К содержанию
РецензированоUZ2009

KANOP O`SIMLIGIDAN ISHLAB CHIQARISH, TEXNIKA, YENGIL SANOAT VA ELEKTR ENERGIYASI SOHASIDA FOYDALANISH

Barotova Muqaddas Orifovna

Академические исследования в современной науке · 2009

Аннотация

Today, like other industries, hemp production is developing day by day. As a result of the laws, decisions and doors opened for entrepreneurs in our country, the work covering a number of areas is being carried out effectively. Keywords: The hemp industry, production, hygroscopicity, resistant plant, technology, development. Аннотация: Сегодня, как и другие отрасли, производство конопли развивается с каждым днем. Благодаря законам, решениям и дверям, открытым для предпринимателей в нашей стране, работа по ряду направлений ведется эффективно. Ключевые слова: Конопляная промышленность, производство, гигроскопичность, устойчивый растение, завод, технология, развитие. Mamlakatimizda yengil sanoat va boshqa ishlab chiqarish sektorlari keng rivojlanib bormoqda. Jumladan kanop, paxtachilik, don mahsulotlaari sanoatida import hajmi keskin kamayib, eksport ulushi o’sib bormoqda. 2009-yil 6-mayda O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining buyrug‘iga asosan “Kanop-jut ishlab chiqarish korxonalari xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalarini tasdiqlash haqida buyruq ishlab chiqilgan. Unga ko`ra Kanop-jun ishlab chiqarish korxonalari xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlandi. Shu kundan boshlab kanopchilikka bo`lgan e`tibor tubdan o`zgardi desak mubolag`a bo`lmaydi. MAVZUNING DOLZARBLIGI 87 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference Yuqori sifatli tola olish uchun xo’jalikda g’o’za va kanopning tezpisharligi, hosildorligi, kasalliklarga, joyning tuproq-iqlimi va boshqa noqulay sharoitlarga chidamliligi-bularning hammasi g’o’zaning eng maqbul seleksion navlarini tanlash va ulardan oqilona joylashtirishga bog’liq. Boshqa tolalar kabi, kanop tolasi ham xalq xo’jaligining ko’pgina tarmoqlarida ishlatiladi. Qop-qonorbop material to’qish, arqon va kanop iplar eshish, texnika materiallari (brezent va boshqalar), mebelbop materiallar va gazlamalar to’qishda kanop tolasi asosiy mahsulot hisoblanadi. Kanop tolasining ajoyib xususiyati – uning gigroskopikligidadir.: u havodagi namning ma’lum qismini o’ziga olib, ortiqcha namni o’zi orqali o’tkazmay ushlab qoladi. Bundan tashqari, kanop tolasida mayda tukchalar bo’lmaydi. Shuning uchun bunday toladan ishlangan qoplarga solingan qand, shakar, un va sement kabi mahsulotlar namgarchilikda ham quruq turaveradi hamda ifloslanmaydi. Kanop poyasidan ajratib olinadigan tola miqdorini oshirish va sifatini yanada yaxshilash, mashinalarning ish unumdorligini oshirish va ularni takomillashtirish kabi ishlarni muvaffaqiyatli bajarish uchun kanop zavodlarida ko’pgina tadbirlarni amalga oshirish kerak bo’ladi. Bu tadbirlar ichida eng muhimi kanop zavodlari uchun malakali injener-texnik kadrlar, uni sifatli qayta ishlash uchun tarmoqni yaxshi biladigan mutaxassislar hamda kanop zavodi ishchilarining texnik va nazariy saviyasini talab darajasida oshirish muhim ahamiyatga ega. Bundan tashqari kanop poyalarni pishganligini belgilashda, kanop poyadan po'stloqni ajratish, uni quritish va navlarga ajratish ishlarida xo'jaliklarga yaqindan yordam beradilar. Zavodga poya va po'stloq odatda, avgust, sentyabr, oktyabr, qisman iqlim sharoitiga qarab noyabr oylarida keltiriladi va ular bir necha oy, qayta ishlashga yuborilguncha maxsus tayyorlangan joylarda saqlanadi. MUAMMO MUHOKAMASI VA METODLAR Kanop poyani dastlabki ishlash zavodlari xom ashyoni kanop yetishtiruvchi xo’jaliklardan oladi. Tayyorlangan mahsulotni esa to’qimachilik sanoati korxonalariga yuboriladi. Bunda har ikkala tomon xam standartga asoslanadi. Tayyor tolali xomashyoni baholashdan asosiy maqsad uning texnik qiymatini, qancha va qanday sifatda mahsulot olish mumkinligini aniqlash hisoblanadi. Kanoppoya va ko’k po’stloqni baholashda, asosan, undan olinadigan uzun tolaning sifati hamda miqdori e’tiborga olinadi. Bu esa ko’p faktorlarga bog’liq. Ekish va parvarish vaqtida hamma maydondagi kanop o’simligiga sharoitlarini bir xilda yaratib bo’lmaydi. Shuning uchun kanoppoya har xil morfologik belgilarga ega bo’ladi. Ulardan texnologik ahamiyatga ega bo’lgan asosiylari 88 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference poyaning uzunligi, yo’g’onligi va rangidir. Uzun kanoppoyada tola tutamlari eng zich, pishiq va elementar tolalari uzun bo’ladi. Undan ko’p miqdorda, pishiqligi yuqori bo’lgan sifatli uzun tola olish mumkin. Shuning uchun, odatda, uzun poya yuqori baholanadi. Tola miqdori va sifatiga qarab poyaning yo’g’onligi uzunligiga teskari proporsional bog’lanishda bo’ladi. Juda yo’g’on poyalardan kam miqdorda, sifatsiz tola olinadi. Buning sababi shundaki, juda yo’g’on poyalar asosan yog’ochlik hisobiga yo’g’onlashgan bo’lib, unda tola dastalari siyrak joylashadi, poyada tola dag’al bo’ladi. Kanopning o’sishi davrida sog’lom kanoppoyalari orasida birmuncha tolasi pishib yetilmagan, uzun bo’lishiga qaramay 3-4 mm yo’g’onlikka ega bo’lgan zaif poyalar (podgonlar) ham uchraydi. Normal o’sgan poyala

Доказательный фрагмент

«Today, like other industries, hemp production is developing day by day.»

Образец извлечения

Демо-превью

Today, like other industries, hemp production is developing day by day. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
The hemp industry, production, hygroscopicity, resistant plant, gigroskopiklik, rivojlanish., chidamli o`simlik, texnika, Kanopchilik, ishlab chiqarish
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники