Nooni va uning buvi-buvasi o‘rtasidagi mehr-muhabbat munosabatlari kitobning asosiy qismi hisoblanadi. Ularning donoligi va mehri hikoya davomida Nooniga yo‘l ko‘rsatadi . Hamda, qishloqdagi bolalar bilan paydo bo‘lgan do‘stlik, hayotiy qadriyatlarni o‘rgatadi. Og‘zaki an’analarni saqlash ahamiyatini ham ko‘rsatadi.. 3. Tarix va merosni qadrlash- kitob qadimiy inshootlar va madaniy merosning ahamiyatini ko‘rsatadi. Bu orqali muallif o‘quvchilarni tarixni o‘rganishga va madaniyatni hurmat qilishga undaydi. 9 Synapses: Insights Across the Disciplines SYNAPSES: Insights Across the Disciplines Volume 2, Issue 1 IF(Impact Factor) 10.92 / 2024 4. Yosh qizlarni qo‘llab-quvvatlash- Nooni o‘z qiziquvchanligi va jasorati bilan o‘ziga xos qahramon obrazini yaratadi. U o‘z qiziqishlariga qat’iyat bilan ergashadi, qiziqishlari ortidan oxirigacha ergashadi va bilim olishga intiladi. Bu obraz yosh qizlar uchun ilhom manbai bo‘lib xizmat qiladi. 5. Tabiatga yaqinlik- Nooni shaharga qaraganda qishloq tabiati va havosini his qilib uni go‘zalligini, tinchligi va jonli olamni qadrlashni o‘rganadi. Undagi barcha ajoyibotlar bilan tanishib ularga ko‘ngil qo‘yadi. Bu esa ekologik ongni rivojlantirishga qaratilgan dars hisoblanadi. 6.Yozuvchi uslubi- Sudha Murti kitobni sodda va ravon tilda yozgan, shu jihatdan uning asarlari ajralib turadi, shuning uchun ham yosh o‘quvchilar uchun ham o‘qish oson. Asar ham hazilomuz ham hissiy jihatdan ta’sirchan. Muallif asardagi voqealarni ajoyib tarzda tasvirlaydi, o‘qiyotgan inson o‘zini qahramonlar bilan birga voqealar ichida bo‘lganday his qiladi. Nashr etilgandan beri “ Yo‘qolgan Ma’bad Sehri” keng e’tirofga sazovor bo‘ldi va bir nechta tillarga tarjim qilindi. U shuningdek, tarixiy yodgorliklarni saqlash kerakligi to‘g‘risida barchani xabardor qilib, da’vat etdi. Xulosa. Bu asar oddiy bolalar kitobidan ko‘proq narsani o‘z ichiga oladi; u merosni,o‘z madaniyatini qadrlashga, qiziquvchanlikni o‘stirishga, do‘stlik ahamiyatini tushunishga, tabiat bilan uyg‘un yashashga ,an’analarni va o‘tmishni kelajak avlod uchun saqlab qolishga undaydi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR. 1. Sudha Murti, "The Magic of the Lost Temple" Kitobning mazmuni, asosiy mavzulari va qahramonlarning sarguzashtlari haqida ma’lumot olish uchun asosiy manba sifatida ishlatildi. 2. Sudha Murti ijodi haqida umumiy ma’lumot Muallifning bolalar adabiyotidagi o‘rni va yozuv uslubiga oid tahlillar uchun Hindiston bolalar adabiyotiga oid sharhlar va maqolalardan foydalanildi. 3. Madaniy va tarbiyaviy adabiyot tahlillari Kitobdagi tarix, madaniyat va tabiatni qadrlash mavzularini yoritish uchun bolalar adabiyoti haqida nazariy manbalar tahlil qilindi. 4. O‘zbekcha tarjimalar va adabiyot tahlillari. 10 Synapses: Insights Across the Disciplines

Доказательный фрагмент

«Hind yozuvchisi Sudha Murti qalamiga mansub “The Magic of the Lost Temple” ( o‘zbek tilida “Yo‘qolgan Ma’badning Sehri”) kitobi o‘quvchilarni o‘ziga jalb qiluvchi mo‘jizaviy va tarbiyaviy asardir.»

Образец извлечения

Демо-превью

Hind yozuvchisi Sudha Murti qalamiga mansub “The Magic of the Lost Temple” ( o‘zbek tilida “Yo‘qolgan Ma’badning Sehri”) kitobi o‘quvchilarni o‘ziga jalb qiluvchi mo‘jizaviy va tarbiyaviy asardir. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
tarixiy yodgorliklar, avlodlararo munosabatlar, bolalar adabiyoti, madaniyat va an’ana, interaktiv o‘quv tajribasi, yo‘qolgan ma’bad, yosh qizlarni qo‘llab –quvvatlash, oila qadriyatlari., hind madaniyati, qiziquvchanlik, qadimiy suv ombori, Sudha Murti, sarguzasht hikoyasi, qishloq hayoti, madaniy meros
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники