К содержанию
РецензированоRU2024

SHEROBODDARYO QISHLOQLARI AHOLISI MAROSIMLARINI ETNOGRAFIK TAXLILI

ETNOGRAFIK TAXLILI · Norqobilov Mansur Norsaitovich

Журнал универсальных научных исследований · 2024

Аннотация

В статье представлен этнографический анализ того факта, что жители деревень Шерабаддари, занимавшиеся всеми профессиями, включая земледелие, скотоводство и ремесла, имели своих профессиональных богов и совершали в их честь различные обряды. Плотная заселенность деревень Шерабаддари привела к частому переселению их на вновь освоенные земли правительством в первой половине XX века. Таким образом, возникновение общих культурных сходств между селами Кохитангтога и народами, проживающими в Сурханском оазисе и южных районах Таджикистана, интерпретируется на основе этнографических полевых записей и исторических источников. 214 ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-1 Keywords: Traditional economic rituals of the residents of Sherobodaryo villages: farming, animal husbandry, crafts and hunting, receiving treatises from great scholars, Darveshona, Bobodehkan rituals such as "water sultan wife", "suz wife", "horn oils", "loy atar". Sheroboddaryo qishloqlarida yashovchi aholining urf-odat va an’analari uzoq asrlar davomida shakllangan bo‘lib, kishilarning tabiatga bo‘lgan munosabati, hayot ta’minotini yaratish natijasida vujudga kelgan. Tog‘ qishloqlari aholisi o‘z xo‘jalik faoliyatlari davomida turli xil marosimlarni o‘tkazib kelganlar. Ushbu marosimlarni to‘rt guruhga bo‘lish mumkin. Bular: 1) dehqonchilik marosimlari; 2) chorvachilik marosimlari; 3) hunarmandchilik marosimlari; 4) ovchilik marosimlari. XX-asr boshlarida, hatto Ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda ham barcha kasb egalari, shu jumladan, ovchilar ham albatta «risola» olishlari shart edi. Risola yirik ulamolar tomonidan bitta varaqqa yozilib, unda kasb egasi qilishi lozim bo‘lgan ishlar ko‘rsatilar edi. Zero shunday qilinsa, ishi yurishib, bemalol kun kechirishi mumkin deb hisoblashgan. Bunday risolalar tumor kabi olib yurilgan. Xalqimiz orasida «xuddi risoladagidek bo‘lsin» degan naql ham shundan kelib chiqqan. Sheroboddaryo qishloqlarida dehqonchilik bilan bog‘liq marosimlar keng tarqalgan bo‘lib, ular yilning turli fasllarida o‘tkaziladi. Xususan, yiliga bir marta-Yilboshi (Navro‘z) oldidan aholi tomonidan «darveshona» marosimi uyushtiriladi. Darveshona-Alloh yo‘lida o‘tkaziladigan sadaqadir. Unda odamlar yil yaxshi kelishi, turli xil ofatlardan saqlashni maqsad qilishadi. Marosimni o‘tkazish uchun odamlardan pul yig‘iladi. Boy kishilar qo‘y berishadi. Tegirmonda bug‘doy tortib, yorma qilib qaynatiladi. Qo‘y so‘yib dumbasiga go‘shtni qovurishadi. Har bir odamga bir kosadan yorma, kosaning ichiga pishirilgan go‘sht solib beriladi. Odamlar «darveshona — tishga davo» deb ovqatni yeyishadi. Yetim-yesirlar bu tadbirga to‘liq jalb etiladi va ularga ehson ajratiladi. Darveshonada mulla yoki eshon kelib, elga, yurtga tinchlik va omonlik so‘rab duo qiladi. Sheroboddaryo qishloqlari dehqonlari yerni ekinga tayyorlab, urug‘ni ivitib qadashdan bir kun oldin Bobodehqon marosimini o‘tkazadilar. Ushbu marosimda qon chiqarilib (imkoniyatiga qarab, tovuqdan to qo‘ygacha), Alloh yo‘liga sadaqa qilinadi. 215 ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-1 Ulamolar Qur’on o‘qib, xuddi darveshonada bo‘lgani singari Allohdan hosil barakali bo‘lsin deb duo qiladilar. O‘rganilayotgan hududda bog‘bonlarning piri sifatida hazrati Nuh alayhissalom, suvchilarda esa, hazrati Sulaymon alayhissalom shaxsi muqaddaslashtirilgan. Hazrati Nuh alayhissalom to‘fondan keyin yerga birinchi bo‘lib novdani qadaganligi uchun bog‘bonlar piri sifatida ulug‘langan. Bahorgi yer haydash oldidan shoxmoylar marosimi o‘tkaziladi. Chilonzor, Xomkon qishloqlarida bu marosim shox qochov deyiladi. Negaki, qishki sovuqda buqaning shoxi yorilishi natijasida uning yorilgan uchi odamlar va chorvaga tegib jarohat yetkazishi mumkin. Buni oldini olish uchun oldiniga buqaning shoxi moylanadi. Keyin qochov (maxsus egov) bilan uchi egovlanib, yorilgan joyi olib tashlanadi va to‘mtoq holga keltiriladi. Shundan keyin buqa yer haydashga tayyor bo‘ladi. Boysuntog‘ tizmasidagi qishloqlarda esa «shoxmoylar» marosimi vaqtida qo‘shiq aytishadi, ayrim kishilar ehson chiqarishadi. Ushbu udum dushanba, chorshanba yoki juma kunlaridan birida o‘tkaziladi. Tog‘ qishloqlarida har yili mart oyida loy otar udumi bajariladi. Bunda qishloqning to‘lib qolgan ariqlari hashar yo‘li bilan tozalanadi. Har bir kishi o‘ziga belgilangan joyni loyqadan tozalaydi. Denov tumanida ham xuddi shunday udum mavjud bo‘lib, u «loy tutish» deb ataladi. Farqi shundaki, ariq tozalayotgan kishilar oldidan biror yo‘lovchi o‘tib qolsa, unga bel yoki ketmonda loy tutishadi. Yo‘lovchi uzatilgan ish asbobini loyi bilan birga olib, hasharchilar tomonidan ko‘rsatilgan ariqni tozalab berishi, yoki o‘zining biror hunarini ko‘rsatib, vaziyatdan chiqib ketishi lozim bo‘ladi. Dehqonchilikning ob-havo bilan bog‘liqligi aholi o‘rtasida turli udumlarni yuzaga keltirgan. Masalan, 20-fevraldan 21-martgacha bo‘lgan sanoqli kunlarning dastlabki 15-kuni Hut deyiladi. Bi

Доказательный фрагмент

«В статье представлен этнографический анализ того факта, что жители деревень Шерабаддари, занимавшиеся всеми профессиями, включая земледелие, скотоводство и ремесла, имели своих профессиональных богов и совершали в их…»

Образец извлечения

Демо-превью

В статье представлен этнографический анализ того факта, что жители деревень Шерабаддари, занимавшиеся всеми профессиями, включая земледелие, скотоводство и ремесла, имели своих профессиональных богов и совершали в их… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Traditional economic rituals of the residents of Sherobodaryo villages:, yirik ulamolardan risola olishlari, Bobodehqon «suv sulton xotin», «shox moylar», «loy otar» kabi marosimlar., chorvachilik, «suz xotin», hunarmandchilik va ovchilik, Darveshona, Sheroboddaryo qishloqlari aholisining an’anaviy xo‘jalik marosimlari dehqonchilik
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники