К содержанию
РецензированоRU2026

MAQOLLARDA AYOLLARNING MILLIY-MADANIY ETАLON SIFATIDA AKS ETISHI

Rohilabonu G‘o‘chchiyeva

Инновационные исследования в современном мире: теория и практика · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada ingliz va o‘zbek frazeologik qatlamlari gender tadqiqotlari nuqtai nazaridan o‘rganiladi. Mazkur madaniyatlarda ayollik va erkaklik olami lisoniy tasvirining gender tahlili har xil til vakillarining umumiy va farqli xususiyatlarini aniqlash imkonini beradi. Ingliz va o‘zbek frazeologik birliklari va paremiyalarining gender tahlili natijalariga koʼra har ikki tilda ham ayolning salbiy ifodasi uning ijobiy ifodasidan ustun turishi aniqlanadi. Bu jamiyat aʼzolarining salbiy xususiyatga nisbatan munosabatini belgilaydigan alomatdir. Kalit so‘zlar: maqol, gender tilshunosligi, ayol obrazi, ijobiy obraz, salbiy obraz, gender ko‘rsatgich, lingvomadaniyatshunoslik, mintalitet. Ingliz frazeologik birliklarida gender ko‘rsatkich faqat leksik-semantik jihatdan namoyon bo‘ladi, buni ingliz tilida rod grammatik kategoriyasining yo‘qligi sababli aniq bo‘lgan rod farqlarining mavjud emasligi bilan izohlash mumkin. Gender ko‘rsatkichlar sifatida ayol va erkak jinsini ifodalovchi leksemalar yoki frazeologik birliklar semantikasida mavjud bo‘lgan ma'noli komponentlar namoyon bo‘ladi. Rod grammatik kategoriyasiga ega bo‘lmagan tillarda tabiiy jins til tizimida grammatik ifodaga ega emas va asosan leksik semantika orqali ifodalanadi. Bundan kelib chiqib, tadqiq etilayotgan til manbalarining ifoda va mazmun plani gender ko‘rsatkichga ega bo‘lishi kerak [6]. Ingliz tilida grammatik rodning mavjud emasligini hisobga olganda, frazeologik birliklarning ifoda jihatidagi gender ko‘rsatkich muhim hisoblanadi. I.V. Zikova ifoda jihatining leksemalari majmuini quyidagi uch asosiy guruhga ajratadi: 1) antropometrik leksemalar; 2) qarindoshlik munosabatlarini ifodalovchi leksemalar; 3) antroponimik leksemalar [7]. Antropometrik leksemalar A.V. Silinskiyning “Речевая вариативность” (1995) monografiyasida tilga olinadi va uning ostida shaxslarning jinsi va yoshiga qarab nomlovchi otlar nazarda tutiladi” [1]. I. Zikova fikriga ko‘ra, girl – boy, lady – gentleman, Miss – Mrs – Mr va h.k. so‘zlar anropometrik leksemalar guruhiga kirib, bu guruhga kiruvchi so‘zlarning asosiy qismini juft so‘zlar, ya'ni maskulin rod so‘zlari va ulardan yasalgan feminin rod so‘zlari tashkil etadi, masalan: prince – princess; duke – duchess va h.k. Supletiv shakllangan genderli juft so‘zlar nisbatan kamchilikni tashkil etadi: boy – girl, gentleman – lady kabi. Oila va qarindoshlik munosabatlirini ifodalovchi gender ko‘rsatkichli leksemalarning barchasini suppletiv shakllangan oppozitsion juftliklar tashkil qiladi: mother – father, daughter – son, aunt – uncle kabilar. Genderli antroponimlarning vujudga kelishi quyidagicha izohlanadi: 1) Kommunikativ jarayonlar natijasida hosil bo‘lgan antroponimlar Tom, Dick and Harry – har kim, hamma, birinchi uchragan, oddiy odam. 133 2) Ijtimoiy hayotning har xil sohasida mashhur shaxslarning tarixiy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan antroponimlar [2]. Tadqiqotimiz uchun asosiy manba bo‘lib A.V. Kuninning “Англо-русский фразеологический словарь” (1984) va Oxford Soncise Dictionary of Proverbs (2003) lug‘atlari xizmat qildi. Ushbu lug‘atlardan yaxlit tanlab olish metodiga asosan mingga yaqin frazeologik birlik tanlab olindi. Tanlov mezoni sifatida frazeologizmlarning formal-semantik jihati xizmat qildi, boshqacha qilib aytganda, ifoda va mazmun planida gender ko‘rsatkichlarni qamrab olgan frazeologizmlar tanlab olindi. Masalan: The man is as old as he feels, the woman as she looks – erkak kishining yoshi o‘zini qanday his etishiga qarab aniqlanadi, ayolniki esa ko‘rinishiga qarab. Maqolada ingliz va o‘zbek tillari frazeologizmlari va paremiyalari quyidagi semantik jihatdan ajratilgan konseptual qatlamlarda tahlil etildi: erkak va ayollarning ijtimoiy xususiyatlarini (ijtimoiy maqomi, ijtimoiy faoliyati) ifodalovchi konseptual qatlam, ayol va erkaklarning psixologik xususiyatlarini (fe'l-atvori, xulqi) ifodalovchi konseptual qatlam, ayol va erkaklarning fiziologik xususiyatlarini (tashqi ko‘rinish) ifodalovchi konseptual qatlam. Insonning ijtimoiy maqomi uning demografik belgilari bilan birgalikda jamiyatda tutgan o‘rni bilan ham belgilanadi, ya'ni iyerarxik dunyoda shaxsning ijtimoiy faoliyati, oilaviy va ijtimoiy maqomi kabi belgilarning o‘zaro munosabatlari ko‘rib chiqildi. Erkaklarning ijtimoiy faoliyatini tasvirlovchi frazeologik birliklarning tahlil natijasi qiziqarli maʼlumot berdi: brother in arms – “jangovor doʼst”; gentleman at large – “zodagon”. Erkak mard, jasur shaxs sifatida: a knight in shining armour – “ritsar, oliyhimmat inson, oliyjanob kishi”; a man’s man – “mard, qoʼlidan har ish keladigan odam”. Rahbar shaxs sifatida: old man – “xoʼjayin, shef”; man on horseback – “hukmdor”; strong man – “yakka hokim, oʼz amrini oʼtkazuvchi”; lord of creation – “yaratuvchi erkak”. Huquqshunos, siyosatchi, madaniyat arbobi, shifokor va h.k. sifatida: gentleman of the long robe – “mantiyalik jentlmen, yurist”; a butter and egg man – “teatr sahnalarini mablagʼ bilan taʼminlovchi ishbilarmon odam”; advance agent – “k

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada ingliz va o‘zbek frazeologik qatlamlari gender tadqiqotlari nuqtai nazaridan o‘rganiladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada ingliz va o‘zbek frazeologik qatlamlari gender tadqiqotlari nuqtai nazaridan o‘rganiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
gender tilshunosligi, mintalitet., maqol, ijobiy obraz, ayol obrazi, lingvomadaniyatshunoslik, salbiy obraz, gender ko‘rsatgich
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники