Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TIJORAT BANKLARIDA ONLAYN BANK XIZMATLARNI TAKOMILLASHTIRISH VA RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI
Ismoilov Mirshox Valijon oʻgʻli
Инновационные исследования в современном мире: теория и практика · 2026
Аннотация
Maqolada Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklarida onlayn bank xizmatlarni takomillashtirish va rivojlantirish istiqbollari, ishonchlilini saqlab qolgan holda ularning masofadan ko’rsatadigan xizmatlari ko'rib chiqildi. Kalit so'zlar: onlayn bank, masofaviy xizmat, xavfsizlik, pul o‘tkazmalari, transformatsiya, texnologiyalar. Hozirgi global dunyoda raqamli transformatsiyalar har bir sohaga izchillik bilan kirib bormoqda sanoatning eng kichik tarmoqlaridan eng yuqori tarmoqlariga ham yetib bormoqda. Zamonaviy jarayonda hattoki qishloq xo‘jaligi sohasida ham raqamli transformatsiya jarayonlari keng ko’lamda foydalanilmoqda. Bugungi kunga kelib ayrim rivojlangan mamlakatlar moliyaviy sektorlar: banklar, sug‘urta agentliklari, fond bozorlari, soliq tashkilotlari butunlay raqamli transformatsiya bilan ishlashmoqda. Shu o‘rinda biz bugun fikr yuritadigan onlayn banklar borgan sari o‘z mijozlariga har qanday turdagi qulayliklar yaratib bugungi raqobatli raqamli dunyoda o‘z o‘rniga ega bo‘lish uchun harakat qilishmoqda. Moliyaviy texnologiyalar rivojlangan sari insonlar o‘zlarining bir qancha moliyaviy ishlarini qo’llaridagi telefonlar yoki notebooklar orqali bajarish har tomonlama qulay va buning masofadan turib bankka tashrif buyurmasdan amalga oshirish mumkinligi hammaga birdek manzur kelmoqda [2]. Internet-banking, veb-banking yoki uy bankingi sifatida ham tanilgan onlayn-banking - bu bank yoki boshqa moliya instituti mijozlariga moliya institutining veb-sayti orqali bir qator moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish imkonini beruvchi elektron to'lov tizimi. Onlayn bank tizimi odatda bank tomonidan boshqariladigan asosiy bank tizimiga ulanadi yoki uning bir qismi bo‘lib, an’anaviy filial bankiga qo‘shimcha ravishda yoki uning o‘rniga mijozlarga bank xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini beradi [1]. Onlayn banking filiallar tarmog‘iga bo‘lgan ishonchni kamaytirish orqali banklarning operatsion xarajatlarini sezilarli darajada kamaytiradi va filial bankiga tashrif buyurish zaruratini kamaytirish orqali, shuningdek, filiallar yopiq bo'lsa ham bank operatsiyalarini amalga oshirish qulayligi orqali ayrim mijozlarga katta qulaylik yaratadi. Internet-banking shaxsiy va korporativ bank xizmatlarini taqdim etadi, masalan, hisobdagi qoldiqlarni ko‘rish, ko‘chirmalarni olish, oxirgi operatsiyalarni tekshirish, hisoblar o‘rtasida pul o‘tkazish va to‘lovlarni amalga oshirish. O‘zbekistonda ham bank faoliyatini yanada rivojlantirish va takomillashtirish chora- tadbirlari ishlab chiqilmoqda bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonida “2020 — 2025- yillarga mo’ljallangan O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish to‘g‘risidagi PF-5992-son farmoni [3] imzolandi. Ushbu farmonga muvofiq: Bank tizimining moliyaviy barqarorligini ta’minlash, bank tizimi samaradorligini oshirish tadbirkorlik subyektlari va aholining arzon va sifatli moliyaviy xizmatlarga o‘sib borayotgan ehtiyojlarini ta’minlash uchun iqtisodiy rivojlanishning eng muhim omili hisoblanadi. Shu munosabat bilan, Strategiya doirasida quyidagi choratadbirlarni amalga oshirish ko‘zda tutilmoqda: 102 1) ilg‘or xalqaro tajriba va texnologiyalarni jalb qilish hisobiga bank xizmatlari ko‘lamini kengaytirish va sifatini oshirish; 2) korporativ boshqaruvning ilg‘or standartlari va tajribasini joriy etish orqali banklarda boshqaruvni takomillashtirish, bank boshqaruvi organlari hisobdorligi va faoliyatining shaffofligini hamda ular tomonidan ma’lumotlarni lozim darajada oshkor etilishini ta’minlash; 3) banklar faoliyatini tijoratlashtirishni oshirish, bank tizimining moliyaviy barqarorligini ta’minlash, shuningdek, pul-kredit siyosati instrumentlarining samaradorligini oshirish uchun subsidiyalangan kredit berishdan voz kechish; 4) tijorat banklarining jamg‘armalarni investitsiyalarga safarbar qilish hamda ularni moliyaviy va iqtisodiy nuqtai nazardan eng samarali sohalarni moliyalashtirishga yo‘naltirishni ta’minlovchi moliyaviy vositachi sifatidagi ro‘lini oshirish; 5) strategik xorijiy investorlarni jalb qilish va moliya tizimining xalqaro moliya bozorlariga bosqichma-bosqich integratsiyalashuvini ta’minlash uchun zarur shart- sharoitlarni yaratish maqsadida bank faoliyatini izchil liberallashtirish va uni eng yaxshi xalqaro amaliyot bilan uyg‘unlashtirish; 6) nobank kredit tashkilotlarini, shu jumladan ushbu segmentda raqobatni rivojlantirish, prudensial tartibga solishning tegishli normalarini rivojlantirish orqali, shuningdek, moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini yengillashtirish hisobiga rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish kabi strategiyalar ishlab chiqildi. Barchamizga ma’lumki pandemiya ko‘p mamlakatlar singri O‘zbekistonga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Barcha sohalarda bo‘lgani kabi bank sohasida ham ko‘plab kamchiliklar ko‘zga tashlandi. Shu jumladan yakka tartibdagi tadbirkor (YATT) va xususiy sektorlarning banklararo pul o‘tkazmalarini amalga oshirib bo‘lmasligi, xorijiy mamlakatlardan pul qabul qilish yoki
Доказательный фрагмент
«Maqolada Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklarida onlayn bank xizmatlarni takomillashtirish va rivojlantirish istiqbollari, ishonchlilini saqlab qolgan holda ularning masofadan ko’rsatadigan xizmatlari ko'rib chiqi…»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqolada Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklarida onlayn bank xizmatlarni takomillashtirish va rivojlantirish istiqbollari, ishonchlilini saqlab qolgan holda ularning masofadan ko’rsatadigan xizmatlari ko'rib chiqi… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- onlayn bank, masofaviy xizmat, xavfsizlik, pul o‘tkazmalari, transformatsiya, texnologiyalar.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026