Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ABDURAUF FITRAT HAYOTI VA IJODI.
To'xtamishova Gulnora Mels qizi · Kalit so'zlar: Jadidchilik
Модели и методы в современной науке · 1918
Аннотация
Abdurauf Fitrat, haqida ma'lumotlar aytilgan. Kalit so'zlar: Jadidchilik, Turkiston, Kavkaz, Qrim, Tatariston, Abdurauf Fitrat dramaturg, filolog, tarjimon, professori, milliy, adabiyoti, ma'rifatparvarlik. Abdurauf Fitrat 1886-yili Buxoroda ziyoli oilasida tug‘ilgan. Dastlabki ta’limni Buxoro, Istambul madrasalari va dorilfununlarida oldi. U arab, fors, turk tillarini mukammal bilganligi tufayli Sharqning buyuk allomalari ijodini yaxshi o‘zlashtirdi. Adibning otasi savdo ishlari bilan shug‘ullangan bo‘lib, 1918-yilgacha Qashqarda turib qolgan. U asosan, onasi Mustafo bibi (Bibijon) tarbiyasida bo‘lib, u tufayli Bedil, Navoiy, Fuzuliy, Zebuniso, Uvaysiy kabi ulkan shoirlarning g‘azallaridan xabardor bo‘ldi. Faoliyati Fitrat 1909-yili Turkiyaga o‘qishga borib, 1913-yilgacha Istambul dorilfununida tahsil ko‘rdi. Turkiyada tashkil topgan “Buxoro ta’limi maorifi” uyushmasida faollik ko‘rsatdi. Uning ilk to‘plami 1911-yilda “Sayha” (“Chorlov”) nomi bilan chop etildi. “Sayyohi hindi”, “Munozara” kabi asarlari ham shu yillarda Turkiyada nashr etildi. Fitratning adabiy merosi rang-barang. U adib sifatida badiiy ijodning barcha turlarida qalam tebratibgina qolmay, oʻzbek adabiyotining yangi janr va turlar bilan boyishi, sheʼr tuzilishining isloh etilishi, adabiy realizmning teranlashishi, davr, jamiyat va xalq hayoti bilan bogʻliq boʻlgan muhim ijtimoiy muammolarning oʻzbek adabiyotida badiiy talqin etilishiga ulkan hissa qoʻshdi. Fitrat ijodini shartli ravishda uch davrga boʻlish mumkin: 1-davr 1909- 1916-yillarni oʻz ichiga olib, Turkiya taassurotlaridan ilhomlangan holda jadid maʼrifatparvari sifatida ijod qilgan. 2-davr 1917-1923-yillarni qamrab oladi, bu davrda Fitrat milliy istiqlol gʻoyalari bilan toʻyingan asarlar yozadi. Ijodining 3- davri 1923-1937-yillarga oid boʻlib, Shoʻro maxfiy xizmatining doimiy nazoratida boʻlgan Fitrat asosan ilmiy va pedagogik ishlar bilan shugʻullanadi. Fitrat zullisonayn adib boʻlib, adabiyotga shoir va adabiyotshunos sifatida kirib kelgan. Istanbuldagi toʻrt yillik taʼlimi davomida faqat forsiy tilda ijod qilgan. Koʻp oʻtmay u oʻzini dramaturgiya va prozada ham sinab koʻrdi. U 97 MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference „Munozara“ (dastlabki nomi „Hindistonda bir farangi ila buxorolik bir mudarrisning bir necha masalalar ham usuli jadid xususida qilgan munozarasi“) asarini Turkiyaga borishdan oldin, Uning „Munozara“ va „Sayyohi hindi“ asarlari XX asr boshlarida Turkistondagi milliy uygʻonish harakatining norasmiy dasturi boʻlib xizmat qilgan va yoshlar dunyoqarashining keskin oʻzgarishi va ularning jadidlar safiga kelib qoʻshilishiga sabab boʻlgan. Keyinchalik bu asarlar orqali Fitratni millatchilikda, turkparastlikda va islomparastlikda ayblashgan. Fitratning bizgacha yetib kelgan o’zbek tilidagi sheʼrlari, 1917- yillar va undan keyingi davrlarga oid.. Fitrat shu davrda xalqni mustamlakachilik kishanlarini parchalab, milliy istiqlol uchun kurashga daʼvat etuvchi sheʼrlar yozishga kirishgan. Ammo anʼanaviy aruz vazni, uning nazarida, bunday zamonaviy gʻoyani ifodalash, xalqni oyoqqa turgʻazish va safarbar etish kuchiga ega emas edi. Shuning uchun ham Fitrat turk va tatar sheʼriyatlarida shakllangan, oʻzbek xalq ogʻzaki sheʼriyatida ayrim unsurlari boʻlgan sochmani milliy adabiyotimizga olib kirdi. Oʻz ona diyorini ozod va hur koʻrishni orzu qilgan shoir „Yurt qaygʻusi“ deb nomlangan bir sheʼr va toʻrtta sochma yozib, ularda hurriyat uchun kurash gʻoyasini baralla kuylaydi. Nasr Fitrat nasrda ham samarali ijod qilgan. XX asrning 10-yillarida sahna asari sifatida namoyish etilgan „Munozara“ Fitratning nasrdagi ilk asaridir. „Munozara“ ham „Sayyohi hindi“ ham Fitrat publitsistikasining yorqin namunalaridandir. Fitrat keyinchalik ham ijtimoiy, huquqiy, maʼnaviy hamda estetik qarashlarini ifodalashda publitsistikadan samarali foydalandi. Faqat 20- yillarning oʻrtalariga kelibgina u „sof“ nasriy asarlarni yarata boshladi („Qiyomat“, „Meʼroj“, „Oq mozor“, „Zayd va Zaynab“, „Zahroning imoni“ va boshqalar). „Munozara“ va „Sayyohi hindi“ asarlarida koʻtarilgan milliy qoloqlik, diniy fanatizm mavzusi 20-yillar uchun ham dolzarb ahamiyatga ega edi. Fitrat bu hikoyalarida diniy syujetlardan din taʼsiriga qarshi kurashda foydalandi. Bu asarlar, ayniqsa, 1930 -yilda qayta ishlangan „Qiyomat“ xayoliy hikoyasi oʻzbek adabiyotida fantastikaning tugʻilishi va shakllanishida milliy manba boʻlib xizmat qildi. Adabiyotlar ro’yxati: 1. Internet manbaalaridan. 2. Gazeta va jurnallardan. 98
Доказательный фрагмент
«Abdurauf Fitrat, haqida ma'lumotlar aytilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюAbdurauf Fitrat, haqida ma'lumotlar aytilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Jadidchilik, Turkiston, Kavkaz, Qrim, Tatariston, Abdurauf, tarjimon, Abdurauf Fitrat dramaturg, milliy, ma'rifatparvarlik., adabiyoti, filolog, professori
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
МонографииK.J.Murodov2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025