К содержанию
РецензированоEN2026

QARDOSH TILLARIDAGI ANTROPONIMLARNING SEMANTIK JIHATLARI

Pulatova Umida Baxramjanovna

Академические исследования в современной науке · 2026

Аннотация

This article describes the semantic grouping, similarities and differences of anthroponyms in the Kazakh and Uzbek languages using the example of anthroponyms. In both languages, anthroponyms include historical, national, cultural and phonetic aspects of the nation. The two languages belong to the Turkic language family and, due to their common historical roots, show many similarities. Keywords: semantic, similarity, historical, spiritual, religious factors, phonetic, anthroponym Qozoq va oʻzbek tillaridagi antroponimlarning (inson nomlari) semantik xususiyatlari va oʻxshashliklari xalqlarning madaniy, tarixiy, diniy, va ijtimoiy hayoti bilan chambarchas bog‘liq. Ushbu ikki til turkiy tillar oilasiga mansub bo‘lib, umumiy tarixiy ildizlari sababli ko‘plab oʻxshashliklarni namoyon etadi. Quyida ular haqida batafsil ma’lumot keltiramiz. Qozoq va oʻzbek antroponimlarining semantik xususiyatlari: 1. Diniy omillar: 140 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference Islom dini taʼsiri: Qozoq va oʻzbek xalqlari islomni qabul qilgandan keyin arabcha va forscha antroponimlar keng tarqalgan. Masalan, Muhammad, Ali, Hasan, Husayn, Zaynab kabi ismlar qozoq va oʻzbek tillarida ham uchraydi.Qur’ondagi shaxslarning ismlari diniy qadriyatlarni aks ettiradi. Ushbu ismlar odatda bola uchun ezgu tilaklarni bildiradi. 2. Tabiat va hayvonot bilan bog‘liq ismlar: Qozoq va oʻzbek ismlarida tabiat elementlari, hayvonlarning nomlari yoki ularga oid belgilarga asoslangan ismlar ko‘p. Masalan, qozoq tilida Búrkit (burgut) yoki Qóshqar (qo‘chqor), oʻzbek tilida esa Burgut, Qo‘chqor kabilar uchraydi. 3. Xalqning tarixiy va etnik xususiyatlari:Qozoq tilida Baqtiyar, Jaqsylyq (yaxshi tilak maʼnosida), oʻzbek tilida esa Baxtiyor, Yaxshilik kabi ismlar xalqning ezgu orzu-umidlarini ifodalaydi. 4. Yosh va holat bilan bog‘liq ismlar: Qozoq va oʻzbek tillarida yangi tug‘ilgan bolaning oila uchun ahamiyatini ifodalovchi ismlar uchraydi. Masalan, Toleqon (baxtli bola), Sarvinoz (go‘zallik belgisi), Tole (tengdosh), Baxti (baxtli) kabi ismlar ikki tilda ham mavjud. 5. Madaniy va ijtimoiy ahamiyat: Turkiy ismlarning aksariyati jasorat, kuch-quvvat va go‘zallikni ifodalaydi. Qozoqlarda Batir, Qayrat, oʻzbeklarda Botir, Qayrat kabilar bunga misol bo‘ladi.Qozoq va oʻzbek antroponimlarining oʻxshash tomonlari ham mavjud bo‘lib quidagi qatlamlar najijasida paydo bo‘lgan. 1. Turkiy ildizlardan kelib chiqqan ismlar:Qozoq va oʻzbek tillarida ko‘plab ismlar turkiy ildizlarga ega. Masalan:Qozoqcha: Aibek, Nurjan.O‘zbekcha: Oybek, Nurjon. 2. Qarindoshlik munosabatlarida ishlatiladigan ismlar:Ismlarning koʻpincha qarindoshlikni ifodalaydigan shakllari mavjud. Masalan:Qozoqcha: Erjan, Aqmaral.O‘zbekcha: Erjon, Oqmaral.Aydin-Oydin,Ayjamal-Oy;amol kabi. 3. Arabcha va forscha o‘zlashmalar:Qozoq va oʻzbek tillarida islomiy madaniyatning taʼsiri tufayli bir xil arabcha va forscha ismlar mavjud. Masalan, Abdulloh, Omon, Sharif, Zaynab, Ozod. 4. Go‘zallik va jasoratni ifodalovchi ismlar:Ikkala tilda ham go‘zallik, kuch, va jasoratni ifodalovchi ismlar keng tarqalgan. Masalan: Qozoqcha: Asel (asal), Batir (qahramon).O‘zbekcha: Asal, Botir. 141 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference 5. Fonetik oʻxshashliklar:Ko‘plab ismlar fonetik jihatdan oʻxshash, faqat talaffuzda ozgina farqlar bo‘lishi mumkin. Masalan: Qozoqcha: Joldas (do‘st), Nurly (yorug‘lik). O‘zbekcha: Do‘st, Nurli. Farqli jihatlarri ko‘rib chiqamiz: 1. Talaffuzdagi farqlar:Qozoq tilida yumshoq tovushlar ko‘proq, oʻzbek tilida esa qattiqroq talaffuz seziladi. Qozoqcha: Qosqar,O‘zbekcha: Qo‘chqor. 2. Mahalliy xususiyatlar:Qozoq tilida yaylov va dasht hayotini aks ettiruvchi ismlar keng tarqalgan, oʻzbek tilida esa dehqonchilik va shahar madaniyatini aks ettiruvchi ismlar ko‘p uchraydi. Qozoq va oʻzbek antroponimlari o‘z milliy tarixini, qadriyatlarini va til xususiyatlarini o‘zida aks ettiradi. Shu sababli, ularning oʻxshashliklari va farqlari xalqlar o‘rtasidagi madaniy aloqalar va urf- odatlar ta’sirini ko‘rsatadi.Musulmon ismlari haqida alohida tushuncha mavjud boʻlmasa-da, paygʻambarlar (yoki Muhammad paygʻambar zikr qilgan ismlar), Alloh taoloning ismlari, tarixiy ismlar, sahobalar va undan keyin yashab oʻtgan taniqli ,islomiy insonlar ismlarini qoʻllash odat tusiga kiradi. Ya'ni musulmon ismlari arabcha nomlar emas. Bu har qanday tilda talaffuz qilinadigan ismlar. Eslatma: “Bolaga Allohning go‘zal ismini qo‘ymaslik kerak. Buning uchun ism oldiga "Abdu" qo‘shimchasini (prefiks) qo‘yish kerak. "Abdu" "qul" degan ma'noni anglatadi. Masalan, Abdulkarim Saxiyning quli, Abdurahmon Rahmonning quli va hokazo.Abira tojik tilidan Abera — chevara,Agila arabcha va eroncha agilya soʻzlaridan olingan boʻlib, aqlli, aqlli degan maʼnoni bildiradi.Aglia - yunoncha - go‘zallik, san'at, hashamat.Adliya - tojik tilidan olingan adl - adolat, haqiqat + iya qo`shimchasi.ajar - chiroyli, ko‘rkam, nurli;Ajargul - go‘zal, guldek go‘zal.Aza tojik tilidan azza

Доказательный фрагмент

«This article describes the semantic grouping, similarities and differences of anthroponyms in the Kazakh and Uzbek languages using the example of anthroponyms.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article describes the semantic grouping, similarities and differences of anthroponyms in the Kazakh and Uzbek languages using the example of anthroponyms. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
semantic, similarity, historical, spiritual, religious factors, ma’naviy, fonetik, o’xshash, antroponim, tarixiy, diniy omillar
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники