Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TILSHUNOSLIKDA BADIIY MATN SOTSIOPRAGMATIK TADQIQ OBYEKTI SIFATIDA
YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Ubaydullayev Xumoyun O‘ktam o‘g‘li (in-academy.uz/index.php/yo)
Молодые ученые · 2026
Аннотация
Maqolada badiiy matnning sotsiopragmatik aspektda o‘rganilishi haqida so‘z yuritiladi. Ijtimoiy maqom va rol nutq vaziyatiga mos leksik birliklarni tanlash sotsiopragmatik tahlilni talab qiladi. Annotation. The article talks about the study of the literary text in the sociopragmatic aspect. Selection of lexical units suitable for social status and role speech situation requires sociopragmatic analysis. Zamonaviy tilshunoslik taraqqiyotida bir necha ilmiy paradigmalar mavjud bo‘lib, tadqiqotlar natijasida muayyan hodisa haqidagi qarashlar shu paradigmalar asosidagi yondashuvlar asosida to‘ldirilib, mukammallashtirilib kelinmoqda. Bugungi kunda antroposentrik paradigma asosida zamonaviy tilshunoslikda bir qator yangi yo‘nalishlar vujudga keldi, ularning metodlari shakllandi, metodologiyasi yaratildi. “Antroposentrizmning tilshunoslikda alohida paradigma sifatida shakllanishi va bu yo‘nalishdagi tadqiqotlarning dunyo tilshunosligida ko‘payib borayotganligi benihoya quvonarli hodisa ekanligi” tilshunos olimlar tomonidan e’tirof etilgan [3;55]. Dunyo tilshunosligida qo‘lga kiritilgan yutuqlar natijasida o‘zbek tilshunosligida ham yangi yo‘nalishdagi ishlarning yuzaga kelganligini e’tirof etish zarur. Til hodisalariga antroposentrik paradigma asosida yondashuv natijasida pragmalingvistika, psixolingvistika, kognitiv tilshunoslik, lingvomadaniyatshunoslik, sotsiolingvistika kabi yangi yo‘nalishlar paydo bo‘ldi, bu sohalarga oid fundamental tadqiqotlar yaratildi. Jumladan, N.Mahmudov, Sh.Safarov, M.Hakimov, D.Lutfullayeva, D.Xudoyberganova, Sh.Usmonova, A.Mamatov. L.Raupova kabi olimlar tomonidan antroposentrik paradigmaning nazariy asoslari yaratildi. Bu esa o‘z o‘rnida kognitiv tilshunoslik, lingvomadaniyatshunoslik, etnolingvistika, pragmalingvistika, psixolingvistika kabi sohalarda ilmiy tadqiqotlarning yuzaga kelishiga asos vazifasini bajardi. Bugungi kunda taraqqiy etib borayotgan yangi yo‘nalishlardan biri sotsiopragmatika ikki fan – pragmatika va sotsiolingvistika fanlari kesihmasida paydo bo‘lgan bo‘lib, tilni uning egasi va nutq vaziyatiga bog‘lab o‘rganish, ijtimoiy maqom va ijtimoiy rol bilan bog‘liq kommunikativ vaziyat natijasi bo‘lgan diskursni tadqiq qilishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi. “Lisonning tizimiy ravishda kontekst bilan bog‘liqligini o‘rganish pragmatikaning vazifasidir. Turli ijtimoiy maqomga ega bo‘lgan shaxslarning turli vaziyatlarda ma’lum pragmatik manbalardan foydalanishi sotsiolingvistik tahlil uchun ham muhimdir” [4;147]. Sotsiopragmatika dastlab mustaqil ilmiy yo‘nalish sifatida xorij tilshunosligida yuzaga kelgan. 1983-yilda J.Lich tomonidan ushbu atamaning tilshunoslikka kiritilishi muloqot jarayonida tilni qabul qiluvchiga samarali ta’sir qilish modelini ishlab chiqish bilan boshlangan 142 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo edi [9;192]. Bunda asosiy e’tibor rasmiy ishbilarmonlik doiralarida og‘zaki muloqot jarayonida ishlatiladigan til birliklarining o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlashga qaratilgan. Sotsiolingvistikaga qo‘llaniladigan ijtimoiy rol, ijtimoiy maqom tushunchalari asli psixologiya hamda sotsiologiya fanlariga taalluqli bo‘lib, sotsiopragmatikada nutqiy akt, intensiya, kommunikativ strategiya tushunchalari bilan birga qo‘llanib, yanada murakkab jarayonlarni aks ettiradi. “Jamiyatda yashaydigan va turli guruhlarga mansub bo‘lgan har bir individ jamiyatda bir qancha ijtimoiy o‘ringa ega bo‘ladi. Mazkur o‘rinlarning har biri muayyan qoidalar va vazifalar bilan bog‘liq bo‘lib, u ijtimoiy maqom deb nomlanadi. Ijtimoiy maqomlarning har biriga insonning o‘zi erishadi. Bunday maqomlarga orttirilgan maqomlar deyiladi” [5;34]. Badiiy matnda til imkoniyatlari o‘ziga xos tarzda namoyon bo‘ladi. Tilshunoslikda badiiy matn turlicha yondashuvlar asosida tadqiq qilingan. D.Ashurova badiiy matnning “sinergetik hodisa sifatida o‘ziga xosligini belgilovchi asosiy xususiyatlarini tavsiflash hamda badiiy matnni tahlil qilish va talqin qilishda har tomonlama yaxlit, integral va fanlararo yondashuv zarurligini” asoslaydi [1;39]. Keyingi yillarda yuzaga kelayotgan tadqiqotlarda aynan shu jihatlar inobatga olinayotganligini e‘tirof etish zarur. L.Raupova badiiy matnda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan dialoglarni, xususan, ular tarkibidagi qo‘shma gaplarni semantik-struktur, lingvokulturologik, sotsiopragmatik tavsifini berishga e’tibor qaratgan. Kommikativ aloqaga kirishayotgan nutq ishtirokchilarining o‘ziga xos jihatlarini ajratishda uning ijtimoiy mavqeyi muhim sanalar ekan, kommunikativ aloqa jarayonida jamiyat a’zolarining lisoniy shaxs sifatida voqelanishi badiiy asarda dialogik nutqda yorqinroq namoyon bo‘ladi. O‘zbek tilshunosligida badiiy matnni antroposentrik aspektda tadqiq qilishda D.Xudoyberganovaning tadqiqoti alohida ahamiyatga ega. Tilshunos olima badiiy matnni ijtimoiy qimmatga ega bo‘lgan o‘ziga xos muloqot shakli ekanligini ta’kidlaydi. Hamda badiiy matnda muayyan til egalarining olam haqidagi bilimlari, uni aks ettirishdagi lisoniy tafakk
Доказательный фрагмент
«Maqolada badiiy matnning sotsiopragmatik aspektda o‘rganilishi haqida so‘z yuritiladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqolada badiiy matnning sotsiopragmatik aspektda o‘rganilishi haqida so‘z yuritiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- sociopragmatics, social status, social role, pragmatic purpose, pragmatic, ijtimoiy mavqe, pragmatik taktika, nutqiy akt, pragmatic tactics, sotsiopragmatika, pragmatik maqsad, speech act., ijtimoiy rol
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025