К содержанию
РецензированоUZ2024

SUKUK - ISLOMIY QIMMATLI QOG‘OZLARNI JORIY ETISH TAMOYILLARI

Ilmiy rahbar Sa’dullayeva Gulnoza Usmanovna · Jabborov Sarvarbek Sodiqovich

ACUMEN: Международный журнал междисциплинарных исследований · 2 · 157-167 · 2024

Аннотация

Mazkur maqolada sukuk - Islomiy qimmatli qog‘ozlarning joriy etish tamoyillari, ularning iqtisodiy samaradorligi va xalqaro tajribasi o‘rganiladi. Sukukning an'anaviy obligatsiyalardan asosiy farqlari, shuningdek, O‘zbekiston sharoitida sukuk qimmatli qog‘ozlarini joriy etish imkoniyatlari va ularning iqtisodiyotga ta'siri tahlil qilinadi. Maqolada xalqaro amaliyotga asoslangan statistik ma'lumotlar keltirilib, takliflar ishlab chiqilgan. Kalit so‘zlar: Sukuk, Islomiy moliya, qimmatli qog‘ozlar, shariy tamoyillar, iqtisodiy samaradorlik, xalqaro tajriba. Sukuk - Islomiy qimmatli qog‘ozlar bo‘lib, ularning asosiy maqsadi moliyalashtirish jarayonlarini shariy tamoyillarga muvofiq amalga oshirishdir. Islomiy moliya tamoyillariga ko‘ra, foizli operatsiyalar va spekulyativ shartnomalar taqiqlanganligi sababli, sukuk an'anaviy obligatsiyalarga muqobil moliyaviy vosita sifatida rivojlanmoqda. Sukuk bozori oxirgi yillarda jadal rivojlanib, xalqaro miqyosda turli mamlakatlarning investitsion manbalarini jalb qilish uchun keng qo‘llanilmoqda. Ushbu maqolada sukukning mohiyati, iqtisodiy ahamiyati va O‘zbekiston sharoitida uning joriy etish tamoyillari tahlil qilinadi. Sukuk qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha xalqaro ilmiy adabiyotlarda keng qamrovli tadqiqotlar olib borilgan. Siddiqiy va Usmoniy (2019) o‘z tadqiqotlarida sukukni an'anaviy obligatsiyalardan farqlovchi asosiy xususiyatlar va ularning iqtisodiy samaradorligini tahlil qilgan. Chapra (2000) va El-Gamal (2006) esa Islomiy moliya asoslarini batafsil o‘rganib, sukukning moliyaviy vosita sifatidagi ahamiyatini yoritgan. Mahalliy tadqiqotlar orasida O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi va iqtisodiyot sohasidagi olimlarning tadqiqotlari alohida o‘rin tutadi. Ammo, sukukni O‘zbekistonda joriy etish masalasi hali to‘liq o‘rganilmagan. Sukukning mohiyati va tamoyillari quyidagilar bilan tavsiflanadi: 1. Sukuk bo‘yicha mablag‘lar real aktivlarga asoslanadi va ular iqtisodiy faoliyatni qo‘llab-quvvatlaydi. 2. Sukuk emitent va investorlar o‘rtasida risk va foydani teng taqsimlashga asoslangan. 124 Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research ISSN: 3060-4745 IF(Impact Factor)10.41 / 2024 Volume 2, Issue 1 3. . Sukuk obligatsiyalarda kuzatiladigan foiz asosidagi daromadlardan farqli ravishda, aktivlardan tushadigan daromadga asoslanadi. Sukuk turlari orasida ijara sukuk, mudaraba sukuk, musharaka sukuk va istisna sukuk kabi asosiy yo‘nalishlar mavjud. Har bir turi alohida iqtisodiy ehtiyojlar va sharoitlarga mos keladi. O‘zbekiston sharoitida sukuk qimmatli qog‘ozlarini joriy etish quyidagi afzalliklarni ta'minlashi mumkin: Infratuzilma loyihalarini moliyalashtirish uchun yangi manbalarni jalb qilish; Iqtisodiyotda halollik va oshkoralikni oshirish; Xalqaro investitsiyalar oqimini jalb qilish. Sukuk bozori Saudiya Arabistoni, Malayziya, Birlashgan Arab Amirliklari va Indoneziya kabi davlatlarda muvaffaqiyatli rivojlangan. Malayziyada sukuk umumiy qimmatli qog‘ozlar bozorining qariyb 60% ini tashkil etadi va infratuzilma loyihalarini moliyalashtirishda muhim o‘rin tutadi. Saudiya Arabistonida sukuk neft va gaz sanoati bilan bog‘liq loyihalarni moliyalashtirish uchun keng qo‘llaniladi. Ushbu davlatlarda sukuk bo‘yicha davlat va xususiy sektor hamkorligi yuqori darajada yo‘lga qo‘yilgan. 2023-yilgi ma‘lumotlarga ko‘ra, global sukuk bozori hajmi 700 milliard AQSh dollaridan oshdi va bu ko‘rsatkich yil sayin ortib bormoqda. Malayziya sukuk bozori hajmi 200 milliard dollarni tashkil etib, dunyodagi eng yirik bozor hisoblanadi. O‘zbekiston sug‘urta bozori yoki boshqa an‘anaviy moliyaviy vositalar hajmi bilan taqqoslaganda, sukukning joriy etilishi iqtisodiyotga sezilarli ijobiy ta‘sir ko‘rsatishi kutiladi. Xulosa o‘rnida aytish mumkinki islomiy qimmatli qog‘ozlarning joriy etish tamoyillari va ularning iqtisodiyotga ta‘siri tahlil qilindi. Quyidagi takliflar ilgari surildi: 1. Sukuk qimmatli qog‘ozlarini joriy etish uchun huquqiy asoslarni shakllantirish va davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish. 2. Malayziya va boshqa muvaffaqiyatli davlatlarning tajribasini o‘rganib, O‘zbekiston sharoitlariga mos model ishlab chiqish. 3. Sukukni kichik va o‘rta biznes sub'yektlarini qo‘llab-quvvatlash vositasi sifatida qo‘llash. 4. Xalqaro moliyaviy tashkilotlar bilan hamkorlikni rivojlantirish va sukuk emissiyasiga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish. Ushbu takliflarni amalga oshirish orqali O‘zbekiston iqtisodiyotida yangi moliyaviy vositalar joriy etilib, iqtisodiy barqarorlik va investitsiyaviy jozibadorlik oshadi. 125 Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research ISSN: 3060-4745 IF(Impact Factor)10.41 / 2024 Volume 2, Issue 1 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI 1. Ahmed, S. (1989), Islamic Banking and Finance, Journal of Monetary Economics, Vol 24, pp. 157-167. 2. Blitz, R. and Long, M. (1965), The Economics of Usury Regulation

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada sukuk - Islomiy qimmatli qog‘ozlarning joriy etish tamoyillari, ularning iqtisodiy samaradorligi va xalqaro tajribasi o‘rganiladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada sukuk - Islomiy qimmatli qog‘ozlarning joriy etish tamoyillari, ularning iqtisodiy samaradorligi va xalqaro tajribasi o‘rganiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Islomiy moliya, qimmatli qog‘ozlar, iqtisodiy samaradorlik, xalqaro tajriba., Sukuk, shariy tamoyillar
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники