Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
SOYA O‘SIMLIGI USTIDA OLIB BORILGAN TADQIQOTLARDA FENOLOGIK KUZATUVLAR.
FENOLOGIK KUZATUVLAR. · Raxmonov Ikrom · Dildora Xo'jabekova · Rustamova Adiba
Теоретические аспекты становления педагогических наук · 4 · 2026
Аннотация
Soya o‘simligida fenologik kuzatishlar o‘simlikning rivojlanish bosqichlarini o‘rganib, hosildorlik va agrotexnika tadbirlarini optimallashtirishda muhim ahaamiyatga ega. Ushbu kuzatishlar soya o‘sishi va rivojlanish jarayoniga iqlim, tuproq, va agrotexnik omillarning ta’sirini aniqlashga yardam beradi. Soyada fenologik kuzatuvlar o‘tkazish, o‘simlikning rivojlanish jarayonlarini tizimli ravishda o‘rganish orqali hosildorlikni oshirish va agrotexnik tadbirlarni optimallashtirishga yordam beradi. Quyida soyada fenologik kuzatishlarni qanday olib borish kerakligi haqida ma’lumotlar beriladi. Kalit so‘zlar: Soya, hosildorlik, agrotexnika, optimallashtirish, fenologik, rivojlanish, vegetatsiya davri. Aннотация: Фенологические наблюдения за растением сои имеют важное значение в изучении этапов развития растения и оптимизации урожайности и агротехнических мероприятий. Эти наблюдения помогают определить влияние климатических, почвенных и агротехнических факторов на процесс роста и развития сои. Проведение фенологических наблюдений за соей и систематическое изучение процессов развития растений способствует повышению урожайности и оптимизации агротехнических мероприятий. Ниже приведена информация о том, как проводить фенологические наблюдения за соей. Ключевые слова: Соя, урожайность, агротехника, оптимизация, фенологический, развитие, вегетационный период. Annotation. Phenological observations on soybeans play a crucial role in studying plant development stages and optimizing yield and agricultural practices. These observations help determine the effects of climate, soil, and agrotechnical factors on soybean growth and development. Conducting phenological observations on soybeans through systematic study of plant development processes aids in increasing yields and optimizing agricultural techniques. The following information describes how to carry out phenological observations in soybeans. 89 THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES International scientific-online conference Keywords: Soybean, yield, agrotechnology, optimization, phenological, development, growing season. Soya (Glycine max (L). Merr.) bir yillik dukkakli o‘simlik bo‘lib,odamlar va chorva mollari uchun asosiy oziq-ovqat manbalaridan biri bo‘lib xizmat qiladi. Soya yog‘i eng keng tarqalgan o‘simlik yog‘laridan biri bo‘lib kelajakdagi muhim bio-dizel (yoqilg‘i) hisoblanadi. Soya yetishtirish geografik jihatdan faqat to‘rtta davlatda-AQSh, Braziliya,Argentina va Xitoyda yuqori darajada to‘plangan.Faqatgina ushbu mamlakatlardagi ishlab chiqarish dunyo mahsulotining deyarli 90%ni tashkil qiladi. Xitoy va Afrikadan tashqari Osiyodagi mamlakatlar umumiy soyaning atigi 5 foizini tashkil qiladi. Moyli ekinlar orasida faqat soya fasulyesi global ishlab chiqarishning maksimal ulushiga ega (53%), undan keyin kolza xantal (15%), paxta(10%) va yeryong‘oq (9%) ((Pratap va boshq., 2012).[2] Soya doning hosildorligi ham boshqa ko‘plab ekinlarnikidan yuqori hisoblanadi. Ushbu o‘simlik donidan 400dan ortiq turdagi mahsulotlar olinadi. Bugungi kunda, jahon oziq-ovqat sanoatida sariyog‘dan tashqari, soya suti, soya oqsili, soya qo‘shimchalari va boshqa mahsulotlar keng qo‘llaniladi. Soya o‘simligi oziq-ovqatda, texnikada, konserva tayyorlashda, sut, qandolat mahsulotlari ishlab chiqarishda, yem-xashak sifatida ishlatiladi. Soyaning bunday ishlatilishi donning sifatiga bog‘liq bo‘lib tarkibida 30-52% moy bo‘ladi hamda 20% karbon suvlari mavjud. Soyaning oqsili yuqori sifatli, suvda to‘la eriydi, yaxshi hazm bo‘ladi. Gilitsin aminokislotasi ko‘p bo‘lib, bu achitishda ishtirok etib, sut-qatiq mahsulotlari ishlab chiqarishmumkin bo‘ladi. Soya donida moy, margarin, pishloq, sut, un, qandolat mahsuloti, konservalar ishlab chiqiladi. Moyi lak bo‘yog‘ sanoatida, sovun ishlab chiqarishda qo‘llaniladi, yer yuzida ishlab chiqarilayotgan o‘simlik moyining 40% ni soya moyi tashkil qiladi. Tadqiqot uslublari: Soya o‘simligini o‘rganish jarayonida fenologik kuzatuv ishlari olib boriladi. Fenologik kuzatuvlar tahlil natijalariga ko‘ra, soya nav namunalarining o‘suv davri kun hisobida ertapishar nav namunalarida 85- 90 kun, 95-105 kun, o‘rtapishar navda 108-112 kunni tashkil qilib, ertapishar va o‘rtapishar nav namunalalar bir biridan o‘suv davri kun hisobida 8-35 kungacha farq qilganligi aniqlandi. Soya nihollarini hisoblash uch muddatda : nihollar ko‘rina boshlaganda, ular qiyg‘os unib chiqqanda va to‘liq unib chiqqanda o‘tkazildi. Nihollarni hisobga olish yaganalashdan avval olindi. Tajriba maydonida barcha variantlarda ko‘z bilan chamalab, fenologik kuzatishlar o‘tkazilishi mumkin. Masalan biz olib borgan tajriba natijalarini tahlil 90 THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES International scientific-online conference qiladigan bo‘lsak, o‘simlikning unib chiqishi, birinchi uchtalik barglar hosil qilishi, g‘unchalashi, gullashi, dukkagi shakllana boshlashi, dukkagining qo‘ng‘ir rangga kirishi va pishishi qayd etilganligini ko‘rdik. Soya navlari
Доказательный фрагмент
«Soya o‘simligida fenologik kuzatishlar o‘simlikning rivojlanish bosqichlarini o‘rganib, hosildorlik va agrotexnika tadbirlarini optimallashtirishda muhim ahaamiyatga ega.»
Образец извлечения
Демо-превьюSoya o‘simligida fenologik kuzatishlar o‘simlikning rivojlanish bosqichlarini o‘rganib, hosildorlik va agrotexnika tadbirlarini optimallashtirishda muhim ahaamiyatga ega. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Soybean, yield, agrotechnology, optimization, phenological, vegetatsiya davri., rivojlanish, optimallashtirish, agrotexnika, fenologik, hosildorlik, Soya
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026