К содержанию
РецензированоUZ2024

O‘ZBEKISTONDA ISLOM MOLIYASINI JORIY ETISH MASALALARI

Alimuxamedova Zuhra Shavkat qizi · Ilmiy rahbar Sa’dullayeva Gulnoza Usmanovna

ACUMEN: Международный журнал междисциплинарных исследований · 2 · 157-167 · 2024

Аннотация

Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasida Islom moliyasini joriy etish masalalari tahlil qilinadi. Unda mamlakatning moliyaviy tizimini diversifikatsiya qilish zarurati, Islom moliyasining asosiy tamoyillari va uning afzalliklari yoritilgan. Shuningdek, Islom moliyasini rivojlantirish yo‘lidagi asosiy to‘siqlar, jumladan, huquqiy va me’yoriy bazaning yetishmasligi, malakali mutaxassislarning kamligi hamda aholining Islom moliyasi bo‘yicha yetarlicha xabardor emasligi muhokama qilinadi. Muallif, shuningdek, Islom moliyasini rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan infratuzilma va mahsulotlar haqidagi tavsiyalarni taqdim etadi. Ushbu maqola O‘zbekiston sharoitida Islom moliyasi imkoniyatlari va cheklovlarini chuqur o‘rganishga bo‘lib xizmat qiladi. Kalit so‘zlar: islomiy moliya, islom banki, islom iqtisodi, ribo, islom fiqhi, mudoraba, murobaha, mushoraka. Har qanday davlat yoki tashkilotni, uni tartibga solib turuvchi qonunlar mavjud bo‘lgan taqdirda faoliyat yuritadi. Musulmon insonlarning hayot tarzini tartibga solib turuvchi qonun - qoidalar majmui bu - shariatdir. Shariat bu 1500 yillik ma’naviy, axloqiy va huquqiy hamda iqtisodiy tizim hamdir.Islom moliyasi manashu shariat qonun - qoidalariga asoslangan iqtisodiy tizim hisoblanadi. Avval 622 – 661 - yillarda islom moliyasi tamoyillari Arabistonning yarim Orollarida arablar tomonidan qo‘llanilgan. Hatto payg’ambar Muhammad S.A.V ham vahiy tushmasdan avval shu tamoyillardan foydalanib savdo qilganlar. Shu paytlarda ribo [ya’ni foizga asoslangan moliyaviy munosabat] lar ancha avj olgan edi . Shunda olloh riboni xarom qildi, va vahiy tushgandan so‘ng esa Muhammad S. A. V birinchi navbatda shu munosabatni taqiqlaganlar. Keyinchalik islom moliyasi bir necha bosqichlardan o‘tib xozirgacha yetib keldi.Ushbu qonunlar 4 manbaga ega: 1. Muqaddas qur’on bo‘lib , u diniy bilimlarni asl o‘zgarmas manbasi hisoblanadi . Qur’on payg’anbar Muhammad S. A .V orqali , Jabroil alayhissalom vositasida yetkazilgan Allohning vahiylarini o‘z ichiga olgan bo‘lib, butun insoniyatga yo‘llangan ilohiy ko‘rsatma . 2. Hadis hisoblanadi . Payg’ambar Muhammad S. A . V ning qavmlari yoki ular bilan bog’liq voqeliklarni ifodalovchi rivoyat bo‘lib Muhammad S. A. V ning sunnatlari asosini tashkil etadi. 3. 57 Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research ISSN: 3060-4745 IF(Impact Factor)10.41 / 2024 Volume 2, Issue 1 Ijmo - bu obroli islomiy olimlar tomonidan aniq bir masala yoki xolat uchun ishlab chiqilgan yechim. Islom an’analarida Qur’on va sunnatdan mustaqil xulosa qilish huquqiga ega inson,,Mujtaxid” deb ataladi. 4. Qiyos-bu atamaning asl ma’nosi o‘lchash yoki ikki ashyo o‘rtasida taqqoslash o‘tkazish so‘zlaridan kelib chiqib, Qiyos murakkab va munoarali masalalar bo‘yicha Qur’on va xadislarda bayon etilgan asoslarga ko‘ra , mujtaxidlar tomonidan yangi yechimlarni ishlash va hukm chiqarishdir . Islom moliyasida bir qancha bitimlar bor ulardan asosiylari: Birinchi bitim – “sarf”. Sarf bu tomonlar o‘rtasida moddiy qiymatga ega bo‘lgan mahsulotlarning , masalan dinor ( oltin ) , dirham ( kumush ) yoki shularning zarb qilingan , quyma yoki boshqa ko‘rinishlari, hamda hozirda muomalada bo‘lgan pul birliklari (valyutalar)ning bir-biriga ayirboshlanishiga ya’ni olib-sotilishiga) aytiladi. Ikkinchi bitim – “murobaha”. Murobaha bu sotuvchi yoki moliya muassasasining biror bir mahsulot (masalan qandaydir uskuna) tannarxiga buyurtma bergan xaridor bilan kelishilgan muayyan ustamani qo‘yib , ma’lum bir muddat ichida bo‘lib - bo‘lib to‘lash sharti bilan shu xaridorga sotishidir . Uchinchi bitim – “mudoraba”. Mudoraba sherikchilik bitimining bir ko‘rinishi bo‘lib, bunda sarmoya egasi (rabb-ul mol), ish yurituvchi (mudorib) bilan sherikchilik asosida tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun sarmoya ajratadi . Bunday sherikchilikda tadbirkorlik faoliyati to‘liq ravishda mudorib tomonidan boshqariladi . Faoliyat davomida ko‘rilgan foyda oldindan kelishilgan nisbatda bo‘linadi, zarar esa faqat sarmoya egasi zimmasiga tushadi. To‘rtinchi bitim – “salam”. Salam mahsulot uchun to‘lov darhol amalga oshiriladigan, mahsulot esa keyinroq xaridorga yetkazib berilishini ko‘zda tutadigan bitimdir (bunda, sotilayotgan mahsulot bitim tuzilayotgan paytda mavjud bo‘lishi ham, mavjud bo‘lmasligi ham mumkin). Salam shartnomasi ko‘proq qishloq xo‘jaligida qo‘llaniladi. Beshinchi bitim – “istisna”. Istisna ham salam kabi hali ishlab chiqarilmagan mahsulotni sotish shartnomasidir . Bu shartnoma , ishlab chiqaruvchi buyurtma berilgan mahsulotni o‘z xom ashyosidan ishlab chiqarishini ko‘zda tutadi. Ushbu bitim huquqiy kuchga ega bo‘lishi uchun, ishlab chiqarilishi kerak bo‘lgan mahsulotning narxi, sifati va xususiyatlari tomonlar o‘rtasida aniq kelishib olinishi kerak . Oltinchi bitim - ,, mushoraka ” ikki yoki undan ortiq tomonlar o‘rtasidagi mulkiy sherikchilik bo‘lib, bunda har bir sherik ma’lum miqdordagi pul yoki mol-mulk shaklidagi sarmoyasini umumiy

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasida Islom moliyasini joriy etish masalalari tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasida Islom moliyasini joriy etish masalalari tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
ribo, islom banki, murobaha, islom iqtisodi, mushoraka., mudoraba, islomiy moliya, islom fiqhi
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники