К содержанию
РецензированоUZ2024

USMON AZIM HIKOYALARIDA BADIIY TASVIR VOSITALARI VA KO‘CHIMLAR TAHLILI

KO‘CHIMLAR TAHLILI · Javliyev Poyonbek Shavkat o‘g‘li

Журнал универсальных научных исследований · 2024

Аннотация

Ushbu maqolada Usmon Azimning ayrim hikoyalari tahlilga tortilib, hikoyada badiiy tasvir vositalari o‘rni hamda adabiy asarlarni badiiylashririshda muallif foydalanadigan usul va vositalar ochib berishga e’tibor qaratilgan. Kalit so‘zlar Uslub, hikoyada badiiy ko‘chimlar, adabiy asarlarni badiiylashtirish, yozuvchining tasviriy tuyg‘ulari, stilizatsiya. Ko‘chimlar va badiiy tasvir vositalari adabiyot va san’atda obrazlilik yaratish, asar mazmunini ta’sirchanroq va qiziqarli qilish, shuningdek, muallif fikrini bilvosita ifodalashda muhim ahamiyat kasb etadi. Usmon Azim hikoyalarida bu vositalar keng qo‘llanib, asarda obrazlilik, tuyg‘ularning teranligi va uslubiy yuksaklikni ta’minlashga hizmat qiladi. Umuman olganda, XX asr soʻnggi choragidan boshlab badiiy soʻz san’atining shiddat bilan oʻzgarish va yangilanish jarayoni ancha faollashdi. Eskirgan nazariy qolip va tushunchalarning yemirilishi natijasida ijodkorlar oldida yangicha ijod tamoyillari, yangi-yangi shakllarni kashf etish muammosi paydo boʻldi. Adib hikoyalarida yangilik sifatida oʻziga xos tasvir usulini yaratdi. Bu esa Ijodkorning ona tilimiz imkoniyatlaridan keng foydalanishida yaqqol namoyon boʻladi. Stilizatsiya–“Biror uslubga solib, keltirish yoki monand,o‘xshatib asar yaratishdir”(1) uslubidagi badiiy jihatdan pishiq va goʻzal asarlar yaratib, uni kitobxon ommasiga taqdim etish, katta mashaqqat, ijodiy kuch talab qiladi. Ijodkorning “Jodu” nasriy toʻplamidan joy olgan “Siz bilmaydigan zamonlarda”, “Gʻoz” kabi hikoyalari shu uslubda yaratilgan nodir asarlar sirasiga kiradi. Adibning hikoyalari badiiy tili xalq tiliga juda yaqinligi bilan ajralib turadi: “Alpomish chohga tushganini bilasiz. Chohga yarador gʻoz qulaganini ham bilasiz. Gʻozni otolmagan shakaman mergan oru nomusdan yurak bagʻri ezilib yiqilganini ham bilasiz. Alpomish gʻozni davolab, qanotiga xat boylab, yurtiga elchi qilib uchirganidan 177 ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-1 ham xabaringiz bor. Gʻoz yana mergan kulbasi ustidagi togʻning boshiga qoʻnib, qangʻillaganidan ham, kasal yotgan ovchi qoʻliga yoy olganidan ham, shu gʻoz oʻlsa Alpomish xor, Qoʻngʻirot eli zor boʻlishini xudo koʻngliga solgan merganning enasi «hay- hay»lab qushni uchirib yuborganini ham eshitgansiz. Alpomish yurtiga qaytib, Barchin yoriga tasallilar aytib, Yodgor oʻgʻlini bagʻriga bosib, Qoʻngʻirotning koʻnglini yozib oʻtganini ham qulogʻingiz ilib qolgan.”(2) “Gʻoz hikoyasidan keltirilgan mazkur parchada adibning ishlatgan soʻzlarga eʼtibor qaratsak, bular shevaga xos soʻzlardir: kulba, enasi, qangʻillaganidan, mergan, oʻtakasi yorilib; Adib qoʻllagan fraziologik birliklar ham oʻziga xos: yurak bagʻri ezilib, xudo koʻngliga solgan, bagʻriga bosib, koʻnglini yozib, qulogʻingiz ilib qolgan Hikoyani oʻqimishli qilishini oshirgan muhim jihatlardan biri ham asar tilining xalqona ibora-yu qochirimlar bilan ziynatlanganligidir. Hikoyada eng koʻp ana shunday ibora va qochirimlar qoʻllanilgan. Merganning kasal yotgandagi holati koʻrsatilgan oʻrinlarda uning aniq tasvirlab berishdagi iboralar ham nihoyatda xalqchildir: “Mergan kun sayin kuchdan ketib, qoq suyak boʻlib qolyapti, soʻnggi kuni armonda – Azroilning sharpasini sezib boryapti… Or-nomus uchun oʻladigan zamonlar ham boʻlgan-da, birodarlar!”(3) Hikoya xuddi xalq dostonlari kabi jonli suhbat-muloqot tarzida bitilgan. “Siz bilmaydigan zamonlarda” hikoyasidan olingan boshlanmaga eʼtibor qaratamiz: “Kunduzi boshingizda pulning hisob-kitobi, Kechqurun koʻzingiz oynayi jahonda – Bizning zamonlar esingizdan chiqib ketgan. Men Elomon baxshi nur toʻla lahadimdan chiqib, Xunobar oʻz gʻoringizga qoʻshilib yurarkanman, Shuncha oʻtgan dono dunyodan Bularni olib qolgani Mana shu aldar koʻsa qutiyu necha-necha pastkash ajdarholar sassiq bagʻrini bosgan pul ekanda deb, oʻpkam toʻladi”(4). Hikoya ilk jumlalardan oq tanbeh, istehzo ohangi bilan boshlanib, lahad, xunoba roʻzgʻor, aldarkoʻsa quti, pastkash ajdarholar, sassiq kabi umum isteʼmoldagi soʻzlarning zamirida yotgan achchiq istehzo va kinoyaga boy ohang uygʻunlashib ketadi. Hikoyaning 178 ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-1 boshlanishidayoq Usmon Azimning mavjud milliy oʻzbek leksikasiga murojaat qilgani koʻzga tashlanadi. Isteʼmolga kirib boʻlgan va odatiy holga aylanib borayotgan «yangi soʻz»(telivizor)lar qoʻllashdan qochadi va bu soʻz oʻrnida «oynayijahon» va «aldarkoʻsa quti» kabi milliy leksikadan foydalanadi. Birinchi marta ushbu soʻzning oʻzbekcha varianti (oynayi jahon)ni qoʻllasa, ikkinchi martada esa «aldarkoʻsa quti» deya metafora yaratadi. Shuningdek, «pastkash ajdarholar» deya soʻz qoʻllashida ham majozning allegorik («Mavhum tushuncha yoki hodisani konkret narsa orqali ifodalashga asoslangan koʻchim turi») turiga guvoh boʻlamiz. Hikoyadagi ilk ovoz yaʼni kinoya va istehzo ohangi mana shu kabi badiiy koʻchimlar zamiriga singdirib yuborilgan. Hikoyada, odatda, xalq ogʻzaki ijodining epik ja

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada Usmon Azimning ayrim hikoyalari tahlilga tortilib, hikoyada badiiy tasvir vositalari o‘rni hamda adabiy asarlarni badiiylashririshda muallif foydalanadigan usul va vositalar ochib berishga e’tibor qarat…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada Usmon Azimning ayrim hikoyalari tahlilga tortilib, hikoyada badiiy tasvir vositalari o‘rni hamda adabiy asarlarni badiiylashririshda muallif foydalanadigan usul va vositalar ochib berishga e’tibor qarat… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
stilizatsiya., hikoyada badiiy ko‘chimlar, adabiy asarlarni badiiylashtirish, yozuvchining tasviriy tuyg‘ulari, Uslub
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники