Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MAMLAKAT TARAQQIYOTIDA HUQUQIY ONG VA HUQUQIY MADANIYATNING O‘RNI
ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · MADANIYATNING O‘RNI (in-academy.uz/index.php/si) · Aburaxmonov Samariddin Sardorbek o‘g‘li (in-academy.uz/index.php/si)
Наука и инновация · 2026
Аннотация
this article highlights the concepts of legal consciousness and culture, criteria for the formation of legal consciousness and culture of youth, as well as the basis for the effectiveness of the formation of legal culture among people. Kalit soʻzlar: huquqiy ong, huquqiy madaniyat, huquqiy bilim, huquqiy hujjatlar. Ключевые слова: правосознание, правовая култура, правовые знания, правовые документы. Key words: legal consciousness, legal culture, legal knowledge, legal documents. Huquqiy ong va madaniyat tushunchalari mohiyatan nimani anglatishiga bir qator to‘xtalib o‘tsak. Adabiyotlarda huquqiy ongga ijtimoiy ong shakllaridan biri sifatida qaraladi. U kishilarda huquqqa, qonunchilikka, huquq-tartibotga va boshqa huquqiy hodisalarga nisbatan bo‘lgan g‘oyalar, his-tuyg‘ular, tasavvurlar yig‘indisidir. Huquqiy madaniyat esa kishilarning huquqiy bilim darajasi, huquqqa nisbatan ongli munosabati, huquqni hurmat qilishi va unga rioya qilishi tushiniladi. Huquqiy madaniyat qachon shakllanib boradi, qachonki insonlar kitob o‘qisa, qonunchilik sohalaridagi yangiliklar bilan tanishib borsa, huquqlarini mustahkam bilsa va majburiyatlarini vijdonan bajarsa inlonlarda huquqiy ong va madaniyat tizimli ravishda shakllanib boradi hamda bu holat qadriyatga aylanadi. Huquqiy ong - bu qonunga, davlat organlari faoliyatiga, shuningdek, shaxslarning huquqiy tartibga solish sohasida sodir etilgan harakatlariga munosabatni ifodalovchi gʻoyalar, gʻoyalar, his-tuygʻular, his-tuygʻular yigʻindisidir. Huquqiy ongning ijtimoiy ong shakli sifatidagi oʻziga xosligi uning odamlarning ijtimoiy va individual hayotining intellektual ifodasi ekanligida namoyon boʻladi. Huquqiy ong huquq tizimining quyidagi elementlari bilan chambarchas bogʻliq: huquqiy normalar, huquqiy tamoyillar, huquqiy munosabatlar, huquq ijodkorligi jarayonlari va boshqalar1. 1 https://cyberleninka.ru/article/n/huquqiy-ong-va-huquqiy-madaniyat-shakllari-rivojlanish-bosqichlari/viewer 38 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si Huquqiy madaniyat - huquqiy ongni amalga oshirish. Boshqacha qilib aytganda, huquqiy madaniyat - bu huquq ijodkorligi faoliyati natijalarida, huquqni qoʻllash jarayonida ifodalangan obʻektivlashtirilgan huquqiy ongdir2. Ta’kidlashimiz lozimki, hozirgi globallashuv davrining ajralmas bo‘lagi hisoblanadigan ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy tarmoqlar hammamiz uchun odatiy kun yuklamalariga aylanib bo‘ldi. Endi biz bu sohada mazmunli manbalardan foydalanishimiz maqsadga muvofiq hisoblanadi. Insonlar turli saytlar va ijtimoiy tarmoqlar orqali o‘zingin huquq va majburiyatlarini bilishi va amaliyotda qo‘llay olish imkoniyati mavjud. Shulardan biri Adliya vazirligining rasmiy veb-sayti, “Lex.uz”, “advice.uz va boshqa manblar ahamiyatlidir. Bundan tashqari Adliya vazirligi tomonidan yaqinda taqdimoti bo‘lib o‘tgan va huquqiy masalalarga javob topishga ko‘maklashadigan “LexAI” platformasi ishga tushirildi. Bu tarmoqlar huquqiy ong va madaniyatni shakllantirishda muhim omil hisoblanadi. Shunga o‘xshash rasmiy internet saytlari, turli ijtimoiy tarmoqlar oddiy aholiga tushunarli bo‘lishini ko‘zlab yangi qabul qilinayotgan qonunlarga oddiy tilda sharh berib kelmoqdalar. Mazkur saytlardan va portallardan unumli foydalanishni bilishi kerak, e’tibor bersak saytlarda huquqiy ma’lumotlar ma’lum klassifikator asosida sodda tilda joylashtirilgan, ya’ni portallarda mehnat qonunchiligi, chet elda ishlash tartibi - migratsiya, pasport tizimi, oila munosabatlari, uy-joy, kommunal xo‘jalik, fuqarolar tadbirkorligi, ijtimoiy himoya masalalari, sog‘liqni saqlash, bank, soliq masalalari, transport sohasidagi qonunchilik, davlat xizmatlari, iste'molchilar huquqlarini himoya qilish, ta’lim qonunchiligi, sud-huquq masalalari, huquqiy himoya, majburiy ijro byurosi, nizolarni hal qilish, harbiy xizmat haqida huquqiy ma’lumotlar olish imkonini beradi. Xorijiy tajribalarni o‘rganish barobarida bir necha qiziqarli modellarga guvoh bo‘lishimiz mumkin. Ularning eng yorqinlaridan biri “Street law” loyihasidir. Ingliz tilidan tarjima qiladigan bo‘lsak, “ko‘cha huquqi” ma‘nosini anglatuvchi dastur orqali, huquqshunoslar, organ xodimlari va huquqiy savodxonligi yuqori bo‘lgan volontyorlardan tashkil topgan guruh orqali xalqqa o‘zlarini qiynab kelayotgan savollarga javob topishni, qonunchilik bilan ishlashning oddiy usullarini o‘rgatadilar. Bu dastur o‘z maqsadiga ko‘ra o‘quvchi yoshlarning ayniqsa, oddiy insonlarning huquqiy ongi va madaniyatini o‘stirishda beqiyos hissa qo‘shadi. Uning asosiy maqsadi – o‘quvchi yoshlarning hamda jamiyatdagi insonlarning amaliy tajribalari, talab va takliflarini organib chiqqan holda barchaga huquqiy bilim va ko‘nikmalarni berib borish hisoblanadi. Yoshlar huquq va qonun, to‘g‘rilik va yolg‘on kabi huquqiy tushunchalar bilan birga huquqiy qadriyatlarni bilishi va ularga amal qilish tajribasiga ega bo‘lishi ahamiyatlidir. Mamlakat taraqqiyotida insonlarda huquqiy ong va huquqiy madaniyatning shakllanishi muhim
Доказательный фрагмент
«this article highlights the concepts of legal consciousness and culture, criteria for the formation of legal consciousness and culture of youth, as well as the basis for the effectiveness of the formation of legal cul…»
Образец извлечения
Демо-превьюthis article highlights the concepts of legal consciousness and culture, criteria for the formation of legal consciousness and culture of youth, as well as the basis for the effectiveness of the formation of legal cul… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- legal consciousness, legal culture, legal knowledge, legal documents, huquqiy madaniyat, huquqiy ong, huquqiy bilim, huquqiy hujjatlar.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Лучшие интеллектуальные исследованияAhadova Farida Muхiddin qizi2025
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026