К содержанию
РецензированоUZ1999

Fitratning adabiy tur va janrlarga munosabati

Orzigul HAMROYEVA

in Library · 1999

Аннотация

O‘z davrining yirik olimi sifatida Abdurauf Fitrat ilmiy risola va maqolalaridagi adabiy tur va janrlar, ularning ilmiy-nazariy qoidalari va amaliy tatbig‘i tadqiqiga oid tahlillar adabiyot nazariyasiga oid tadqiqotlar uchun muhim ahamiyatga ega. Maqolada olimning bu boradagi ilmiy qarashlari tadqiq etiladi. Kalit so‘zlar: adabiy tur, janr, lirika, yurakchilik, rivoya, tomosha, drama, nazm, nasr. Adabiy tur va janrlar masalasi, unga doir tahlillar Fitrat ilmiy maqola va risolalarining asosini tashkil etadi. Olimning “Adabiyot qoidalari” asarida badiiy adabiyot, uning shakllari, adabiy tur va janrlariga umumiy qarash yetakchilik qilsa, “Navoiyning forsiy shoirlig‘i ham uning forsiy devoni to‘g‘risida”, “Qutadg‘u bilig”, “Hibat ul-haqoyiq”, “Chig‘atoy adabiyoti”, “XVI asr so‘ngra o‘zbek adabiyotig‘a umumiy bir qarash”, “O‘zbek shoir Turdi”, “Muhammad Solih”, “Mashrab”, “Fors shoiri Umar Xayyom”, “”Farhod va Shirin” dostoni haqida”, “She’r va shoirlik”, “Ahmad Yassaviy maktabi shoirlari to‘g‘risida tekshirishlar” kabi maqolalarida lirik janrlarning poetik tahliliga oid ilmiy-nazariy qarashlar asosiy o‘rinni egallaydi. Fitrat badiiy adabiyot tushunchasi va unda yozma va el adabiyotining o‘z o‘rni borligini “Adabiyot qoidalari” asarida atroflicha tahlilga tortgan. Olim e’tiborga tortgan dastlabki masala: yozma va el adabiyotining farqli jihatlari nimalarda ko‘rinadi? Bu ikki turdagi adabiyotni shakliga ko‘ra ajratish qay darajada to‘g‘ri bo‘ladi? Bu borada Fitrat Vadud Mahmud fikrlarini o‘rtaga tashlaydi. Vadud Mahmudning “Navoiygacha bo‘lgan turk adabiyoti” maqolasida el adabiyotining xususiyatlari to‘g‘risida fikrlari keltirilgan bo‘lib, Fitrat tomonidan ahamiyatli deb topilgan bu yondashuv “Adabiyot qoidalari”da tahlilga tortilgan [2, 18]. Unga ko‘ra ikki olim ham el adabiyotining qay shaklda (og‘zaki, yozma) yaratilgani bu ikki turga ajratilishiga asos bo‘la olmasligini ta’kidlaydilar. Deylik, bir asar yozma shaklda yaratilib, yo‘qolsa, keyinchalik uning parchalari og‘izdan og‘izga ko‘chib, muallifi unutilishi va el adabiyotiga aylanishi mumkin. Yoki aksincha maqol, matal, dostonlar keyingi avlodga yozma shaklda yetib kelishi - tabiiy jarayon. Shu sabab bilan Fitrat el adabiyotining asosiy xususiyati shakli, muallifi ma’lum yoki ma’lum emaslikda deb belgilash noto‘g‘ri ekanligini ta’kidlab, fikrining isboti sifatida Muqimiy, Furqat, Haziniy kabi ijodkorlarning bir qancha she’riy parchalari ommalashib, el adabiyotiga aylanib ketganini keltiradi. Shu asosda el adabiyotining maxsus janrlari va ularning tahliliy natijalari asosida ilmiy xulosalarini taqdim etadi. Fitrat yozma adabiyotning deyarli barcha janrlariga oid parchalarini tahlilga tortgan va janrlarning ilmiy-nazariy qoidalarini salaflari manbalaridagi xususiyatlari bilan qiyosiy o‘rgangan, davriy yangilanish va tadrijiy xususiyatlarini qayd qilgan. Fitrat yozma adabiyotning uch adabiy turini o‘ziga xos tarzda nomlaydi: 1. Yurakchilik – lirika 2. Rivoya – epos 3. Tomosha [6, 78] ~ 59 ~ Olim adabiy turlarni ularning xususiyatidan kelib chiqib nomlaydi. Lirika tuyg‘uni ifoda etishi, nasr voqeani bayon qilish, dramaturgiya ko‘rsatib berishga asoslangani bois ayni atamalar tanlangan. Fitrat tomosha deb nomlagan adabiy tur adabiyotchilar tomonidan drama deb nomlanishi, drama keng ma’noda adabiy tur, tor ma’noda dramaturgiyaning bir janri sifatida ishlatilishini ta’kidlab, qiyinchilik tug‘dirmasligi uchun drama so‘zini tor ma’noda qo‘llashni afzal ko‘rganligini izoh sifatida keltiradi. Fitrat dramaga voqeaning tasviri shoir, yozuvchining tilidan emas, shu voqeaga aralashgan kishilar tilidan bayon qilinishiga asoslanuvchi adabiy tur deya ta’rif beradi. Fitrat XX asr boshlarida dramaning yorqin namunasini yaratgan ijodkor sifatida drama muvaffaqiyatini ta’minlovchi asosiy sabablardan biri sifatida dramaturg va aktyorlarning o‘z vazifalarini mahorat bilan bajarishlarini ko‘rsatadi va shu bilan birgalikda muvaffaqiyat shartlari keltiriladi: 1. To‘lalik 2. Birlik 3. To‘g‘rilik. Bu uch shart dramatik asarni mukammal yaxlit asar sifatidagi takomilini ta’minlab beradi. Unga ko‘ra asarda qahramonlarning xarakterlari to‘la ochilgan bo‘lishi(to‘lalik), asardagi har bir tasvir, voqelik bir-biriga bog‘langan bo‘lishi(birlik), tabiiy bo‘lishi(to‘g‘rilik) drama muvaffaqiyatini ta’minlab beradi. Fitrat dramaturgiyaning komediya, tragediya, drama janrlari va ularning o‘ziga xos xususiyatlari va tarkibiy qismlari borasida yetarlicha ma’lumotlar keltiradi. Adabiyotshunoslar tomonidan badiiy asarning tarkibiy qismlari sifatida taqdim qilingan boshlanma, voqealar rivoji va tugallanma dramatik asarda Fitrat tomonidan 1. bog‘lanish 2. borish 3. bitish tarzida nomlanadi, ularning asardagi o‘rni va vazifalari borasida fikrlar keltiriladi [6, 80]. Fitrat komediyaga Uyg‘unning “Turkiston tabibi”, tragediyaga Behbudiyning “Padarkush”, o‘zining “Abulfayzxon”, “Abo Muslim” asarlarini namuna sifatida keltiradi, tahlil qiladi, janr imkoniyatlarini ochib beradi. Fitrat dramaning sahna va mus

Доказательный фрагмент

«O‘z davrining yirik olimi sifatida Abdurauf Fitrat ilmiy risola va maqolalaridagi adabiy tur va janrlar, ularning ilmiy-nazariy qoidalari va amaliy tatbig‘i tadqiqiga oid tahlillar adabiyot nazariyasiga oid tadqiqotla…»

Образец извлечения

Демо-превью

O‘z davrining yirik olimi sifatida Abdurauf Fitrat ilmiy risola va maqolalaridagi adabiy tur va janrlar, ularning ilmiy-nazariy qoidalari va amaliy tatbig‘i tadqiqiga oid tahlillar adabiyot nazariyasiga oid tadqiqotla… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
adabiy tur, spectacle, зрелище, poetry, yurakchilik, проза, literary type, лирический, литературный тип, rivoya, narrative, prose, heartbreak, genre, nasr, tomosha, жанр, lirika, lyric, janr, поэзия, nazm, drama, повествование, драма, душераздирающий
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники