Современные тенденции инновационного развития науки и образования в глобальном миреMAKTABGACHA TA’LIM, SHODIYEVA G. +32026
Mumtoz qofiyа ayblari (nuqson) nazariyаsiga oid qarashlarning qiyоsiy tadqiqi
XALQARO ILMIY-AMALIY ANJUMAN · QARASHLARNING QIYОSIY TADQIQI · Orzigul HAMROYEVA Jalolovna
in Library · 2024
Аннотация
Arabic and novice poets cite inconsistencies in rhyming movements and letters as rhyme faults. Usually, rhyming faults (defects) are associated with changes in rhyming movements. In rare cases, discrepancies in rhyming letters are cited as rhyming faults. Because poets considered the difference of rhyming letters as a very big drawback. Therefore, there is usually no variation in rhyming letters. The article compares scientific-theoretical views on rhyme errors in Arabic, Persian and Turkish treatises on poetics. Key words: rhyming letters, rhyming movements, risola, iyto, synod, ikfo, iqvo. Mumtoz qofiyaga oid arabiy, forsiy, turkiy risolalarda qofiya ayblari maxsus “bo‘lim”, “fasl”, “harf”larda izohlangan. Abu Abdulloh Xorazmiy “She’riy nuqsonlar”, Shamsiddin Qays Roziy “She’riy nutqda qofiyadagi nuqsonlar haqida”, Nosiriddin Tusiy “Dar uyubi qavofiya”, “Dar uyubi qavofi porsi”, Jomiy “Fasl” Faxri Isfahoniy “Qofiya ayblari” Atoulloh Husayniy “Risolai qofiya” asarining 7-qismi (7-harf)ni qofiya ayblari tadqiqiga bag‘ishlasa, “Funun ul- balog‘a” va “Badoe ul-afkor” risolalarida qofiya harakatlari tarkibidagi kamchiliklar sifatida qofiya nuqsonlari izohi beriladi. Risolalarning aksariyatida qofiyaning 4 nuqsoni ta’rifi keltiriladi: iqvo, ikfo, sinod, iyto. Shamsiddin Qays Roziy, Nosiriddin Tusiy, Faxri Isfahoniy qofiyaning to‘rt nuqsoniga qo‘shimcha tarzda uch qofiya nuqsonini izohlaydi: munoqaza, tazmin, taxli’. Aslida qofiya aybi sifatida keltirilgan munoqaza, tazmin, taxli’ qofiyadan ko‘ra ko‘proq she’riy janrlar bilan bog‘liq kamchiliklar sanaladi [5: 190]. Iqvo. “Iqvo” so‘zining ma’nosi manbalarda turlicha izohlanadi. Bu so‘z arab tilida اوقا – “o‘ralgan arqonni yechish”, “arqonni teskari tomonga buralishi” [9: 160], “ipni qayta berish” [8: 73] ma’nolarida ishlatiladi. “Iqvo” so‘zi leksik jihatdan “tugagan zahira” ma’nosini ham bildiradi [2: 34]. Lug‘atlarda “xoli qilmoq”, “tark qilmoq” ma’nosida ham keladi. B.Sirus uni aqvo deb ataydi [7: 56]. Risolalarda hazv va tavjihning noo‘xshashligi iqvo sifatida keltiriladi. Qiyosiy tadqiqqa tortgan manbalarning aksariyatida hazv (ridf va qayddan oldingi harakat – O.H.)harakati izohida quyidagi baytdagi qofiyadosh so‘zlar namuna sifatida keltiriladi: Har vazir va muftiy va shoir ki u Tusiy bud. Jo‘n Nizomulmulk va G‘azzoliy va Firdavsiy bud. 420 “JAHON ADABIYOTI VA QIYOSIY ADABIYOTSHUNOSLIKNING DOLZARB MASALALARI” XALQARO ILMIY-AMALIY ANJUMAN 2024-YIL 7-8-MAY Baytdagi qofiyadosh so‘zlar یسوط – یسودرف Tusiy so‘zidagi “zamma” (u unlisi) Firdavsiy so‘zidagi “vov”dan oldingi “fatha” (a unlisi) bu holatni yuzaga keltirgan. Az g‘usa hijron tu dil bur doram, Payvasta az on diyda ba xun tar doram [5: 148]. Baytda qofiyadosh so‘zlar sifatida taqdim qilingan bur (رب) va tar (رت) so‘zlaridagi raviydan oldingi harakat, ya’ni tavjihning turli harakatlar bilan ifodalanishi qofiya aybi sifatida iqvo sanaladi. Arab shoirlari majro, raviy harakatidagi noo‘xshashlikni ham iqvo nomi bilan atashgan (“Al-mo‘jam”, “Me’yor ul-jamoli”, “Badoe ul-afkor” – O.H). Biroq fors shoirlari raviydan keyingi harakatdagi turlichalikni juda katta kamchilik sifatida baholab, bunday so‘zlarni o‘zaro qofiyadosh so‘z sifatida keltirish noto‘g‘ri ekanligini ta’kidlashgan. Chunki raviydan keyingi harf va harakatlarning takrori muhim sanaladi. Abu Abdulloh Xorazmiy iqvo sifatida munzilu – manzili qofiyadosh so‘zlarni keltiradi. Qofiyadosh so‘zlarga izoh chog‘ida “alif”, “vov”, “yo”lar o‘rtasidagi ixtilof juda og‘ir ekanligini aytib, iqvodan ko‘ra nuqsoni ko‘proq ekanligini ta’kidlab, “isrofdir” deb ta’rif beradi. Nosiriddin Tusiy “Dar uyubi qavofiya”, “Dar uyubi qavofi porsi” sarlavhalari ostida qofiya ixtiloflarini tushuntirar ekan, ularning ilmiy atama sifatidagi nomlarini keltirmaydi. “Qofiya ayblaridan biri”, “ikkinchisi” so‘zlari orqali ularning xususiyatlarini ochib beradi. Fors shoirlari qofiya ayblari orasida to‘rt qofiya nuqsoni ustida bahs yuritadilar. Tusiy ularning dastlabkisi sifatida ridf bilan bog‘liq aybni keltiradi [6: 127]. Ridf bilan bog‘liq nuqsonning ikki turini farqlaydi. 1. Hazvning ixtilofi: mard – durd – vird qofiyadosh so‘zlardagi “fatha” (a unlisi), “zamma” (u unlisi), “kasra” (i unlisi)ning o‘zaro nomuvofiqligi fors shoirlari tomonidan qofiya aybi sifatida keltiriladi. Yoki mutlaq qofiya sifatida keladigan dasta – rusta – basta so‘zlaridagi harakatlar ham iqvo sanaladi. 2. Ridf va maxrajdagi harfdagi nuqson: zohirtar – kabehtar so‘zlaridagi ridf va “re” va “ho”dagi turlichalik qofiya aybi sifatida ko‘rsatiladi. Biroq bu kabi holatlar kamdan kam uchraydi. Dur – sho‘r; shir – she’r so‘zlarini harakatlardagi ixtiloflar fors shoirlari she’rlarida ko‘p uchraydi. Tusiy ikkinchi turdagi qofiya ayblarini to‘rt turga bo‘lgan holda taqdim qiladi. Ularning birinchisi sifatida tavjihdagi ixtilofni keltiradi. Axtar – unsur – shoir so‘zlari o‘zaro qofiyadosh so‘zlardagi harakatlarning ixtilofi qofiya aybini yuzaga keltirgan. Olim “re” – raviy mutharrik bo‘lsa, bu so‘zlardagi raviydan oldingi
Доказательный фрагмент
«Arabic and novice poets cite inconsistencies in rhyming movements and letters as rhyme faults.»
Образец извлечения
Демо-превьюArabic and novice poets cite inconsistencies in rhyming movements and letters as rhyme faults. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- rhyming letters, rhyming movements, risola, iyto, synod, ikfo, iqvo, рифмующиеся движения, qofiya harflari, рисола, sinod, qofiya harakatlari, рифмующиеся буквы
Смежные источники
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025