К содержанию
РецензированоRU2024

BILISH JARAYONI FAOLLIGI VA NEYROPEDAGOGIK TADQIQOTLAR TALQINI

Jo‘rayeva Nargiza Zokir qizi

Журнал универсальных научных исследований · 70-71 · 2024

Аннотация

This article analyzes researches devoted to studying the connection between features of the cerebral hemispheres and the cognitive process of pupils of preschool and primary educational institutions. Аннотатсия: В данной статье осуществлён анализ исследований, посвященных изучению связи особенностей полушарий головного мозга с познавательным процессом учащихся дошкольных и начальных образовательных учреждений. Tayanch so‘zlar: afaziya, asimmetriya, giterxronlik, izomorf va hissiy anglash, ikonik belgilar, lateratsiya profili. Key words: aphasia, asymmetry, heterochrony, isomorphic and emotional awareness, iconic signs, lateration profile. Ключевые слова: афазия, асимметрия, гетерохрония, изоморфно- эмоциональная осведомленность, иконические признаки, латерационный профиль. Sо‘nggi yillarda neyrofanlar – neyropsixologiya, neyrobiologiya, neyroxirurgiya sohasida olib borilgan ilmiy izlanishlar natijasida bosh miya yarimsharlarining еtakchiligi (dominantligi) turlicha bо‘lgan odamlarda ma’lumotlarni qabul qilish, xotirada saqlash, tushunish va о‘zlashtirish strategiyalari turlicha ekanligi о‘z tasdig‘ini topgan. Ushbu sohadagi nazariy tadqiqotlarning natijalari ta’lim jarayoniga asta-sekinlik bilan tatbiq etilayotgan bо‘lsa-da, hozirga qadar aniq amaliy va uslubiy tavsiyalar ishlab chiqilmagan. Shu sababli neyropedagogika sohasidagi mavjud nazariy bilimlarni ta’lim jarayonini intensivlashtirish, uni samarali tashkil etish hamda boshqarish uchun amaliyotga tatbiq 249 ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-1 etish pedagogika sohasidagi olimlar oldida turgan muhim vazifalardan biri bо‘lib qolmoqda. Neyropedagogikaga oid bir qator ilmiy izlanishlarda (V. L. Deglin, T. V. Chernigovskaya, V. V. Menshutkin, V. A. Moskvin, N. V. Moskvina, N. N. Nikolayenko, V. V. Ivanov, R. Sperri, Y. D. Xomskaya, I. N. Bragina, T. A. Dobroxotova va boshq.) bosh miya yarimsharlarining qaysi biri еtakchi bо‘lishi odamlarning xulq-atvori va aqliy faoliyatlarida aks etishi tadqiq qilingan. Rivojlanishida nuqsoni bо‘lgan bolalar va о‘quvchilarga ta’lim berish, ularning ma’lumotlarni qabul qilish va tafakkurining о‘ziga xos xususiyatlarini aniqlashga G. Y. Vvedenskiy, A. V. Nikolskiy, V. A. Moskvin, V. I. Golodlarning ilmiy izlanishlari bag‘ishlangan bо‘lsa, chapaqay bolalarni ta’lim muassasalarida о‘qitishni tashkil etish muammosi G. A. Antyuxin, M. M. Bezrukix, N. N. Bogdanov, I. A. Makarev, V. A. Moskvin, A. I. Semenovichning tadqiqotlarida о‘z aksini topgan. Ta’lim jarayonida bolalar nutqining rivojlanishiga bosh miya asimmetriyasi hamda chap va о‘ng yarimsharlar shikastlanishi oqibatlarining turlicha ta’sir etishi L. S. Basser, J. E. Bogen, B. T. Vouds, E. Lenneberg va A. Smitlarning izlanishlarida о‘rganilgan. Tadqiqotchilar faqatgina inson bosh miya yarimsharlari asimmetriyasini о‘rganish bilan chegaralanmasdan, miya faoliyatining ta’lim jarayoni bilan bog‘liq bо‘lgan barcha jihatlarini о‘rganishga harakat qilganlar. Izlanishlarda yarimsharlar asimmetriyasining ta’lim jarayoni bilan bevosita bog‘liqligi hamda turli psixologik tipdagi о‘quvchi-yoshlar guruhlarini testlashtirish orqali еtakchi yarimsharni aniqlash va tahlil qilish masalalari yoritilgan hamda ta’lim muammolarini hal etishga umumiy yondashilgan bо‘lib, xotira faoliyati, ma’lumotlarni qabul qilish va ularni anglash mexanizmlari tadqiq etilgan [1]. Respublikamizda mazkur sohada ta’lim sifatini oshirish (B. Xo‘jayev) va bolalarni maktabda о‘qishga tayyorlashning ayrim masalalari (J. G‘ulomov, V. Anvarova) tadqiq etilgan [2]. Yuqorida nomi keltirilgan olimlar neyropedagogikaga, eng avvalo, maktab о‘quvchilarning bilimlarni о‘zlashtirishdagi sustligi muammosining еchimi sifatida qaraganlar. Bunda pedagoglar tomonidan neyropsixologiyaga oid bilimlarning ta’lim jarayonida qо‘llanilishida, о‘quvchilarning о‘quv materiallari о‘zlashtirishlariga salbiy ta’sir kо‘rsatuvchi omillar hamda individual lateratsiya profillari tashxis qilinib yuzaga kelishi mumkin bо‘lgan muammolarning oldini olinishi nazarda tutilgan. R. Sperrining fikriga kо‘ra, bilim berish jarayoni о‘quvchilarda, asosan, tahliliy tafakkur va verbal kо‘nikmalarni rivojlantirishga qaratilgan bо‘lib, muhim noverbal 250 ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-1 kо‘nikmalarni rivojlantirish masalasi pedagoglarning diqqat markazidan chetda qolmoqda. Amaliyotda ta’lim jarayonini tashkil etishda о‘quvchi-yoshlar bosh miyasining о‘ng yarimsharlar imkoniyatlarini еtarlicha faollashtirilmasdan, asosan, chap yarimsharlar faoliyatiga kо‘proq tayaniladi. Buning oqibatida ta’lim jarayonida faqat chap yarimsharlar funksiyalarini oddiy yо‘l bilan faollashtirib, ushbu hol о‘ng yarimsharlari funksiyalari bilan о‘zaro ziddiyatli vaziyatlarni yuzaga keltirib chiqaradi, chunki shaxsning bilish faoliyatini tashkil etishda bosh miya yarimsharlari bir-biri bilan о‘zaro hamkorlikda va hamjihatlikda faol ishlashi maqsadga muvofiq bо‘lib, us

Доказательный фрагмент

«This article analyzes researches devoted to studying the connection between features of the cerebral hemispheres and the cognitive process of pupils of preschool and primary educational institutions.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article analyzes researches devoted to studying the connection between features of the cerebral hemispheres and the cognitive process of pupils of preschool and primary educational institutions. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
aphasia, asymmetry, heterochrony, isomorphic and emotional, afaziya, asimmetriya, izomorf va hissiy anglash, giterxronlik, lateratsiya profili., ikonik belgilar
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники