Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
SINONIMLARNING SEMANTIK MUNOSABATILARI HAQIDA MULOHAZALAR
МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ · АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК · Murodova Umida Bahodir qizi
Международная конференция академических наук · 2026
Аннотация
Ushbu maqolamizda matn tahlilida semantik sinonimlarning tahlilini amalga oshirganmiz. Semantik sinonimlar ikki va undan ortiq, hatto o‘n atrofidagi ma’nodosh so‘zlardan tarkib topishi sinonimik qatorlarni yuzaga keltiradi. Til boyligida semantik qatorlar ham mavjud. Bu semantik qatorlardan sinonimik qatorlar, so‘zlarning o‘zaro semantik munosabatiga ko‘ra, farq qiladi. Kalit so‘zlar: semantik sinonimlar, ideografik sinonimlar, emotsional- ekspressiv sinonimlar, uslubiy sinonimlar, uzvi ta’kidli sinonimlar. Semantik sinonimlar quyidagi guruhlarga bo‘linadi: 1. Ideografik sininonimlar shunday semantik sinonimki, ular tarkibidagi so‘zlarning leksik ma’nosi bir-biridan ifoda hajmiga ko‘ra farq qiladi. Arab tilidan o‘zbek tiliga o‘zlashgan ishq va muhabbat sinonimiga diqqatni qaratishga to‘g‘ri keladi. Bu so‘zlar “biror shaxsga dildan berilgan ishtiyoq” leksik ma’nosi bo‘yicha ma’nodoshdir. Lekin bu ikki so‘z leksik ma’nolari ifodasi hajmiga ko‘ra o‘zaro farq qiladi. Ishq so‘zining leksik ma’nosidagi kechinma faqat yor va olloh uchun, muhabbat so‘zining leksik ma’nosidagi kechinma yor, olloh, ota-ona, farzand va yaqinlarga nisbatan hamdir. Bu ishq va muhabbat so‘zlari ideografik sinonim ekanligini ko‘rsatadi. 2.Emotsional-ekspressiv sinonimlar ma’lum leksik ma’nosi yadro semalari bo`yicha aynan bir xil bo`lib, pragmatik semasi, ya’ni emotsional yoki ekspressiv semasi o`zaro farqlanadigan bo`ladi. Masalan, jilmaymoq, iljaymoq, ishshaymoq, irshaymoq, tirjaymoq semantik sinonimlar qatorini keltirish mumkin. Bu sinonimik qator “lab va ko`z muskulida xursandlik alomati hosil qilmoq” leksik ma’nosining yadro semalariga ko`ra o`zaro bir xil. Ammo ulardan jilmaymoq so`zigina shu leksik ma’noni ifodalash bilan cheklangan, u shu semantik sinonim uchun dominantadir. Bu izoh shu qatordagi barcha so`zlarga xos bo`lib, qolganlari ijobiylik yoki salbiylik pragmatikasi bilan undan farqlanadi. Iljaymoq fe’li leksik ma’nosida ijobiy emotsionallik, ishshaymoq fe’li leksik ma’nosida salbiy emotsionallik bor. Irshaymoq fe’li leksik ma’nosida “kinoyaviylik” va tirjaymoq fe’li leksik ma’nosida “zaharxandalik” emotsional 98 МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК tuyg'u semasi o`z ifodasini topgan. Ya’ni bu qator sinonimlari leksik ma’nosi emotik semasiga ko`ra o`zaro farqlanadi. Sinonimik qatordagi so`zlarning leksik ma’nosi ekspressiv semaga ko`ra ham o`zaro farqlanadi. Masalan, bo`ychan, baland novcha, daroz, dov sinonimik qatoriga e’tibor beraylik. Undagi baland so`zi leksik ma’nosi “me’yordan ortiqlik”ni o`z ko`lamida ifodalagan bo`lsa, bo`ychan so`zidagi pragmatik semada “nisbatan kamroq” novcha so`zidagi pragmatik semada “ko`zga tashlanar darajada ortiq”, daroz so`zidagi pragmatik semada “juda ortiq”, dov so`zidagi pragmatik semada “beo`xshov ortiq” holatda ifodalangan. Keyingi sinonimlar belgi darajasini o`zidan avvalgiga nisbatan orttirib borgan. Belgilar ifodasida ekspressivlik bo`lgan. 3.Uslubiy sinonimlar ma’lum leksik ma’nosi yadro semalari bo`yicha aynan bir xil bo`lib, u bilan voqelangan so`zlar muayyan bir ijtimoiy qatlamga mansubligiga ko`ra o`zaro farqlanadi[1.6-bet]. Semantik sinonimlarning bu ko`rinishi qaysi nutqqa xosligi bilan o`zaro semantik tafovutga egaligiga ko`ra ayrim adabiyotlarda nutqiy sinonimlar deb atalgan[2.31-bet]. O`sha adabiyotda chiroyli, go`zal, ko`hli sinonimik qatori berilib, tahlil etilgan. Ularning birinchisi umumleksikaga, ikkinchisi poetik nutqqa, uchinchisi so`zlashuv nutqiga oid, deb ko`rsatiladi. Bu sinonimik qatordagi so`zlar semantik tafovuti ham uslubiy sinonimlarga berilgan mezon uchun mosdir. 4. Uzvi ta’kidli sinonimlar ma’lum leksik ma’nosi yadro semalari bo`yicha aynan bir xil bo`lib, shu yadro semalardan qaysi biridir ta’kid olishiga ko`ra o`ziga xos bo`ladi. Aniqrog'i, sinonimik qatordagi so`zlar leksik ma’nosi yadro semasi ayni bir xil ekanligi bilan xarakterlanadi, lekin shu yadro sema tarkibidagi semalarga qaratilgan ta’kid turlicha bo`ladi. Masalan, boqmoq, qaramoq, ko`rmoq sinonimik qatoridagi so`zlar leksik ma’nosi, ya’ni sememasi “nigohni ob’ektga to`g'rilamoq”, “tushirmoq”, “sezmoq” semalaridan iborat. So`z leksik ma’nolari kommunikatsiyada undan tashqari konnotativ ma’nolarni ham voqelantiradi. Lekin leksema sememasining bv yadro semasi shu semalardan tashkil topgan bo`ladi. Boqmoq fe’li leksik manosida 1-sema, qaramoq fe’lida 2- sema, ko`rmoq fe’lida 3-sema o`z ta’kidiga ega, so`z leksik ma’nosining yadro semalari tarkibida diqqat markaziga chiqariladi. Ya’ni boqmoq fe’lida nigohning ob’ektga to`g'rilanganligi asosiy e’tiborda bo`lib, qaramoq fe’lida nigohning ob’ektga tushirilganligi, ko`rmoq fe’lida nigohning ob’ektni his etganligi ahamiyatli hisoblanadi. Boqmoq fe’li tilda nofaolligi, ko`rmoq fe’li o`timliligi bilan boshqalaridan farqlanadi. Shunga bnqaramay, semantik nuqtai 99 МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК nazardan, yuqoridagi farq ular ko`rinishini belgilaydi. Chunki sinonimiya so`zlarning leksik ma’nosi e’tibori bilan belgilanadi. 5. Nofaol s
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolamizda matn tahlilida semantik sinonimlarning tahlilini amalga oshirganmiz.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolamizda matn tahlilida semantik sinonimlarning tahlilini amalga oshirganmiz. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- uzvi ta’kidli sinonimlar., ideografik sinonimlar, semantik sinonimlar, emotsional-ekspressiv sinonimlar, uslubiy sinonimlar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
УчебникиМ.Исаова, Р.Хасанов +32014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024