К содержанию
РецензированоRU2024

HARBIY QISM VA BO‘LINMALARDA IJTIMOIY FAOLLIKNI TAKOMILLASHTIRISHNING PSIXOLOGIK MEXANIZMLARI

TAKOMILLASHTIRISHNING PSIXOLOGIK MEXANIZMLARI · Abduraxmonov Sharifjon Axmadjonovich

Журнал универсальных научных исследований · 2024

Аннотация

В данной статье исследуются психологические механизмы совершенствования социальной активности в воинских частях и подразделениях. Анализируются психологические факторы, мотивационные подходы и коммуникативные стратегии, направленные на повышение индивидуальной и групповой активности в военных коллективах. Результаты исследования дополнены рекомендациями по повышению эффективности военной службы и укреплению коллективного единства. Ключевые слова: социальная активность, психологические механизмы, воинская часть, мотивация, коммуникация, коллективное единство. 38 ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-1 Harbiy qism va bo‘linmalarda ijtimoiy faollikni takomillashtirish, jamoaviy ishning samaradorligini oshirishda muhim ahamiyatga ega. Bu jarayonda psixologik mexanizmlar katta rol o‘ynaydi, chunki harbiy xizmatchilarning ruhiy va hissiy holati ularning faoliyatiga bevosita ta'sir qiladi. Harbiy xizmatchilarning o‘zaro munosabatlari, o‘zini tutish qobiliyati va stressni boshqarish ularning umumiy ish faoliyatini belgilaydi. Ijtimoiy faollik harbiy jamoaning ahilligi va bir-biriga bo‘lgan ishonchiga ta'sir qiladi. Psixologik yondashuvlar jamoaviy ruhni kuchaytirish va harbiy xizmatchilarning o‘zaro aloqalarini yaxshilashga yordam beradi. Bunday yondashuvlar orqali xizmatchilarda jamoa vazifalariga nisbatan mas'uliyat va qat'iyatlilikni shakllantirish mumkin. Harbiy xizmatchilarning psixologik tayyorgarligi va ijtimoiy faolligi jangovar sharoitda ham, tinchlik davrida ham muhimdir. Psixologik yordam va qo‘llab-quvvatlash harbiy xizmatchilarning stressga chidamliligini va umumiy jismoniy holatini yaxshilashga xizmat qiladi. Ijtimoiy faollikni oshirish, shuningdek, harbiy xizmatchilarning o‘zaro muloqotini yaxshilash va ularni samarali ishlashga rag‘batlantirish imkonini beradi. Ushbu maqolada harbiy qism va bo‘linmalarda ijtimoiy faollikni takomillashtirishning psixologik mexanizmlari va ularning ahamiyati batafsil yoritiladi. Ijtimoiy faollik — bu shaxs yoki guruhning muayyan ijtimoiy muhitda faol ishtirok etishi, oʻzaro munosabatlarga kirishishi va jamoaviy vazifalarni bajarishga qaratilgan harakatlari majmuasidir. Harbiy qism va boʻlinmalarda ijtimoiy faollik quyidagi jihatlar orqali namoyon boʻladi: Har bir harbiy xizmatchining xizmat jarayonida oʻz fikrini ifoda etishi va qarorlar qabul qilishda ishtirok etishi. Jamoaning umumiy maqsadga erishish uchun hamkorlik qilishga tayyorligi va bir-birini qoʻllab-quvvatlashi. Harbiy xizmatchilarning xizmat maqsadlariga erishish yoʻlida ichki va tashqi ragʻbatlantirish omillaridan foydalangan holda harakat qilishi. Ijtimoiy faollik darajasi ko‘plab psixologik mexanizmlarga bogʻliq. Quyida asosiy omillar keltiriladi: A) Motivatsiya va ragʻbatlantirish: Ichki motivatsiya — xizmatga bo‘lgan qiziqish va ishonchning oshishi. Tashqi motivatsiya — mukofotlar, ragʻbatlar va xizmatdagi yutuqlar orqali erishiladigan natijalar. B) Kommunikatsiya va o‘zaro munosabatlar: 39 ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-1 Samarali muloqot tizimlari — ishonch va ochiqlik orqali ijtimoiy munosabatlarni yaxshilaydi. Guruh ichidagi hamkorlik — umumiy maqsadlarga erishish uchun muvofiqlashtirilgan harakatlarni ragʻbatlantiradi. C) Psixologik barqarorlik va stressga chidamlilik: Psixologik treninglar — stressga chidamli va barqaror ruhiy holatni rivojlantiradi. Qoʻllab-quvvatlash tizimlari — harbiylarning ruhiy sogʻligini taʼminlaydi va ijtimoiy faollikni oshiradi. D) Liderlik va boshqaruv: Liderlik qobiliyatlari — harbiy rahbarlarning samarali boshqaruv usullari orqali guruhni boshqarishi. Rol va majburiyatlarning taqsimlanishi — har bir xizmatchining mas’uliyat hissini oshiradi. Tadqiqotda empirik, eksperimental va tahliliy usullar qo‘llanildi. So‘rovnomalar, intervyular va kuzatish usullari orqali harbiy xizmatchilarning psixologik holati va ijtimoiy faollik darajasi baholandi. Statistik tahlillar asosida olingan ma’lumotlar qayta ishlanib, asosiy xulosalar chiqarildi. Tadqiqot natijalari quyidagi jihatlarni ko‘rsatdi: ➢ Motivatsion faktorlar: Harbiy xizmatchilarning ijtimoiy faolligi ularning xizmatga nisbatan motivatsiyasi va maqsadlariga bog‘liq ekanligi aniqlandi. ➢ Kommunikativ strategiyalar: Samarali aloqa tizimlari jamoaviy birdamlik va faollikni oshirishda muhim rol o‘ynaydi. ➢ Psixologik ta’sir vositalari: Motivatsion treninglar va psixologik qo‘llab-quvvatlash dasturlari ijobiy natijalar berdi. ➢ Jamoaviy birdamlik: Guruh a’zolari o‘rtasidagi ishonch va o‘zaro qo‘llab- quvvatlash ijtimoiy faollik darajasini oshirishda asosiy omillar ekanligi qayd etildi. Tadqiqot natijalari harbiy xizmat sharoitida ijtimoiy faollikni oshirishning asosiy omillari psixologik motivatsiya, samarali kommunikatsiya va qo‘llab-quvvatlash dasturlari ekanligini ko‘rsatdi. Shuningdek, psixologik treninglar va motivatsion mashg‘ulotlarning natijadorligi tahlil qilindi. Biroq, harbiy xizmat sharoitida yuzaga

Доказательный фрагмент

«В данной статье исследуются психологические механизмы совершенствования социальной активности в воинских частях и подразделениях.»

Образец извлечения

Демо-превью

В данной статье исследуются психологические механизмы совершенствования социальной активности в воинских частях и подразделениях. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
social activity, psychological mechanisms, military unit, motivation, kommunikatsiya, motivatsiya, harbiy qism, jamoaviy birdamlik., ijtimoiy faollik, psixologik mexanizmlar
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники