К содержанию
РецензированоUZ2026

O‘ZBEK VA JAHON ADABIYOTIDA MASAL JANRINING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Karjavuv G‘olib Azamatovich (in-academy.uz/index.php/yo) · Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat (in-academy.uz/index.php/yo)

Молодые ученые · 2026

Аннотация

Keyingi yillarda oʻzbek adabiyotida masal janri poetikasining mifologik universalligi badiiy syujet hamda kompozisiyaning turli koʻrinishlariga murojaat qilish an’ana tusini olayotgan bir paytda, yangilanayotgan masal janri tabiatida bu muammoning ildizlariga murojaat qilish koʻp uchramoqda. Xususan, birgina tarixiy janrning toʻliq badiiy qiymati va bu boradagi zamonaviy masalchilik izlanishlari timsolida jiddiy tekshirish, uni yondosh sohalar bilan omuxta oʻzrganish hamisha ishonchni oqlaydi. Masal tabiatida oʻsib-oʻzgarib borayotgan badiiyat qonuniyatlari hali misli koʻrilmagan sintezlashuvni yuzaga chiqishiga zamin hozirlamoqda. Badiiy masal yunon madaniyatidan ibtidolanib, uni makon va zamon tushunchasi negizida tahlil qilish modifikasion birliklar yigʻindisini kashf qilishga imkon sharoit tugʻdiradi. Shunday ekan, har qanday janr shakl plastik oʻzgaruvchanligini inobatga olsak, uning davrlar osha sayqallanib borishiga shak-shubha yoʻq. Kalit so‘zlar: masal, mifalogiya, afsona, masalnavislik, jahon mifologiya, masal poetikasi. Masal poetikasi bilan mufassal shugʻullanishni XX asr boshlarida jadidlar boshlab bergan. Fitrat adabiyotshunoslik qoʻllanmalarida va keyingi davr adabiyotshunoslari izlanishlarida, boshqa-da olimlar tadqiqotlarida mushtarak va oʻziga xosliklarga ega ekanligi oydinlashadi. Masal – muallifning ilk jumlasidan to, oʻzini oʻrab turgan olam va odam munosabatlari tigʻizligida yashayotganligini e’tirof etishga yoʻl beradi. Bu bilan bir qatorda inson ruhiyatini qayta kashf qilishga yetaklaydi. Aynan ushbu jihat badiiy talqinning mifologik universalizmini kashf etishga yoʻl ochadi. Jahon ilmiy-nazariy tafakkurining oʻtgan asrdagi rivojlanish bosqichlaridagi qarashlar bilan birga shakllangan masal poetikasi istilohi bugungi kun nasrida, ya'ni oʻzbek adabiyotining ham oʻziga xos ajralmas halqasi ekanligi ma'lum boʻlayozdi. Masal badiiyati bir vaqtning oʻzida ham syujetga, ham kompozisiyaga, ham asarning jamiyat hayotida tutgan oʻrni bilan bogʻliq ravishda kechayotgani asosiy talqin shakllarida biridir. Shunday ekan, badiiy asar mohiyatida inson ruhiyati akslanar ekan, uni masalnavis ijodiy konsepsiyasidan ayro tasavvur qilib boʻlmaydi. Buni hal etishda oʻzining masallari bilan shuhrat qozongan Ezop ijodi koʻplab masalnavislarga katta ta'sir oʻtkazgani sir emas. Yangi oʻzbek nasri adabiy-nazariy qarashlarga hamohang tarzda matn tarkibi va talqiniga jiddiy e'tibor qaratish muhim masalalar sirasiga kiradi. Masal poetikasi qonuniyatining asosiy vazifasi janr tuzilishi, syujet yangilanishini har tomonlama tadqiq qilishdan iborat sistem butunlik hisoblanadi. Binobarin, xilma-xil konsepsiyaviy qarashlar ham yuzaga kelganligi ayni haqiqat. Istiqlol davri adabiyotshunosligi an’anadan sira uzoqlashmagan holda masalnavis ijodkor olam va odam taqdirini ramziy-metaforik talqin negizida qayta kashf qilish holatlari uchrab turganligi tayin. Milliy nasrimizda masal asoschisi follkorda hamda Navoiy, Gulxaniy, Hamzaning hikoyat va rivoyatlarida oʻziga xos tarzda yuzaga chiqqan. Biz maqolamizda Ezop, hamda Gulhaniy, I.Krilov hamda oʻzbek zamonaviy masalnavislari 60-70 yillardan keyingi 139 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo davrni oʻz ichiga qamraydi. Masalnavis Muxtor Xudoyqulov Gʻarb-u Sharq an’analari qonidan oziqlangan, yangi turmush haqiqatini aks ettirishga qaratilgan qanchadan-qancha masallar hayotimizdan chuqur oʻrin oldi. Shu boisdan, ilmiy muammoni har tomonlama qiyosiy- tipologik tarzda aniqlash, mavjud kamchiliklarni asoslash hamda dalolatlash mavzu dolzarbligi va zaruratini belgilaydi. Jahon va oʻzbek adabiyotshunosligida masal janri badiiyati borasida qator tadqiqotlar yaratilgan. Janrlar kesimida nazariy jihatdan muayyan darajada oʻrganilgan. Shuningdek, poetika istilohi nafaqat adabiyotshunoslik, balki falsafa, etika, estetikaning doimiy muammosi sifatida diqqat markazida boʻlib kelmoqda. Ayniqsa, Muhammad Sharif Gulxaniy nasri badiiyati va uning oʻzaro qonun-qoidalari borasida shakllangan hamda adabiy iste’moldagi xususiyatlari davrlarning oʻzgarishi natijasida muayyan yangi ta’riflarni yuzaga kelishiga imkon tugʻdirmoqda. Masalan, Muxtor Xudoyqulov Ivan Krilov masallarini mahorat bilan tarjima qilgan. 80-yillar adabiy dalolatnomasi shuni yuzaga chiqarmoqda. A.Oripov va boshqa-da shoirlar zamonaviy masallar yaratgan. A.Navoiyning “Xamsa” asaridagi masallar ham yuqoridagi fikr-mulohazalarimizni dalolatlaydi. Biroq keyingi yaratilayotgan noan’anaviy masallar ham janrning oʻziga xos tarzda rivoj topayotganidan shahodat beradi. Bu asarlar alohida tadqiqotni talab qiladikim, bu, oʻz navbatida, badiiyat mohiyatidagi yozuvchi(shoir) ideali va niyati, maqsad-u maslagi, inson taqdiriga daxldor muhim humfarmo mushohadani hal qilishni taqozolaydi. Antik adabiyot zamonidan, Ezopdan to shu bugunga qadar masalnavislik an’anasining tarixiy-estetik tafakkur salmogʻining ijtimoiy, falsafiy, psixologik, poetik omillarini tahlil va tadqiq qilish natijasida chiqarilgan ilmiy-nazar

Доказательный фрагмент

«Keyingi yillarda oʻzbek adabiyotida masal janri poetikasining mifologik universalligi badiiy syujet hamda kompozisiyaning turli koʻrinishlariga murojaat qilish an’ana tusini olayotgan bir paytda, yangilanayotgan masal…»

Образец извлечения

Демо-превью

Keyingi yillarda oʻzbek adabiyotida masal janri poetikasining mifologik universalligi badiiy syujet hamda kompozisiyaning turli koʻrinishlariga murojaat qilish an’ana tusini olayotgan bir paytda, yangilanayotgan masal… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
masalnavislik, afsona, mifalogiya, jahon mifologiya, masal, masal poetikasi.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники