Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
DAVLATNING IQTISODIYOTDA XUSUSIY TARMOQ VA TADBIRKORLIKNI QO‘LLAB-QUVVATLASH SIYOSATI
QO‘LLAB-QUVVATLASH SIYOSATI · Saxatova Mukaddas Tashpo‘latovna · Husinov Yoqub Abdusalomovich · ПРЕДПРИНИМАТЕЛЬСТВА В ЭКОНОМИКЕ
Современная наука и исследования · 4 · 2025
Аннотация
The economic development of the country largely depends on the development of the private sector. Since the private network is the driving force of the economy, it creates new jobs, promotes innovation and improves the standard of living of the population. For this reason, 1 04 8 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ the Government's policy of supporting the private sector and entrepreneurship is an important part of the economic strategy. Keywords: private sector, entrepreneurship, small business, taxes, benefits, support, employment, economic growth, unemployment rate, innovation, efficiency. Mamlakatimizda xususiy mulk egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlari himoyasini ta’minlashga qaratilgan mustahkam qonunchilik bazasi yaratilgan. Davlat xizmatlari ko‘rsatishning to‘g‘ridan-to‘g‘ri zamonaviy interaktiv shakllari joriy etilmoqda. Davlat organlari bilan ishbilarmonlar o‘rtasida tizimli muloqot yo‘lga qo‘yilgan. Mamlakatimiz iqtisodiyotini barqaror rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi farovonligini yuksaltirishning muhim omili sifatida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni izchil qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ishonchli huquqiy kafolatlar tizimi yaratildi. 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida xususiy mulkchilik va tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli muhofaza qilish kafolatlarini kuchaytirish, o‘z biznesini yo‘lga qo‘yish istagini bildirgan aholi vakillariga har tomonlama ko‘mak berish bo‘yicha dolzarb vazifalar belgilangan. Mamlakatimizda xususiylashtirilgan korxonalarning moliyaviy-iqtisodiy va ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarini soliq, iqtisodiyot va statistika organlari bilan birgalikda muntazam tahlil qilib borish, faoliyat ko‘rsatmayotgan, past rentabelli va zarar ko‘rib ishlayotgan korxonalarni, bo‘sh yotgan va samarasiz foydalanilayotgan ob’ektlar hamda yer uchastkalarini aniqlash ishlari tizimli yo‘lga qo‘yilgan. Bu borada ilgari xususiylashtirilgan qariyb 40 ming ob’ekt o‘rganilib, ularning 3 ming 900 tasi bo‘sh turgani yoki to‘liq ishlatilmayotgani aniqlangan. Ushbu ob’ektlarning 2700 tasi faoliyatini qayta tiklash yoki ular negizida yangi ishlab chiqarish quvvatlari tashkil etish bo‘yicha loyihalar va “yo‘l xaritasi” ishlab chiqilgan. Mazkur loyihalar doirasida 2,7 trillion so‘mlik investitsiyalar o‘zlashtirilib, 25 mingdan ortiq ish o‘rni yaratiladi. Bugungi kungacha 420 korxona faoliyati qayta tiklandi, yil yakunigacha yana 1800 ob’yektda ishlab chiqarish jarayoni yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan. Davlatimiz rahbarining 2017-yil 18-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risida”gi farmoni bu borada muhim omil bo‘lmoqda. 1 04 9 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Mamlakatimiz iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishning asosiy omillaridan biri innovatsiyalardir. Innovatsion texnologiyalar yordamida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini chuqur qayta tuzish va ish unumdorligini yanada oshirish mumkin. Ma’lumki, bugungi kunda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasi nafaqat milliy iqtisodiyotning o‘sish sur’atlarini jadallashtirishda, balki bugungi kun uchun dolzarb hisoblangan aholini ish bilan ta’minlash va turmush darajasini oshirish masalalarini hal etishda ham etakchi o‘rin tutmokda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganidek:“Bugungi kunda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik o‘zining iqtisodiyotimizdagi o‘ta muhim va salmoqli hissasi, roli va ta’siri, sodda qilib aytganda, boshqa hech bir soha va yo‘nalish o‘rnini bosolmaydigan katta ahamiyati bilan davlat va jamiyatimiz rivojida alohida o‘rin egallaydi”. Davlat tomonidan xususiy tarmoqni qo‘llab-quvvatlashning asosiy yo‘nalishlari sifatida huquqiy bazani mustahkamlash muhim masaladir. Davlat xususiy tadbirkorlik uchun qulay huquqiy muhitni yaratishi kerak. Soliq qonunchiligi, tadbirkorlik faoliyatini litsenziyalash va ruxsat berish jarayonlari soddalashtirilishi lozim. Shu bilan birga, xususiy mulk huquqi va investitsiyalarni himoya qilish kafolatlanishi muhimdir. Xususiy tarmoq va tadbirkorlikni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash Davlat banklari orqali imtiyozli kreditlar ajratish, tadbirkorlik subyektlariga subsidiyalar taqdim etish va xususiy investitsiyalarni rag‘batlantirish orqali xususiy sektor rivojiga ko‘maklashadi. Shuningdek, kichik va o‘rta biznes uchun maxsus moliyalashtirish dasturlari joriy etilishi hisoblanadi. Xususiy sektorning samarali ishlashi uchun zamonaviy infratuzilma mavjudligi katta ahamiyatga ega. Davlat yo‘llar, elektr energiyasi, internet tarmog‘i va logistika xizmatlarini yaxshilash orqali tadbirkorlar uchun qulay sharoit yaratib beris
Доказательный фрагмент
«The economic development of the country largely depends on the development of the private sector.»
Образец извлечения
Демо-превьюThe economic development of the country largely depends on the development of the private sector. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- private sector, entrepreneurship, small business, taxes, benefits, support, soliqlar, ish o‘rni, imtiyozlar, samaradorlik., innovatsiya, kichik biznes, ishsizlik darajasi, tadbirkorlik, Xususiy sektor, qo‘llab-quvvatlash, iqtisodiy o‘sish
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025