К содержанию
РецензированоUZ2024

ABDULLA QODIRIY ASARLARIDA QO‘LLANILGAN ANTROPONIMLARNING LINGVOKULTUROLGIK XUSUSIYATLARI

ANTROPONIMLARNING LINGVOKULTUROLGIK XUSUSIYATLARI · Cho‘liyev Ruhillo Abdullayevich

Журнал универсальных научных исследований · 2024

Аннотация

this article provides considerations on anthroponyms, their specific characteristics, classification, functions they perform in the structure of a literary text, their place in the national culture of the people, and their specific significance in terms of expressing meaning. Keywords: onomastics, anthroponyms, nicknames, pseudonyms, consciousness, thinking, history, culture. Tildagi so‘z va atamalarning paydo bo‘lishidagi birinchi bosqich onomosiologik jarayon sanaladi. Onomastika ma’lum bir tildagi atoqli otlarning mazmunini ifoda etadi. U ma’lum davrdagi tilning tarkibidagi atoqli otlar hisoblanadi. Antroponimlar ma’lum bir shaxsga qo‘yilgan atoqli nomlar sifatida qaraladi. Antroponimlarning ta’rifining keltirilishi hozirga qadar faqat bir tomonlama qaralish natijasida yuzaga kelganligini 7 ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-1 kuzatish mumkin. Antroponim sifatida shaxslarga qo‘yilgan nomlarni lingvokulturologik juhatdan turlicha tasniflash mumkin. Ma’lum bir nom aniq bir shaxs yoki shaxslar tomonidan aniq bir subyektga qo‘yiladi, bu nom aksariyat hollarda atash birligi vazifasini bajaradi, xolos, uning semantik jihatlari nazarda tutilmaydi, bu esa antroponimlarni leksik birlik sifatida qaralmasligiga sabab bo‘lmoqda. Bunday birliklar o‘z va o‘zlashma qatlamga oid bo‘lishi mumkin. Turg‘un, Mahkam, Kalvak, Toshpo‘lat, O‘sar, Salim , Murod , Orif , Samad , Abdulhakim kabi qator nomlarni keltirishimiz mumkin. Quyida antroponimlar haqida keltirilgan ta’rif va mulohazalarga e’tibor qarataylik. “Antroponimiyalar — odamlarning shaxsiy yoki meros qilib olingan individual belgilar sifatida nutqda ishlatiladigan so‘zlardir. Ular tilning leksik tarkibining ajralmas qismi bo‘lib, “jamiyat ongini uning to‘liq hajmida aks ettirish va ifodalashning yagona vositasi”dir Demak, antroponimlar har qanday shaxsning individual shaxsiy belgilarini o‘zida jamlar ekan, u qandaydir ma’no va vazifada maqsadni amlga oshirishda xizmat qilishi kerak. Ijtimoiy borliqda tug‘ilgan bolaga ma’lum bir nom berish uning hayotiy holatiga ta’sir etmasligi mumkin. Masalan, Umid deb nomlangan bola ulg‘aygach, bunday nomga xos biron bir belgila ega bo‘lmasligi ham mumkin. Islomiy nom berilgan bola voyaga yetgach, mutlaqo o‘zga din vakili ham bo‘lishi mumkin, bu shaxsning qanday ijtimoiy, siyosiy, mafkuraviy borliqda yashashiga aloqador bo‘ladi, albatta, Biroq badiiy asar tarkibidagi antroponimlar haqida bunday fikr yuritib bo‘lmaydi, chunki yzoiladigan asarda ijodkorning maqsadi muhim ahamiyat kasb etadi. Antroponimning badiiy asardagi lingvomadaniy belgisining bir necha izohlarini keltirish mumkin. Millatning uzoq davr mobaynidagi qadriyatlari sanalgan nomlarning qo‘llanilishi, bu o‘z navbatida shu millat vakili bo‘lgan o‘quvchida ham tushunarlilik hissining yuzaga kelishiga asos bo‘ladi. Jumladan, “Uloqda” hikoyasida Turg‘un, Mahkam, Salim, Murod, Eson, Sobir kabi qator ismlarda ham milliy madaniyat, ham ijodkorning badiiy maqsadi aks etib turadi. Uloqni xush ko‘ruvchi bu bola tutumida mustahkam, turg‘un, o‘zgarmasdir, akasining ismida ham shunday semik xususiyatlar jamlangan. Yetuk chavandozlarning nomi sifatida berilgan Salim va Murod so‘zlarida ham antroposentrik qarash to‘liq amal qiladi. “Salim[a.-sog‘lom, butun,shikastlanmagan; haqiqiy, to‘g‘ri] 1.km. Sog‘lom odam; sog‘-salomat, to‘rt muchasi but kishi. Aqli(yoki fikri) salim 1)to‘liq, tiniq aql; 2)aqli raso, miyasi butun odam/ 8 ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-1 2 Salim(erkaklar ismi).” Boshqa ismlar haqida ham shunday izohlarni keltirishimiz mumkin, asardai chavandoz yetik, komil, boshqalardan bu sohada ancha ilg‘or ekanligi anglashiladi,a yni shu ma’noni ifodalash uchun ham shu nom qo‘llanilgan. Esonboy ismi asarda contrast yarata olgan, bu nomni keltirish orqali, asardagi voqealar rivojidagi vazityat nuqtayi nazaridan istalgan bir shaxs, u qanday nomga ega bo‘lishidan qat’i nazar kutilmagan holatlardan mufofaza etilmasligiga ishora qilgan. Badiiy matnda har qanday qo‘llangan so‘zga ma’lum bir semantik va lingvomadaniy yuk mavjud bo‘ladi. Rivojlanish va faoliyat yuritish xususiyatlari tufayli odamlarning shaxsiy ismlari jamiyatning turli davrlaridagi ongini boshqa til birikmalariga nisbatan yanada to‘liq va mutaxassis tarzda aks ettiradi. “Ong — bu fikrlashning mazmuni. Ong — bu jamiyatning shaxsiy va umumiy amaliyoti, umumlashtirilgan va aks ettirilgan shaklda, ya’ni tushunchalar shakliy holatida bo‘ladi. Jamiyat ong — bu jamiyat mavjudligini jonli aks ettirish, insoniyatning ruhiy taraqqiyot darajasining umumiy xususiyati, tarixan belgilangan bir davrdagi umumiy xususiyatdir”. Milliy antroponimiya jamiyatning ijtimoiy tashkiloti, iqtisodiy taraqqiyoti, madaniyati va etnografiyasi haqida keng ma'lumotlarni o‘z ichiga oladi. Milliy shaxsiy ismlar tizimining informativligi, uning o‘tgan davrlarni aks ettirishdagi qobiliyati tarixiy jihatdan o‘rganilganida ancha oshadi. Tur

Доказательный фрагмент

«this article provides considerations on anthroponyms, their specific characteristics, classification, functions they perform in the structure of a literary text, their place in the national culture of the people, and…»

Образец извлечения

Демо-превью

this article provides considerations on anthroponyms, their specific characteristics, classification, functions they perform in the structure of a literary text, their place in the national culture of the people, and… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
onomastics, anthroponyms, nicknames, pseudonyms, consciousness, antroponimlar, tafakkur, onomastika, laqablar, taxalluslar, madaniyat
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники