К содержанию
РецензированоUZ2026

“SOFVATU AT-TAFOSIR” TAFSIRIDA QO‘LLANILGAN USLUBLAR TAHLILI

Jamolova Ra’no

Развитие педагогических технологий в современных науках · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada XX-XXI asrda yashab ijod qilgan va faoliyati davomida ko’plab tafsir kioblar ta’lif qilgani sababli mufassir sifatida tanilgan olim Muhammad Ali Sobuniyning “Sofvatu at-tafosir” asari tahlil qilingan. Tafsirdagi uslublarni o’rganish tahlilning asosini tashkil qilgan. Uslublarni bir qancha manbalarga murojaat qilgan holda yoritishga harakat qilingan. Kalit so’zlar: olim, tafsir, mufassir, aqliy tafsir, naqliy tafsir, tafsiri ma’sur, tafsiri ma’qul, balog’at, munosabat ilmi, Qur’on, hadis. Muhammad Ali Sobuniy zamonaviy olimlardan hisoblanadi. U tafsir ilmiga oid o‘ndan ortiq asar yozgan bo‘lib, ulardan eng mashhuri uning “Sofvatu at- tafosir” asaridir. Mazkur tafsir Sobuniyning eng ko‘p o‘rganilgan va murojaat qilinadigan tafsirga oid asaridir. “Sofvatu at-tafosir” asari boshqa ta’lif etilgan tafsir asarlaridan uslubining osonligi, tartibi va barchaga tushunarli holda yozilgan tili bilan ajralib turadi. Muallif tafsir kitobida mutaqaddim va mutaaxxir mufassirlarning tafsirlarida kelgan ma’nolarni jamlashga harakat qilgan bo‘lib, ushbu ma’nolarni o‘quvchilarga ravshan va ravon tarzda yetkazib berishga alohida e’tibor qaratgan. Bunga erishishda esa ushbu tafsir kitobining tarkibini tuzishda o‘ziga xos uslubga tayangan. Shayx Muhammad Ali Sobuniy “Sofvatu at-tafosir” asarida shunday deb yozgan: “Men aziz kitobni tafsir qilishda quyidagi uslublar yo‘lini tutdim: Birinchi, suraning ma’nosi bo‘lib, u surayi karimaning umumiy bayoni va uning asosiy maqsadlarining sharhidir. Ikkinchi bo‘lib, avvalgi va keyingi oyatlar orasidagi munosabat. Uchinchisi – lug‘at bo‘lib, lug‘aviy kelib chiqishi va arabcha dalillari bilan keltirilgan. To‘rtinchi bo‘lib, nozil bo‘lish sababi. Beshinchi bo‘lib, tafsir. Oltinchi bo‘lib, balog‘at. Yettinchi bo‘lib, foyda va xususiyatlar” . Muallif tafsir kitobini mana shu keltirilgan tartib bilan boshlab, unga kitobning so‘nggigacha amal qilgan. Alloma o‘z tafsirida har bir surani umumiy 72 DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference muqaddimani keltirish bilan boshlagan bo‘lib, ushbu muqaddima suraning asosiy maqsadlarini jamlagan. Bu bilan tafsirni o‘quvchi suraning mavzulariga bir maromda kirib boradi va sura o‘zida mujassam qilgan asosiy g‘oyalar bilan tanishadi. Sobuniy hamma suralarning tafsirini makkiy yoki madaniylikni zikr qilish bilan birgalikda ularning nozil bo‘lgan makonini zikr qilishdan boshlagan. Bundan maqsad esa o‘quvchiga sura o‘z ichiga olgan muhim mavzular haqida umumiy su’ratni taqdim qilishdir. Zero, makkiy suralar umumiy ravishda aqidaga taalluqli bo‘lgan mavzularni muolaja qilsa, madaniy suralar shariatga oid mavzularni muolaja qiladi . Muhammad Ali Sobuniy Qur’ondagi suralar tafsirining muqaddima qismida zikr qilib o‘tgan ikkinchi masala tafsir qilinayotgan suraning asosiy mavzularidir. Ushbu mavzular oyatlar orasidagi munosabatni anglashda zarur bo‘lgan omillardan biri hisoblanadi. Imom Abulfazl Bajaliy Molikiyning ushbu gaplari bunga dalil bo‘ladi: “Jamiki Qur’ondagi oyatlar munosabatini anglashda foydali bo‘lgan ish bu sen sura unga olib boradigan asosiy mavzuga qarashing hamda o‘sha maqsad oldin kelganlardan qaysinisiga muhtoj ekanini ko‘rishingdir” . Shu kabi Sobuniy ham tafsirida suralarni qismlarga bo‘lgan hamda mana shu qismlarni munosabat ilmi vositasida bog‘lagan. Muallif har bir suraning avvalida ma’lum masalalarni muolaja qilish uchun kelgan suraning asosiy maqsadlarini zikr qilgan bo‘lib, surada iroda qilinayotgan maqsad yagona bo‘lsa ham, yoki turli maqsadlardan iborat bo‘lsa ham barini birdek keltirgan. Sobuniy suraning asosiy mavzularini zikr qilgandan so‘ng, suradagi asosiy maqsadga dalolat qilish uchun keltirilgan umumiy uslub va siyg‘alarni izohlagan. Muallif “Sofvatu at-tafosir” asarida suralarni tafsir qilishda ularning nomlanish sababini ham zikr etib o‘tgan. Faqat nomlanish sababi aniq bo‘lgan “Anfol”, “Muhammad”, “Munofiqun” va aksar qisqa suralar bundan mustasno. Suralar nomlanishining sababini keltirishda Sobuniy turli ko‘rinishlarni qo‘llagan. Jumladan, gohida suraning boshqa ismlarini zikr qilgan yoki nomlanishining tavqifiy yoki ijtihodiy ekanini zikr qilib, bunday shaklda nomlanishining bayonini ham ba’zi paytlarda keltirib o‘tgan . Alloma muqaddimada suraning bir nechta ismlarini zikr qilgan suralardan biri “Fotiha” surasi bo‘lib, muallif uning o’n sakkizta ismini sanagan: “U “Fotiha”, “Umm al-kitob”, “Sab’ al-masoniy”, “Shofiya”, “Vofiya”, “Kofiya”, “Asos” va “Hamd” deb nomlanadi”. Alloma Qurtubiy uning ismlarini sanab, ushbu suraning o‘n ikki ismi borligini zikr qilgan” . 73 DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference Muhammad Ali Sobuniy suralarning tafsiri chog‘ida yuqoridagilarga qo‘shimcha ravishda suralarning muqaddimasida ularning fazilatlarini ham zikr qilgan. Avvalgi va keyingi oyatlar orasidagi munosabat muallif tomonidan zikr qilingan uslublar orasidagi ikkinchi masala bo‘lib, ushbu qismga olim a

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada XX-XXI asrda yashab ijod qilgan va faoliyati davomida ko’plab tafsir kioblar ta’lif qilgani sababli mufassir sifatida tanilgan olim Muhammad Ali Sobuniyning “Sofvatu at-tafosir” asari tahlil qilingan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada XX-XXI asrda yashab ijod qilgan va faoliyati davomida ko’plab tafsir kioblar ta’lif qilgani sababli mufassir sifatida tanilgan olim Muhammad Ali Sobuniyning “Sofvatu at-tafosir” asari tahlil qilingan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
olim, balog’at, tafsiri ma’qul, tafsir, mufassir, tafsiri ma’sur, hadis., Qur’on, aqliy tafsir, naqliy tafsir, munosabat ilmi
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники