Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MAHMUDXO’JA BEHBUDIY IJODIDA AXLOQ MASALASI
Quqonboyeva Moxlaroyim Elmurodjon qizi
Академические исследования в современной науке · 2026
Аннотация
Axloq inson kamoloti va jamiyat rivojida muhim o’rin egallaydi. Axloqiy tarbiya haqida so’z ketar ekan, bu borada Mahmudxo’ja Behbudiy qarashlari alohida ahamiyatga ega. Jadidchilik harakatining asosiy namoyandasi bo’lmish ushbu olim axloqiy tarbiyani ta’lim bilan chambarchas bog’ladi. Mahmudxo’ja Behbudiy o’z faoliyati davomida bir necha asarlar yozgan bo’lib, ularning dolzarbligi hali hamon o’z ahamiyatini yo’qotmagan. Olim ularda xalqni mustaqillikka, ilmga, shuningdek, axloqiy tarbiyaga qattiq e’tibor qaratishga chaqirgan. Kalit so’zlar: axloq, tarbiya, ta’lim, taraqqiyot, jamiyat, millat, “ommaviy madaniyat”, jadidchilik. Ma’naviyatning asosiy va muhim o’zaklaridan biri bu axloq demakdir. Inson kamolotida va uning chinakam shaxs bo’lib yetishishida axloq g’oyat o’rin tutadi. Jamiyat taraqqiyotining asosi bo’lgan axloq insonlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarni tartibga solib turuvchi me’yor vazifasini o’taydi. Hozirgi globallashuv davrining “ommaviy madaniyat” deb atalmish asr balosi har tomonga xavf solib turgan bir paytda, axloq dolzarb masalaga aylanadi. Nega deganda, axloq insonning ichki dunyosini boshqaruvchi asosiy omillardan biridir. Umuman olganda, axloq masalasi har qanday zamon va makonda o’z ahamiyatini yo’qotmaydi. Tarixga nazar solar ekanmiz, yurtimizdan yetishib chiqqan bir qancha ilm- fan rivojiga hissa qo’shgan buyuk mutafakkir-u ulamolarni uchratamiz. Ularning ijodini o’rganish, ayniqsa axloq va tarbiya borasidagi qarashlarini yoshlar va butun jamiyat orasida keng targ’ib qilish, ayniqsa, ahamiyatlidir. XIX asr oxiri XX asr boshida Turkistonda vujudga kelgan jadidchilik harakatining Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitrat, Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdulla Qodiriy, Cho’lpon, Mahmudxo’ja Behbudiy kabi namoyandalari ham o’z oldiga qo’ygan vazifalarni amalga oshirishda axloq masalasini markaziy o’ringa qo’yishdi. Ular buyuk maqsad yo’lida birlashishdi hamda bu yo’lda qilinishi lozim bo’lgan ishlarni sidqidildan ado etishdi. Shuningdek, o’zlarining nodir g’oyalari bilan qorilgan asarlarini nafaqat o’sha davrdagi, balki kelajak avlod uchunham dasturulamal qilib qoldirib ketishdi. Xususan, ma’rifatparvar bobomiz Mahmudxo’ja Behbudiy millatni uyg’otishda ularni axloqan tarbiyalash lozim degan fikrni ilgari surgan. Axloqiy 168 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference tarbiyani ta’lim bilan chambarchas bog’lagan jonkuyar bobomiz, yangi usuldagi maktablar ochishda jonbozlik ko’rsatdi. Bir necha maktablar asoschisiga aylanibgina qolmay, ziyo tarqatish maskani bo’lmish kutubxonalar tashkil etishda ham alohida e’tibor qaratdi. Xossatan, yoshlarning kamolga yetishida yana bir poydevor vazifasini o’tagan “Behbudiya” kutubxonasi va “Nashriyoti Behbudiya” ham aynan Mahmudxo’ja Behbudiy sa’y-harakatlari tufayli qad rostladi. Uning asarlarida jamiyat rivojida axloqning asosiy o’rin tutishi borasida ko’plab fikrlar mavjud. Jumladan, o’zining “Millatlar qanday taraqqiy qilar” maqolasida shunday deydi: “Boshqa millatning yosh bolalari maktabda, lekin bizniki hammollikda va gadoylikda. Boshqa millat ulamosig‘a tobe ekan, bizni ulamo bil’aks avomg‘a tobedur. Buning oxiri xarobdur. Yigirma, o‘ttuz sana so‘ngra yana yomonroq bo‘lur, musulmonlik ilm va adab ila qoim, millat axloq, fazl va hunar ila boqiy qolur.” Millatning yo’qolib ketmasligi va uning taraqqiyotda bardavom bo’lishida birlamchi omillar sifatida axloq ham ko’rsatilmoqda. Darhaqiqat, ta’limni axloqiy tarbiyasiz, albatta, tasavvur qilib bo’lmaydi. Mahmudxo’ja Behbudiyning “Padarkush” dramasida ham fojeaga ilmsizlik bilan bir qatorda axloqiy tarbiyaning yo’qligi sabab qilib ko’rsatilgan. Ma’rifatparvar olim tomonidan bu ikki jihatda oqsash oqibati qanchalar ayanchli bo’lishi mahorat bilan ochib berilgan. Behbudiy fikrlarini umumlashtirib xulosa qilinadigan bo'lsa, Turkiston xalqining har bir a'zosini o'qimishli, milliy qadriyatlar jonkuyari, o'zligini anglagan, jahon ilm-fani va madaniyati yutuqlaridan bahramand, ular istifodasiga qodir, milliy taraqqiyotga monelik qiluvchi illatlardan xalos bo'lgan va ularga qarshi kurashuvchi shaxslardan iborat bir jamiyat, ya'ni yuksak madaniyatli va ma'naviyatli jamiyat orzu qilingan. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati: 1. Jadidlar. Mahmudxo’ja Behbudiy. [Matn]: risola. \Z. Abdirashidov. – Toshkent: Yoshlar nashriyot uyi, 2022. – 156 bet. 2. Aliyev A. Mahmudxo’ja Behbudiy. – Toshkent: Yozuvchi. 1994-yil 3. Xalqaro ijodiy to’plam. “Buyuk jadidchilar izdoshlari”. Ilmiy va ijodiy to’plam. O’zbekiston: “Phoenix publication” nashriyoti, 2024. – 650 bet. 169
Доказательный фрагмент
«Axloq inson kamoloti va jamiyat rivojida muhim o’rin egallaydi.»
Образец извлечения
Демо-превьюAxloq inson kamoloti va jamiyat rivojida muhim o’rin egallaydi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- tarbiya, ta’lim, millat, “ommaviy madaniyat”, axloq, jamiyat, jadidchilik., taraqqiyot
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026