К содержанию
РецензированоUZ2024

LINGVISTIK TAHLILDA TEZAURUS LUG’ATLARNING O’RNI

Norxo'jayeva Mubinaxon · Ilmiy rahbar: Kurbanova Farogat Subxonovna

ACUMEN: Международный журнал междисциплинарных исследований · 2 · 2024

Аннотация

Lison faqatgina insonga in’om etilgan ulug‘ ne’matdir. Shu sababli lisoniy hodisalar tadqiqi boshqa ijtimoiy hodisalar tadqiqidan tubdan farq qiladi. Barcha tabiiy va ijtimoiy hodisalar tizimli tuzilishga va o‘z-o‘zidan tarkib topish xususiyatiga ega. Tilning ham tizimli hodisa ekanligi allaqachonlar e’tirof etilgan. Tilshunoslarning e’tibori ushbu tizimning qanday tashkil topganligi, uning tarkibida qaysi turdagi birliklar mavjudligi, bu birliklarning o‘zaro munosabatga kirishishi, ushbu munosabatlar asosida hosil bo‘ladigan tuzilmalarning umumiy tizim va uning bosqichli tuzilishdagi o‘rni kabi qator masalalarga qaratilgan. Ana shunday maxsus tizimga solingan tilni kompyuterga xoslash foydalanuvchilarning vaqtini tejaydi va ko‘p lug‘atlarni izlab yurishdek mashaqqatli ishdan xalos etadi. Barcha izlanishlar, olimlarning tinimsiz, mashaqqatli izlanishlari faqat bir narsaga, ya’ni inson manfaatlariga xizmat qiladi. Key words: kompyuter lingvistikasi, «Artificial Intelligence», uslubiy xato, psixologik-kibernetik asoslar; Xorijda kompyuter lingvistikasi bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlarning ko‘lami juda keng. Ayniqsa, AQShdagilari izchilligi, qamrab olingan muammolar doirasining kengligi bilan ajralib turadi. Nashr qilinayotgan tematik to‘plamlardan tashqari «Computational Linguistics» (Kompyuter tilshunosligi) nomli jurnal ham nashr etiladi. AQShda Kompyuter tilshunosligi assotsiatsiyasi mavjud bo‘lib, bu uyushma kompyuter tilshunosligi bilan bog‘liq ko‘plab tashkiliy va ilmiy ishlarni amalga oshiradi. AQShda ikki yilda bir marta COLING konferensiyasi o‘tkaziladi. AQShning 10 ta universitetida kompyuter lingvistikasi fakultetlari mavjud. Kompyuter tilshunosligining muammoli masalalari ana shu fakultetlarda o‘zining mutaxasislari tomonidan ko‘rib chiqilgan holda yechimi izlanmoqda. Shuningdek, Niderlandiyada «Artificial Intelligence» (Sun’iy intellekt) jurnali chop etiladi. Bu jurnal ham kompyuter muammolari yechimiga, yangi yaratilayotgan dasturlar ustida bosh qotirishga undamoqda. MDHga a’zo mamlakatlarda ham kompyuter lingvistikasi bo‘yicha muhim izlanishlar amalga oshirilgan. Ayniqsa, rus kompyuter tilshunosligidagi tadqiqotlar diqqatga sazovordir. Unda quyidagi yo‘nalishlarni alohida ta’kidlab ko‘rsatish mumkin: 1. Mashina tarjimasi (MT). 2. Avtomatik tahrirlash (AT). 29 Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research ISSN: 3060-4745 IF(Impact Factor)10.41 / 2024 Volume 2, Issue 1 3. Til o‘rgatish jarayonini kompyuterlashtirish (avtomatik tarzda tilga o‘qitish – ATO‘). 4. Statistik tadqiqotlar (ST). Y.N.Marchuk tarjimani modellashtirish metodlari va uni avtomatlashtirish yo‘llarini ishlab chiqqan holda bugungi rus kompyuter lingvistikasiga asos solgan olimlardan hisoblanadi. Shuningdek, ko‘plab rus, ukrain, moldovan olimlari ham mashina tarjimasi masalalari bilan shug‘ullanishgan, ularning izlanishlari kompyuter lingvistikasida muhim o‘rin tutadi. Xususan, bu sohada ko‘plab nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalari yoqlanganini alohida ta’kidlash lozim. Sohani yanada chuqurroq o‘rganish ochilmagan qirralarning ochilishini ta’minlaydi. Ayniqsa, o‘tgan asrning 60 – 80-yillarida mashina tarjimasi xususiyatlarini ishlab chiqishga yo‘naltirilgan ko‘plab ilmiy tadqiqotlar yuzaga keldi. Ta’kidlanganidek, mazkur tadqiqotlar rus tili bo‘yicha jahon kompyuter tarmoqlarida ma’lumotlar bazasi yaratilishi, buning natijasi sifatida rus tilidagi matnlarni avtomatik tarzda boshqa tillarga tarjima qiluvchi dasturlarning vujudga kelishi uchun asos bo‘ldi. O‘zbek tilida ham shu kabi ma’lumotlar bazasini yaratish bugungi kundagi eng dolzarb vazifadir. Rus tilshunosligida kompyuter tilshunosligining yana bir yo‘nalishi matnlarni avtomatik tahrirlashdir. Mazkur yo‘nalishda ilmiy tadqiqotlar olib borgan olimlar sirasiga R.R.Kotov, V.Y.Berzon, V.G.Britvin, I.A.Melchuk, L.I.Belyaeva, V.A.Chijakovskiy, G.G.Belonogov, I.S.Duganova, A.B.Kuznetsov kabilarni kiritish mumkin. Ushbu olimlarning asosiy xizmati shundaki, ular avtomatik tahrir qiluvchi dasturlar uchun lingvistik ta’minot yaratib berishgan. Buning natijasida kompyuterlardagi ruscha matnlarni tahrirlovchi dasturlar ishlab chiqilgan. Bu dasturlar bugungi kunda barcha kompyuterlarda mavjud. Ya’ni bunda noto‘g‘ri yozilgan so‘zning tagiga qizil chiziq chiziladi, so‘z to‘g‘ri yozilganidan so‘ng chiziq yo‘qoladi. Ko‘rinadiki, bu dastur, asosan, imloni tekshirishga mo‘ljallangan, unda uslubiy xatolarni aniqlash ko‘zda tutilmagan. Ta’kidlash lozimki, bunday dasturlarni ishlab chiqish uchun til birliklarining nafaqat fonetik, semantik, morfologik xususiyatlari, balki aynan sintaktik – valentlik xususiyatlari hisobga olingan lingvistik ta’minot yaratish lozim bo‘ladi. Rus tilshunosligida avtomatik tarzda tilga o‘qitish yo‘nalishida ham izchil tadqiqotlar olib borilgan. Ular oliy va o‘rta maktabda til o‘qitishni optimallashtirishning psixologik- kibernetik, semiotik, lingvostatistik, injener-lingvistik va lingvodid

Доказательный фрагмент

«Lison faqatgina insonga in’om etilgan ulug‘ ne’matdir.»

Образец извлечения

Демо-превью

Lison faqatgina insonga in’om etilgan ulug‘ ne’matdir. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
kompyuter lingvistikasi, «Artificial Intelligence», uslubiy xato, psixologik-kibernetik asoslar
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники