Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
KIMYOVIY BOG’LANISH HAQIDA TUSHUNCHA
Xurramova Sayxuna
Журнал универсальных научных исследований · 2024
Аннотация
Kimyoviy bog’lanish turlarini o’rganish va yoshlarni bu mavzu bo’yicha qiziqishlarini oshirish hamda biz kundalik turmushda foydalanib kelayotgan moddalarimiz qaysi bog’lanishga kirayotgani ,keyin ularni bizga qanchali kerakligini tushuntirib o’tilgan . Kalit so’zlar: Kimyoviy bog’lanish ,kovelent bog’lanish ,ion bog’lanish ,metall bog’lanish ,donor -akseptar bog’lanish ,vodorod bog’lanish ,kovalent bog’lanish va valentlik . Kimyoviy bog’lanish haqidagi ta’limot -hozirgi zamon kimyosining asosiy masalasidir .Bu ta’limotni bilmay turib kimyoviy birikmalarning turli -tumanligi sabablarini ,ularning hosil bo’lish mexanizmini ,tuzilishini va reaksiyaga kirisha olish xususiyatlarini tushunib bo’lmaydi .Bog’lanishlar yuzaga kelishi mexanizmi ,tabiati ularda ishtirok etuvchi zarrachalarning turlariga ko’ra bir necha xil bo’ladi .Kimyoviy bog’lanishlarga va ularning hosil bo’lishiga atomlarning elektron tuzilishi nuqtai nazaridan qarash lozim .Chunki kimyoviy bog’lanishlarning hosil bo’lishida ishtirok etuvchi asosiy vosita -elektronlar va electron bulutdir .Umuman har qanday kimyoviy bog’lanishlar o’zaro biriktiruvchi atomlar tashqi elektron qavatdagi bir yoki bir nechta elektron bulutlarining yadrolari o’rtasida qayta taqsimlanishi (bir -birini o’zaro qoplanishi ) natijasida hosil bo’luvchi ko’p yadroli va elektronli sistemasidir .Shu nuqtai-nazardan ,kimyoviy bog’lanish haqidagi ta’limotlarni o’rganish hozirgi zamon kimyosining asosiy masalalaridan biridir .Har qanday kimyoviy modda atomlar va ularning hosil bo’lgan kristallar ,molekulalar va ionlardan tashkil topgan materiyadir . Bu bog’lanishlar yuzaga kelish mexanizmi ,tabiatda ularda ishtirok etuvchi zarrachalarning turlariga bir necha xil bo’ladi .Kimyoviy bog’lanish deganda , biz atomlararo ta’sir etuvchi va ularni birgalikda ushlab turuvchi kuchlarni tushunishimiz kerak . 76 ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-1 Kimyoviy bog’lanishga quyidagicha ta’rif berish mumkin: Kimyoviy birikmalar molekulasi hosil bo’lishiga atomlararo ta’sir etuvchi va ularni birgalikda ushlab turuvchi kuchlar yig’indisiga kimyoviy bog’lanish deyiladi.Kimyoviy bog’lanish turlari asosan, Kovalent bog’lanish Ionli bog’lanish Donor -akseptor (koordinatsion ) bog’lanish Metall bog’lanish Vodorod bog’lanish turlariga bo’lib o’rganamiz .Bularning birinchisi bo’lgan kovalent bog’lanishga to’xtalamiz . “Kovalent ‘’ so’zi ‘’birlashgan ‘’degan manoni bildiradi .Bu so’zdagi ’’ ko ‘’ old qo’shimcha birgalikda ishtirok etish degan ma’noni bildiradi .Bu ikki elektronli va ikki markazli (ikki yadroni tutib turadi)bog’lanishdir .Kovalent bog’lanishli birikmalar gomeopolyar yoki atom birikmalari deyiladi .Bunday bog’lanish bir elektronli qarama qarshi spinli atom bulutlarining bir-birini qoplash natijasida vujudga keldi. Elektron juftlar tufayli vujudga keladigan kimyoviy bog’lanish kovalent bog’lanish deyiladi .Kovalent bog’lanish kimyoviy bog’lanishning umumiy turidir . Hozirgi zamon bog’lanishlar nazariyasi ionli bog’lanishni kovalent bog’lanishdan electron juftning eng ko’p siljishi natijasiga vujudga kelgan deb tushuntiradi , bunda birikayotgan atomlarning bittasiga tegishli bo’lib qoladi . Kovalent bog’lanishning 2 turi bor :qutbsiz va qutbli . Elektromanfiylik qiymati jihatidan o’zaro teng bo’lgan element atomlari o’rtasida vujudga kelgan bog’lanish qutbsiz kovalent bog’lanish deyiladi . Qutubsiz kovalent bog’lanish asosan bir xil atomlar orasida vujudga keladi .Bunda umumlashgan elektron jufti hech qaysi atom tomon siljimagan bo’ladi , chunki har ikkala atomning o’ziga elektronni tortish qobilyati ,ya’ni elektromanfiyligi bir xil bo’ladi .Bunda atomlar o’rtasida hosil bo’lgan umumlashgan elektron juftlik har ikkala atom yadrolarida bir xil uzoqlikda joylashadi . Shuningdek , qutbsiz kovalent bog’lanishli moddalarga ,vodorod bilan birga O CL , N 2 , 2 2 singari oddiy moddalarni hamda ayrim murakkab moddalarni CH , CS misol qilib 4 2 keltirish mumkin . Bu moddalarning suyuqlanish va qaynash harorati past bo’ladi, suvda ionlarga dissotsiyalanmaydi .Qutubsiz bog’lanishli moddalarning ishlatilish sohasi ham 77 ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-1 ancha yuqori. Buni birgina Cl molekulasida ham ko’rishimiz mumkin. Metil xlorid , 2 xloroform , raxlormetan ,freonlar va tarkibida xlor tutgan turli polimerlar olishda xlordan keng foydalaniladi .Xlor zaharli .Xlor ishlatiladigan korxonalarning havosida uning konsentratsiyasi 1mg/m3 dan ortiq bo’lmasligi kerak . Xlor ionlari ba’zi fermentlarning faolligini oshiradi. Natriy xlorid tirik organism hayoti uchun nihoyatda zarur modda .Odam organizmining qariyb 0,25% ini tashkil etadi. No Modda nomi Formulasi Molekulaning tuzilishi 1 Vodorod H H..H 2 2 Kislorod O O::O 2 3 Xlor Cl Cl..Cl 2 4 Uglerod disulfit CS S:C:S 2 Elektromanfiylik qiymatlari jihatidan bir biridan oz farq qiladigan element atomlari orasida vujudga kelgan bog’lanish qutubli koval
Доказательный фрагмент
«Kimyoviy bog’lanish turlarini o’rganish va yoshlarni bu mavzu bo’yicha qiziqishlarini oshirish hamda biz kundalik turmushda foydalanib kelayotgan moddalarimiz qaysi bog’lanishga kirayotgani ,keyin ularni bizga qanchal…»
Образец извлечения
Демо-превьюKimyoviy bog’lanish turlarini o’rganish va yoshlarni bu mavzu bo’yicha qiziqishlarini oshirish hamda biz kundalik turmushda foydalanib kelayotgan moddalarimiz qaysi bog’lanishga kirayotgani ,keyin ularni bizga qanchal… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- vodorod bog’lanish, Kimyoviy bog’lanish, ion bog’lanish, kovalent bog’lanish va valentlik, metall bog’lanish, donor -akseptar bog’lanish, kovelent bog’lanish
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
МонографииK.J.Murodov2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025