К содержанию
РецензированоUZ2026

MIF VA AFSONALARDA XAYOLIY OBRAZLARNING TAHLILI

Nazimova Himmatoy Komilovna

Современные подходы и новые исследования в современной науке · 2026

Аннотация

Turkiy xalqlar fol’klori bilan urf-odatlarida izlari saqlanib qolgan animistik va totemistik qarashlar qadimiy tasavvurlar sistemasini tashkil etadi. Ma’lumki, ibtidoiy inson o‘ziga noma’lum bo‘lib ko‘ringan tabiat kuchlaridan talvasaga tushar ekan, ayni paytda ularni yengishga harakat qilgan. Buning uddasidan chiqa olmay, ilojsiz qolish tabiatga sig‘inish, notabiiy ko‘ringan hodisalarga topinish, ularni madaniyat darajasiga ko‘tarishga olib kelgan. Bu hol tabiat va jamiyat hodisalariga qarashda g‘ayri ilmiy (ibtidoiy inson nazarida haqiqiy) animistik va totemistik tasavvurlarni tug‘dirgan. Ushbu maqolamizda xalq og‘zaki ijodining qadimiy janrlaridan bo‘lgan mif hamda afsonalarda keltirilgan pari, dev, yalmog‘iz, ajdarho kabi xayoliy obrazlarning xarakter-xususiyatlarini tahlil qildik. Animistik hamda totemistik obrazlarning insonlar hayotidagi o‘rniga alohida e’tibor qaratdik. Kalit so‘zlar: afsona, mif, animisti qarashlar, totemistik qarashlar, ertak. Ibtidoiy odam tabiat haqidagi tasavvurida o‘zini tabiat kuchlari va hodisalari bilan aynan bir narsa deb hisoblaydi, jonsiz narsalarga jonli deb qaraydi. Bu xildagi ibtidoiy tushunchalar kompleksi animizm nomini olgan. Uning yorqin namunasi ertaklarning qadimiy motivlarida o‘z ifodasini topgan. “Oq bilakxon” ertagida yigitning toshga aylanib qolishi, “Ochil, ochil, qamishlar”da qizning qamish orasiga kirib ketishi, “Yoriltosh”da toshning yorilish mo‘jizasi, qizni bag‘riga olib yana yopilishi, “Yalmog‘iz kampir” ertagida odamlarning toshga aylanib yotishi, “Qilich botir”da esa qahramonning joni qilichida ekanligi kabilar ana shu animistik tushunchalar natijasidir. “Yoril, yoril, toshlar-ay”, “Ochil, ochil, qamishlar”, “Sangil sopol tosh, sen menga yo‘ldosh”, “Sim-sim, och eshigingni” kabi iltijo qilib yolvorishlar o‘sha narsada jon bor degan tushunchaning obrazli ifodasidir. Yaqin kunlargacha to‘y va boshqa marosimlarda gulxan yoqish, uning atrofida aylanish, quyosh, oy tutilganda qozon, chelak, jom kabilarni chalish hollari mavjud ediki, bu, o‘sha yo‘qolib borayotgan qadimiy tasavvurlarning izlaridir. 151 CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference Ertaklarda berilgan obrazlarning tashqi qiyofasini tasvirlash barcha xalqalar og‘zaki ijodida keng tarqalgan usullardan biridir. O‘zbek xalq og‘zaki ijodida ham bu usuldan keng foydalanilgan. Masalan, “Ozadachehra”, “Guloyim”, “Farhod va Shirin” kabi ertaklarda qizlarning ta’rifi juda borttitir, “go‘zalligi oyga teng, yuzlarining yorug‘ligi kunga teng” deb ta’riflangan. Bundan tashqari “Suv qizi”, “So‘nmas gul yoki vafodor xotin” “Kambag‘al qiz” kabi ertaklarda ham “qiz o‘z husni-jamoli bilan to‘lin oyni ham uyaltiradi” deb qizlar to‘lin oyga qiyoslangan. Bizningcha, ertaklarda berilgan bunday ta’riflar “pari” obrazi hisoblanadi. Chunki parilar,asosan, go‘zal ayol timsolida tasvirlangan. Xalq og‘zaki ijodi namunalari bilan ishlagan olima A.Mo‘minovaning aytishicha, qadimgi mifologiyada parilar insonlarni har xil yovuz kuchlardan qutqaruvchi afsonaviy xaloskor sifatida tasvirlangan. Yillar davomida “pari” obrazi hyotga yaqinlashgan. Ular ham oddiy odamlarga xos xarakterlarni o‘zlarida mujassam etib brogan go‘zallik timsolida tasvirlangan. Totemizm odamning ko‘pincha bir hayvon yoki o‘simlik, ba’zan jonsiz narsa yoki tabiat hodisalari bilan aloqasi borligi haqidagi ishonch-e’tiqoddan kelib chiqqan. Turkiy xalqlar, jumladan, o‘zbek urug‘larining ota-bobolari quyosh, suv, olovga topinganlar, keyinchalik esa ot, ho‘kiz, ilon, bo‘ri, it va boshqa hayvonlarga e’tiqod qo‘yganlar. Bo‘rini balo, ofatlardan saqlovchi, himoya qiluvchi kuch, urug‘ kabilarning ajdodlari deb bilganlar. Shu tariqa totemlar yuzaga kelgan. Totem – u yoki bu urug‘ning e’tiqod qo‘ygan himoyachisidir. Totemlar bilan bog‘liq bo‘lgan bir qancha afsonalar ham mavjudki, ularda ko‘proq ot va bo‘ri madaniyati hikoya qilingan. Bo‘ri qadimgi o‘zbek urug‘lari orasida totem hisoblangan. Qadimiy manbalarda keltirilgan turk afsonalarida bo‘ri turk urug‘ining ajdodi sifatida namoyon bo‘ladi. Afsonada tasvirlanishicha, qadimgi turklar ona bo‘ridan va dushman tomonidan qirilgan urug‘ ichida tirik qolgan o‘n yoshli o‘g‘il boladan tarqalgan. Bu bolani ona bo‘ri qo‘l-oyoqlari qirqilgan holda topib olgan va uni go‘sht berib boqqan. Shundan so‘ng tog‘larning biriga kirib ketgan va u erda o‘nta bola tuqqan. Ularning har biri turk urug‘larining asoschilari bo‘lgan. Hatto Ashina ismli turk urug‘larining birida bo‘ri kallasi tasvirlangan bayroq ham bo‘lgan. Ibtidoiy kishilar og‘ir va ayanchli turmushni yaxshilashga intilganda ham bo‘riga yolvorgan va sig‘ingan. Bo‘ri bilan bog‘liq bo‘lgan e’tiqod yangi tug‘ilgan bolani salomat saqlash, yaxshi hayot kechirish, qo‘y va qoramol podalarini ehtiyotlash, dehqonchilik ekinlarini yovuz kuch ta’siridan saqlab qolishdan iborat bo‘lgan. Bo‘ri totemiga 152 CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference aloqador ba’zi ertak (“Cho‘loq

Доказательный фрагмент

«Turkiy xalqlar fol’klori bilan urf-odatlarida izlari saqlanib qolgan animistik va totemistik qarashlar qadimiy tasavvurlar sistemasini tashkil etadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Turkiy xalqlar fol’klori bilan urf-odatlarida izlari saqlanib qolgan animistik va totemistik qarashlar qadimiy tasavvurlar sistemasini tashkil etadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
totemistik qarashlar, afsona, mif, ertak., animisti qarashlar
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники