Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
OILAVIY MUHIT BARQARORLIGINING BOLA PSIXOLOGIYASIGA TA’SIRI
Jabborov Xazrat Xusenovich · Saparova Munisa Baratovna
Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования · 7 · 3071- 3076 · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada oilaviy muhit barqarorligining oilada voyaga yetayotgan farzand psixologiyasiga ta’siri yoritib o‘tilgan. Kalit so‘zlar: Bola psixologiyasi, oila, oilaviy munosabatlar, oilaviy muhit, ijtimoiylashuv. Shaxs ma’naviyati, uning dunyoqarashi, tasavvuri va e’tiqodiga aloqador ko‘nikmalar majmui asosan, oilada shakllanadi. Shu ma’noda, oila-haqiqiy ma’naviyat o‘chog‘i, tarbiya omili muhiti bo‘lib hisoblanadi. Binobarin, milliy mafkuramizga xos ilk tushunchalar ham inson qalbi va ongiga dastavval oila muhit orqali singib boradi. Bu jarayon bobolar o‘giti, ota ibrati va ona mehri orqali amalga oshiriladi. Hukumatimizning oila mustahkamligini ta’minlash, uning ijtimoiy funktsiyalarini amalga oshirish imkoniyatlarini kengaytirish, ayniqsa, oilaning farzandlar tarbiyalashdagi nufuzini oshirishga ko’maklashish hamda yosh er-xotinlarning moddiy hamda maishiy shart-sharoitlarini yaxshilash borasidagi aniq dasturiy tadbirlari mamlakatimizda oila va nikoh munosabatlarining qadriyat sifatida e’tirof etilishini ta’minlamoqda. Zero, davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev aytganlaridek; «Oila kichik vatan, oila tinch bo‘lsa, vatan tinch bo‘ladi». Oila tuzilishi turli xil ota- ona resurslari orqali bolaning farovonligiga ta'sir qilishi mumkin: ruhiy salomatlik, munosabatlar sifati, ota-ona sifati va ota- onaning ishtiroki.Har bir oilada voyaga yetayotgan farzand tarbiyasiga ta’sir etmay qo‘ymaydi.Farzand psixologiyasiga oilaning tarkibi ham o‘z ta’sirini ko‘rsatishi fanda o‘z isbotini topgan. Oila tuzilishiga kelsak, an’anaviy oilalar, tuzilishiga ko’ra to‘liq va noto‘liq oilalarga bo‘linadi Oilada faqat bir ota yoki ona bo‘lsa, bunday oila noto‘liq oila deb ataladi. Noto‘liq oila haqida gapirilganda shuni alohida ta’kidlab o‘tish joizki, noto‘liq oilalar turlicha yuzaga keladi. Oilada er-xotinlardan birining vafot etganligi tufayli yoki ularning ajralishi tufayli oila noto‘liq bo‘lib qolishi mumkin. Albatta oilada ota yoki onaning vafot etishi bu ulkan fojea, lekin bunday oilalarda marhumning ruhi hurmati, unga nisbatan, uning sha’niga ijobiy munosabatlar saqlanib qoladi. Biroq er-xotinning ajralishi sababli yuzaga kelgan noto‘liq oilalarda «tirik yetim» bolalar qoladi. «Tirik yetimlik» jamoatchilik o‘rtasida, ayniqsa bolalar jamoalarida (bog‘chada, maktabda, tengdoshlar davrasida) nisbatan kuchliroq qoralanadi. Ajralish faqatgina ajralgan er-xotinlarga emas, balki ajralish oqibatida otasiz yashayotgan farzandlarga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi.Izlanishlar natijasi shuni ko‘rsatadiki, noan’anaviy oilalar farzandlari an’anaviy oilalar farzandlariga qaraganda psixososyal muammolarga duch kelish xavfi yuqori ekanligi o‘z isbotini topdi. Ushbu natijalar an’anaviy oilalar farzandlari noan’anaviy oilalarga qaraganda kamroq ijtimoiy-emotsional va yuqori kognitiv ko‘rsatkichlarga ega degan xulosaga kelgan oldingi tekshiruvlarni tasdiqladi.Bunday oilalarda voyaga yetayotgan farzandlar o‘zida bolalik pozitsiyasini emas balki ota, ona yoki kotta odam pozitsiyasini shakllantiradilar. Natijada ularning psixologiyasida bir qancha buzilishlar paydo bo‘ladi. Bundan tashqari noto‘liq oilada 23 ona tomonidan katta o‘g‘ilga ota rolini yuklab, o‘g‘il pozitsiyasiga chek qo‘yish ham kuzatiladi. Buning natijasi o‘laroq tarbiyalanayotgan farzand bolalik davrini yashab o‘tmasdan o‘zida bolalik travmasini paydo qilib oladi. Noto‘liq oilada voyaga yetayotgan qiz bola ham ayol va erkakning o‘zaro munosabatlariga noto‘g‘ri yondashishi mumkin. Psixologlarning ta'kidlashlaricha, “otaning yo‘qligi onaning yo‘qligiga nisbatan bola taraqqiyotiga kamroq salbiy ta'sir ko‘rsatadi, chunki ona bolani emotsional jihatdan barcha ehtiyojlarini qondira oladi”. Onaning oiladagi roli nihoyatda kuchayib ketganligi bois, onaning ruhiyatida asablashish, taranglik xolatlari tez-tez bo‘la boshlaydi. Agar er va xotinning ajrashuvi bola kattaroq yoshda sodir bo‘lgan bo‘lsa, bola ko‘proq aziyat kechadi. U (ayniqsa o‘g‘il bola) nafaqat oilada o‘ziga o‘rnak bo‘luvchi shaxsni yo‘qotadi, balki tengqurlari jamiyatida ushbu xolatni tushuntira olmay, ruhan va m’'nan eziladi. Bu vaziyat albatta, ona va bola munosabatlarining silliq kechmasligini ta’minlaydi. Qolaversa, ota oilaning ijtimoiy hamda iqtisodiy masalalarini yechuvchi shaxs sifatida bo‘lgan bo‘lsa, endi bu vazifalar onaning yelkasiga tushganligi sababli, bora-bora uning o‘z farzandi bilan to‘laqonli muloqotda bo‘lishi uchun vaqti ham kamayib boradi, bu ham bolada o‘ziga xos nevroz xolatini keltirib chiqaradi. Ayniqsa, bu xolat bola o‘smirlik davriga kirganda ko‘proq seziladi, chunki ijtimoiy foydali mehnat bilan band ona farzandini bilimlar, kasb- hunarlar olamiga to‘g‘ri olib kirishga imkon topmaydi. Bizning fikrimizcha, otasidan ko‘ngli qolgan ona farzandini otasi izidan borishiga yo‘l bermaydi ham, vaholangki, unda otaning professional layoqatli bo‘lishi mumkin. Shu o‘rinda ajrimlarning ham turlicha bo‘lishini ta'kidlash joiz. Masalan, er bilan xotin o‘zaro kelisholmay qolib, farzandi bo‘lsa, sud orqali ajrash
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada oilaviy muhit barqarorligining oilada voyaga yetayotgan farzand psixologiyasiga ta’siri yoritib o‘tilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada oilaviy muhit barqarorligining oilada voyaga yetayotgan farzand psixologiyasiga ta’siri yoritib o‘tilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- oilaviy muhit, Bola psixologiyasi, ijtimoiylashuv., oila, oilaviy munosabatlar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025